Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


 Oldindan zo„riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni ichki tayanchli


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

 
5.3.1.5 Oldindan zo„riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni ichki tayanchli 
qoliplarda tayyorlash 
 
Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni ichki qo‗zg‗almas 
tayanchli 
qoliplarda 
tayyorlash 
oldindan 
zo‗riqtirilgan 
temir-beton 
konstruksiyalarni zavod sharoitida tayyorlashning mavjud texnologiyalariga xos 
taranglashtirilgan armaturani u taranglashtirilganidan so‗ng zo‗riqishni betonga 
berish uchun uni kesish, armatura chiqindilarini olib tashlash va yig‗ish, inson 
uchun zararli gazlarni ajralib chiqishi, armaturani kesish uchun sarf bo‗ladigan 
elektrodlarning sarfi va boshqalardan xoli bo‗lgan yangi texnologiyadir. Tayyor 
mahsulotni qolipdan yechib olish zo‗riqtirilmagan konstruksiyalarni ishlab 
chiqarishdagidan farqlanmaydi va bortlarni ochish va kran yordamida qolipdan 
olish kabi operatsiyalardan iborat. 
Taranglashtiriladigan 
armatura 
sterjenining 
uzunligi 
mahsulotning 
uzunligidan qisqa bo‗lib, chekka ankerlar qolipning beton joylanadigan qismiga 
joylashtiriladi (5.14 - rasm). 
Taranglashtiriladigan sterjenli armatura ankerining tirgakdan yuqori tomon 
sirg‗alib chiqib ketishiga qolip bortidagi fiksator qarshilik qiladi. 


81 
5.14

rasm. ankerlarning tayanchlarga mahkamlanishi.
1-ichki tayanch, 2-taranglashtirilgan armatura, 3, 6 -anker, 4-fiksator, 5- yuza bo‘yicha 
zo‘riqish, 7 – kuchni ankerdan betonga berish, 8- qolip borti, 9-qolipning tagi. 
 
Konstruksiyalarning pastki qismida ichki tirgaklardan hosil bo‗ladigan 
chuqurchalar montaj vaqtida yuk ko‗taruvchi tayanchga qo‗yilgan vaqtda 
ko‗rinmay qoladi. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni ichki 
qo‗zgalmas tirgakli qoliplarda tayyorlash vaqtida armaturani taranglashtirish 
elektrotermik usulda, armaturani uzayishini nazorat qilish orqali amalga 
oshiriladi. Ko‗rib chiqilayotgan ichki ankerli mahsulotlarni tayyorlash 
texnologiyasining boshqa mavjud texnologiyalardan farqi shundaki, qolipning 
devorlari, va qulflarning buralib mahkamlanishi taranglashtiriladigan armaturalar 
qolipga o‗rnatilgunga qadar amalga oshiriladi. Bu shart zo‗riqtirilgan 
konstuksiyalarni tayyorlashning barcha variantlarida amalga oshiriladi. 
Oldindan zo‗riqtirilgan mahsulotlarni tayyorlashda elektrotermik usulda 
qizdirib zarur uzunlikkacha cho‗zilgan chekka ankerli armatura sterjeni qolipga 
o‗rnatiladi. Bu vaqtda anker tirgakka shunday o‗rnatilish zarurki qolip devoriga 
o‗rnatilgan fiksator ankerni mahkam ushlab qolishi kerak. 
Konstruksiyani tayyorlash vaqtidagi betonga zo‗riqishni berish mavjud 
normativ xujjatlarning talablari asosida amalga oshiriladi. 



Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling