Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


 – rasm. Stendda armatura


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

4.29 – rasm. Stendda armatura 
paketini tortish.
1 – tortish mashinasining tirgak stangasi;
2 – domkrat shtoki; 3 – ulash muftasi;
4 - xvostovik; 5 – fiksatsiyalovchi gayka;
6 – stend tayanchi konstruksiyasi; 7 – jag‘li 
qisqich, 8 – to‘lqinli qisqich; 9 – armatura
paketi; 10 –taqsimlovchi diafragma;
11 – qolip.


57 
Taranglangan armaturani bo‗shatishni bir tekisda olib borish lozim. Qabul 
qilingan texnologiya, mahsulot turi va armatura klassiga qarab taranglik kuchini 
uzatish quyidagicha olib boriladi: har bir elementni alohida yoki ularning 
guruhlarini kuchli domkratlar yordamida.
O‗ramli va arqonli armaturani bo‗shatish uchun ponasimon gidrodomkrat, 
vintli va qumli moslamalar, aylantirish tirgaklari va boshqalardan foydalaniladi. 
Ponasimon moslamalar stenddagi tayanchlarning bir tomonida tayanch va 
qisqichlar o‗rtasida armaturani taranglashtirishni boshlashdan oldin o‗rnatiladi. 
Taranglikni bo‗shatishda qo‗zg‗aluvchi pona gayka yordamida tepaga tortiladi. 
Bu vaqtda kuchlar bir maromda tayanchlardan betonga uzatiladi. Qumli 
moslamalardan stendlardagi sim paketlar va kuchli qoliplardagi sterjenli 
armaturalarni bir maromda bo‗shatish uchun foydalaniladi. Stendlarda ularni 
tayanchlar va qo‗zg‗aluvchi traversalar orasiga o‗rnatiladi. 
Kuchli qoliplarda esa ularni kuchli qolip tagiga o‗rnatiladi va bu uning 
chekka qismlarini tayanchlar bilan birga qolipda o‗rta tomonbir maromda 
siljishining imkonini beradi. 
4.5. Armaturani taranglashtirish darajasini tekshirish 
Konstruksiyani oldindan zo‗riqtirilish darajasi va undan kelgusida 
foydalanishning ishonchliligi armaturani taranglashtirish aniqligiga bog‗liq. Bu 
esa armaturani taranglashtirish darajasini nazorat qilish zarur ekanligini bildiradi. 
Armaturani 
gidrodomkratlar 
yordamida 
taranglashtirilganda 
taranglashtirish jarayonida manometrlar va armaturani uzayishiga qarab amalga
oshiriladi. Armaturani uzayishi o‗lchov reykasi yoki metall chizg‗ichning 
millimetrli shkalasi bo‗yicha nazorat qililinadi. O‗lchov manomert noldan 
strelkasi o‗zgarish vaqtidan boshlanadi. Taranglashtirish kuchi avvaldan 
tekshiruvdan o‗tgan manometr yordamida amalga oshiriladi. Mexanik usul 
yordamida taranglashtirishganda hisobiy uzayish va manometr yordamida 
aniqlangan taranglashtirish kuchi orasidagi farq 10% dan ko‗p bo‗lmasligi kerak.


58 
Agarda farq katta bo‗lsa, taranglashtirish to‗xtatiladi va asbob-uskunadagi 
nosozliklar yoki strejenlarning anker moslamalaridagi nosozliklar bartaraf etiladi 
va shundan so‗nggina taranglashtirish ishlari davom etdiriladi.
Elektrotermik usulda armatura tarangligi aniqligini nazorat qilish 
tayyorlanagan 
taranglashtiriluvchi 
armatura 
elementlarining 
o‗lchamini 
tekshirishdan boshlanadi. Bunda armatura sterjenlari ankerlari boshlaridagi 
tayanch yuzalari orasidagi va qoliplardagi tayanchlar orasidagi masofaning farqi 
orqali armatura sterjenining taranglashtirishdagi uzayishi aniqlanadi. Armatura 
elektrotermik usulda taranglashtirilganda uning xaqiqiy uzayishi hisobiy 
uzayishdan farqi sterjenlarning uzunligi 6,5 metrgacha bo‗lganda 4 millimetrdan, 
uzunligi 12 metrgacha bo‗lganda 6 millimetrdan ko‗p bo‗lmasligi kerak.
Elektrotermik yoki mexanik usulda taranglangan armaturaning tarangligini 
muntazam tekshirib borish bilan birga, vaqti vaqti bilan ПРДУ, ПИН, IPN va 
boshqa o‗lchovchi uskunalar yordamida tekshirib turish tavsiya etiladi. 

Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling