Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


- rasm.Oldindan zo„riqtirilgan


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

5.1-
rasm.Oldindan zo„riqtirilgan 
balkalarni tayyorlash uchun kuchli 
qoliplar: a – uzunligi 12 m bo‘lgan kranosti 
balkalari uchun; b – rigel uchun;
1 – mahsulot; 2 – qolipning kuchli qismi;
3 – yechiladigan bort; 4 – ko‘tarma bort.
 
5.2 - rasmda yon tomonlari sharnirli ochiladigan va yig‗iladigan qolipning 
bir turi keltirilgan. Qolipning yon devorlai mahsulotga bo‗g‗ yordamida issiqlik 
ishlovi berish imkonini berish uchun qoplamadan iborat. 


63 
 
5.2 - ikki nishabli balka qolipi.
1 – qolip tagi; 2 – bug‘ beriladigan 
bo‘ylama bort; 3 – qolipning 
ko‘ndalang devori; 4 – osma vibrator; 
5 – bug‘ berish uchun patrubok.
 
 
Yupqa devorli qobirg‗ali panellarni tayyorlash uchun temir-beton 
matristali qoliplardan ham foydalaniladi (5.3 - rasm). Bu kabi qoliplar metall 
bortlar va vintli, gidravlik yoki pnevmatik domkratlar bilan jihozlangan itarib 
chiqaruvchi uskunalardan iborat. Ular mahsulotning butun yuzasi bo‗yicha bir 
tekisda joylashtirilgan. Bu esa yupqa devorli tayyor mahsulotni darzlar hosil 
qilmasdan qolipdan yechib olish imkonini beradi. Qoliplarning temir-beton 
matristalari В15 – В22,5 klassli betondan tayyorlanadi. 
 
5.3 - rasm. Yupqa devorli qobirg„ali panellarni tayyorlash uchun temir-beton matrista:
1 - matrista; 2 - metall bort; 3 - plita; 4 - traversa; 5 - vintli domkrat.
 
 
5.2 Beton va temir-beton mahsulotlarini qoliplash 
Mahsulotni qoliplashdagi asosiy maqsad - zarur o‗lcham va shakldagi 
mahsulotni olish bilan birga armatura va o‗rnatiladigan detallarning to‗g‗ri 
joylashishi va betonning maksimal zichlash va bir xil strukturasini hosil qilishdir.
Beton qorishmasini qoliplash klassifikatsiyasi quyidagichadir: 
-Quyish usuli orqali. Bu usulda tashqi kuchlar ta‘sirisiz qolipni yaxshi 
to‗ldiruvchi yuqori oquvchan beton qorishmalaridan foydalaniladi;


64 
-Qoliplashning tebratish usullarining bir necha turlari mavjud. Qolipga 
quyilgan beton qorishmasining butun hajmi vibromaydonchalarda zichlanadi
-Chuqurlikda ishlaydigan vibratorlar yordamida mahsulotlarni qoliplash. 
Bundan tashqari qorishmani ichkaridan tebratish mahsulot ichida kovak hosil 
qilish uchun avvaldan o‗rnatilgan vibrovkladishlar yordamida ham amalga 
oshirilishi mumkin; 
-Mahsulotlarni yuza vibratorlari yordamida qoliplash. Yuza vibratorlari 
yordamida mahsulotlarni qoliplash qolipga to‗ldirilgan beton qorishmasining 
ustiga o‗rnatilgan siljuvchi titratuvchi yuza orqali amalga oshiriladi; 
-Mahsulotlarni tashqi titratish orqali qoliplash qolipning tagi yoki yon 
devorlariga mahkam o‗rnatilgan vibratorlar yordamida amalga oshiriladi; 
-Qoliplashning markazdan qochuvchi kuchdan foydalanish usuli. Bu 
usulda mahsulot stentrifugalarda qoliplanadi. Bu usulda qoliplanganda beton
qorishmasi stentrifuga barabanini tez aylanti rilganda hosil bo‗ladigan 
markazdan qochuvchi kuch natijasida qolipga bir xilda tarqalib zichlanali; 
-Torkretlash usulida mahsulot tayyorlash. Bu usulda sement-qum 
qorishmasi yoki mayda donali beton qorishmasi armatura to‗ri, qolip yoki 
maxsus matrista yuzasiga sement pushka yordamida siqilgan havo yordamida 
purkaladi; 
-Beton qorishmasini presslash. Presslash usuli qolipga to‗ldirilgan qum-
sementli yoki mayda zarrali beton qorishmalarini butun yuzasi bo‗yicha shtampli 
presslash orqali va mundshtukli presslashda beton qorishmasi chiqish teshigi 
(mundshtuk)ga tomon kichrayib boruvchi kameraga tomon presslash orqali 
amalga oshiriladi. Mundshtukdan presslangan mahsulot uzun butun tasma 
ko‗rinishida chiqib boradi. 
-Beton qorishmasini trambovkalab zichlash. Bu usul baton qorishmasiga 
ko‗p martalab presslash kuchini berish bilan ajralib turadi. 
Bulardan 
tashqari 
mahsulot 
tayyorlashning 
vibroprokatlash, 
vibrovakuumlash kabi boshqa usullari mavjud. 



Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling