Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


  4.27 - rasm. Spiral armaturani quvurga o„rash sxemasi


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

55 
4.27 - rasm. Spiral armaturani quvurga o„rash sxemasi:
1 – plan-shaybali oldingi babka; 2 – quvur o‘zagi; 3 – oldingi karetka; 4 – orqa babka;
5 – taranglash qurilmasi; 6 – yukni fiksatsiya qilish mexanizmi; 7 – tormoz qurilmasi;
8 – armatura o‘ramini tutgich.
 
Birinchi xolda armatura chiqindisi bo‗lmaydi va ikkinchisida esa 
xalqalarni kesish oqibatida armaturaning kalta bo‗laklari hosil bo‗ladi. 
Zavod sharoitida oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni ishlab 
chiqarishda tashqi tirgaklardan foydalanish keng tarqalgan. Inshoot elementlarini 
bir biriga ulash maqsadida armatura xalqalarini ham hosil qilish zarur. 
Oldindan zo‗riqtirilgan uzun o‗lchamli, katta va og‗ir temir-beton 
konstruksiyalarni tayyorlashda stend usulidan foydalanish keng tarqalgan. 
Armaturani tayyorlash texnologiyasiga ko‗ra paketli va uzun stendlar 
mavjuddir. Paketli stendlarda armatura elementlarni tayyorlash uchun
qoliplovchi maydonga parallel ravishda joylashtirilgan maxsus qurilmalar 
mavjud bo‗ladi. Uzun stendlarda armaturani navbati bilan qoliplash o‗qi 
bo‗yicha stendning butun uzunligi bo‗yicha tortib taranglashtiriladi. 
Paketli stendlarda simlar paketini tayyorlash va taranglashtirish quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi (4.28- rasm).
Yuqori mustaxkamlikka ega armatura simi o‗rami o‗ram o‗rnatgichga 
joylashtiriladi va xar bir simning uchi tormozlash qurilmasining, simni tozalash 
qurilmasi va teshikli diafragmalarning teshiklari orqali o‗tkaziladi. 


56 
So‗ngra simlarning uchi to‗lqinli qisqichlarning plastinalari orasiga 
o‗rnatib siqiladi va pona yoki bolt bilan mahkamlanadi. 
4.28-rasm. 6248 paket stendi: 1-o‘ram o‘rnatgich; 2 – tormoz roliklari bloki; 3 – press;
4 – sudrab tortish konveyeri; 5 – paketlarni ko‘chirish aravachasi; 6 – tirgak va tortish 
qurilmalari; 7 – SM-513B gidrodomkrati; 8 – ko‘targich. 
Yig‗ilgan paket zanjirli konveyer karetkasining mahkamlagichiga 
o‗rnatiladi va mahkamlagich tirgakdan ma‘lum bir masofada o‗rnatilgan ohirgi 
o‗chirgichgacha sudrab boriladi. 
Press yordamida ikkinchi to‗lqinli qisqich yig‗iladi va paketning ikkinchi 
uchi tashkil qilinadi. Uchinchi to‗lqinli to‗lqinli qisqichda simlar siqilgandan 
so‗ng ular uziladi va tayyor paket stoldan olinadi va paket tayyorlash shu ketma-
ketlikda olib boriladi. Paketlar ko‗prikli kran yordamida o‗rnatiladigan joyiga 
olib boriladi va bosh va oxirigi tyagalarga taranglashtirish uchun o‗rnatiladi 
(4.29- rasm). 

Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling