Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


  5.6 - rasm. Ko„p kovakli orayopma panellarni tayyorlash texnologik tizimining


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

68 
5.6 - rasm. Ko„p kovakli orayopma panellarni tayyorlash texnologik tizimining 
uskunalar majmuasi: 1- СМЖ-227B mashinasi, 2- СМЖ-69A - betonjoylagich, 3- avtomat 
ushlagich, 4- o‘ziyurar СМЖ-228B portal, 5 –relsli iz, 6 – bort uskunasi, 7 – vibro yukli 
shit, 8 —СМЖ-548 qolipi tagliklari, 9 - СМЖ- 187V vibromaydonchasi. 
Mayda to‗ldirgichli plastik beton qorishmalaridan foydalanilganda kovak 
hosil qiluvchili qoliplarni to‗ldirish oson bo‗ladi, ammo bunday qorishmadan 
tayyorlangan buyumlar o‗z shaklini yomon sao‗laydi. Shuning uchun ko‗p 
kovakli buyumlarni qoliplashda bikrligi 60 sekunddan kam bo‗lmagan beton 
qorishmalaridan foydalaniladi. 
Bikrligi yuqori bo‗lgan beton qorishmalari qolipni yomon to‗ldirganlari 
uchun ularning joylashuvchanligi beton qorishmasini qolipga joylash vaqtida 
titratishning jadalligini oshirish usuli yordamida amalga oshiriladi. 
Ko‗p kovakli plitalarni tayyorlashdagi beton qorishmasini vibratsiyani ikki 
xil usulda – qolipni titratish stoliga o‗rnatib vibratsiya qilish, yoki kovak hosil 
qiluvchilar orqali vibratsiya qilish mumkin. Ikkinchi usul samaraliroq 
hisoblanadi. Ba‘zi uskunalarda ikkala usuldan xam foydalaniladi. Bundan 
tashqari beton qorishmasining ustiga qorishmaning og‗irlik kuchi va 
joylashuvchanligini oshirish maqsadida vibroshitdan foydalaniladi. 


69 
Titratish stolida bikr qorishmalardan buyum tayyorlanganda shit va 
vibroshitdan foydalanish yuqori sifatli buyumlarni ishlab chiqarish va va 
qoliplash vaqtini qisqartirish imkonini imkonini beradi. Bu asosiy 
vibrouskunalar amplitudasini oshirishga qaraganda samaraliroqdir. 
Shitning vaznini oshirish zarur samarani bermaydi, chunki bu vaqtda beton 
qorishmasining tebranish amplitudasi pasayadi. 
5.7rasm. СМЖ-227B qoliplash mashinasi.
1 –stanina, 2- karetka, 3 – vibrovkladish, 4 – tayanch, 5 – rolik. 
Panellarning yuqori sifati nafaqat beton qorishmasining to‗g‗ri joylangani 
va zichlangani, balki qoliplarning yaxshi tozalanganligi, moylanganligi va 
armaturani to‗g‗ri o‗rnatilganiga xam bog‗liq.
Ko‗p kovakli orayopma panellarni tayyorlash uchun uskunalar uskunalar 
tizimi - qoliplash mashinasi, beton yotkizgich, vibroyuk yoki shit va joylagich 
qolipini o‗z ichiga oladi. 
Dumaloq ko‗p kovakli temir-beton orayopma panellarini qoliplash СМЖ-
117 mashinasi (5.7 - rasm) karetka (2), yo‗naltiruvchi va vibro vkladishlar (3) 
(vibro kovak hosil qiluvchilar) dan iborat. Vibro vkladishlar mahkamlangan 
karetka yo‗naltiruvchilarida mashinaning bo‗yicha harakatlanadi. Kanal xosil 
qiluvchilar diametri 159 mm bo‗lgan po‗lat trubalardan iborat. Ularning ichida 
quvurni titrash harakatiga keltiradigan bir valda muvozanatga keltirilgan 
vibratorlar o‗rnatilgan.


70 
Bu mashinaning unumdorligi soatiga 69,7 m
2
, qoliplash sikli – 9 minut, 
tayyorlanadigan panellarning o‗lchami 6280x1590x220 mm ga teng. 

Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling