Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


  5.3 Yig„ma temir-beton konstruksiyalarini zavod sharoitida tayyorlash


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

65 
5.3 Yig„ma temir-beton konstruksiyalarini zavod sharoitida tayyorlash 
texnologiyasi 
Yig‗ma temir-beton konstruksiyalarini zavod sharoitida tayyorlash 
texnologiyasi asosiy agregat oqim, konveyer va stend usullarda bajariladi. 
Kasseta usuli stend usulining bir turidir. 
Quyida oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarini zavod 
sharoitida tayyorlashning asosiy usullarini ko‗rib chiqamiz. 
5.3.1 Agregat oqim usuli
 
Konstruksiyalarni tayyorlashning agregat oqim usuli texnologik jarayonni 
turli tipdagi operatsiyalarni oqimda bir maromda olib borib, alohida operatsiya 
yoki ularning ma‘lum bir guruhlarini universal agregatlarda, qolipdagi 
mahsulotni postdan postga ko‗chib yurish orqali amalga oshiriladi (5.4 - rasm).
5.4 - rasm. Ishlab chiqarishning agregat oqim usulining sxemasi:
1 – beton joylagich; 2 – seksiyali vibromaydoncha; 3 – o‘zi yurar arava – qolip tashuvchi;
4 – issiqlik ishlov berish kamerasi; 5 – qolipni bo‘shatish posti; 6 – qolipni tayyorlash posti;
7 – o‘zi yurar arava. 
Mahsulot va qoliplar postdan postga ushbu ish joyidagi operatsiyaga 
ajratilgan vaqtga qarab erkin xolda ko‗chirib o‗tkazilib turadi. Qolip va 
mahsulotlar operatsiyalar o‗rtasida ko‗tarish-transport va tashish vositalari 
yordamida amalga oshiriladi. 
Agregat oqim texnologiyasi texnologik va transport uskuna, issiqlik ishlov 
berish rejimini boshqarish va xattoki ko‗p turdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqarishdagi yuqori moslashuvchanligi bilan ajralib turadi (5.5 - rasm). 


66 
Agregat oqim tizimida vibromaydonchada bir mahsulotga mo‗ljallangan 
vibromexanizmsiz kovak hosil qiluvchili qoliplarda temir-beton qoziqlar
poydevor bloklari, bosimsiz quvurlar, ko‗pkovakli panellar, bir kovakli 
tayanchlar va qoziqlarni tayyorlash mumkin. Ko‗p kovakli panellarni 
vibromexanizmlar bilan jihozlangan kovak hosil qiluvchilar mavjud postlarda
bosimli va bosimsiz quvurlar rolikli va tasmali stentrefugalarda ajratiladigan va 
ajralmaydigan qoliplarda, ichi bo‗sh kolonnalar, tarnovlar, elektr uzarish tizimi 
va yoritish tayanchlari, maxsus uskunalarda vibrogidropresslangan bosimli 
quvurlar va ko‗pgina buyum va mahsulotlar ishlab chiqariladi. 
5.5

Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling