Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
- rasm. Agregat oqim usulida mahsulot ishlab chiqarishning grafik sxemasi
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
- rasm. Agregat oqim usulida mahsulot ishlab chiqarishning grafik sxemasi.
1 – qum va chaqiq toshni bo‘shatgich; 2 — to‘ldirgichlar ombori; 3 — konveyer galereyasi; 4 - yig‘ish bunkerlari; 5 - dozatorlar; 6 - qorgichlar; 7 - elevator; 8 - silos bankalari; 9 - sement tashuvchi mashina; 10 - tarqatish bunkeri; 11 - beton yotkizgich; 12 - vibro maydoncha; 13 - forma qo‘ygich; 14 - ko‘prikli kran; 15 - chuqur kameralar; 16 - armaturani elektr-issiq zo‘riqtirish uskunasi; 17 - qolip; 18 - armatura to‘rlari; 19 - mahsulotni nazorat va ta’mirlash stendi; 20 - mahsulotni yig‘ish stendi; 21 - tayyor mahsulot tahlami; 22 - armatura ombori; 23 - armatura sterjenlarini to‘g‘rilash va kesish stanogi; 24 - armatura sterjenlarini elektrotermik mustaxkamlash uskunasi; 25 - kesish stanogi; 26 - armaturani bukish stanogi; 27 - to‘rlarni payvandlash mashinasi; 28 - to‘rlarni kesish qurilmasi; 29 - ko‘p elektrodli payvandlash mashinasi; 30 - nuqtali payvandlash mashinalari; 31 - armatura to‘rlarini bo‘kish stanogi; 32 - karkaslarni gorizontal xolda payvandlash mashinasi; 33 - osma elektr payvandlash mashinasi; 34 – fazoviy karkaslarni payvandlash uskunasi; 35 - uchma-uch payvandlash mashinasi; 36 -armatura sterjenlarida anker boshlarini tayyorlash stanogi. 67 Quyida agregat oqim tizimida ba‘zi oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarishni misollarda ko‗rib chiqamiz. 5.3.1.1 Ko„p kovakli temir-beton mahsulotlarini qoliplash Temir-beton mahsulotlarini tayyorlashda ularni qoliplash texnologik jarayonning asosiy bo‗lib, o‗z ichiga beton qorishmasini qolipga joylash, tekislash va zichlash, yuza qismnm tekislash, qoliplarning tagi va devorlarini ortiqcha va oqib chiqqan beton qorishmasidan tozalash kabi jarayonlarni oladi (5.6, 5.7 – rasm). Maxsus qoliplash uskunalarida turar joy, fuqaro va sanoat qurilishi uchun og‗ir betondan keng ko‗lamda ommaviy tarzda ko‗p kovakli orayopma panellari, qoplama plitalari, quvurlar, qoziqlar, fundament bloklari, elektr uzatkich va aloqa tizimlari tayanchlari va boshqalar kabi ko‗p turli mahulotlar ishlab chiqariladi. Temir-beton zavodlari ishlab chiqaradigan temir-beton mahsulotlar orasida ko‗p kovakli orayopma panellarini ishlab chiqarish eng ko‗p tarqalgan va ahamiyatli o‗ringa ega. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda qolipga beton joylab. Zichlangandan so‗ng qolip devorlarini yechiladigan, mahsulotlarni zudlik bilan qolipdan echish usuli eng samarador usullardan biri deb hisoblanadi. Bunday usul qoliplarni tayyorlash uchun zarur bo‗ladigan metallni iqtisod qilish imkonini beradi. Ko‗p kovakli panellarni qoliplashda kovak xosil qiluvchilar va armatura qoliplashni qiyinlashtiriladi. Shuning uchun yupqa devorli va qobirg‗ali panellarni tayyorlashda mayda to‗ldirgichli beton qorishmasidan foydalaniladi. To‗ldirgichning eng yirik o‗lchami kanal hosil qiluvchilar yoki qobirg‗a devori qalinligi o‗lchamining yarmidan katta bo‗lmasligi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling