Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
5.6 - rasm. Ko„p kovakli orayopma panellarni tayyorlash texnologik tizimining
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
68
5.6 - rasm. Ko„p kovakli orayopma panellarni tayyorlash texnologik tizimining uskunalar majmuasi: 1- СМЖ-227B mashinasi, 2- СМЖ-69A - betonjoylagich, 3- avtomat ushlagich, 4- o‘ziyurar СМЖ-228B portal, 5 –relsli iz, 6 – bort uskunasi, 7 – vibro yukli shit, 8 —СМЖ-548 qolipi tagliklari, 9 - СМЖ- 187V vibromaydonchasi. Mayda to‗ldirgichli plastik beton qorishmalaridan foydalanilganda kovak hosil qiluvchili qoliplarni to‗ldirish oson bo‗ladi, ammo bunday qorishmadan tayyorlangan buyumlar o‗z shaklini yomon sao‗laydi. Shuning uchun ko‗p kovakli buyumlarni qoliplashda bikrligi 60 sekunddan kam bo‗lmagan beton qorishmalaridan foydalaniladi. Bikrligi yuqori bo‗lgan beton qorishmalari qolipni yomon to‗ldirganlari uchun ularning joylashuvchanligi beton qorishmasini qolipga joylash vaqtida titratishning jadalligini oshirish usuli yordamida amalga oshiriladi. Ko‗p kovakli plitalarni tayyorlashdagi beton qorishmasini vibratsiyani ikki xil usulda – qolipni titratish stoliga o‗rnatib vibratsiya qilish, yoki kovak hosil qiluvchilar orqali vibratsiya qilish mumkin. Ikkinchi usul samaraliroq hisoblanadi. Ba‘zi uskunalarda ikkala usuldan xam foydalaniladi. Bundan tashqari beton qorishmasining ustiga qorishmaning og‗irlik kuchi va joylashuvchanligini oshirish maqsadida vibroshitdan foydalaniladi. 69 Titratish stolida bikr qorishmalardan buyum tayyorlanganda shit va vibroshitdan foydalanish yuqori sifatli buyumlarni ishlab chiqarish va va qoliplash vaqtini qisqartirish imkonini imkonini beradi. Bu asosiy vibrouskunalar amplitudasini oshirishga qaraganda samaraliroqdir. Shitning vaznini oshirish zarur samarani bermaydi, chunki bu vaqtda beton qorishmasining tebranish amplitudasi pasayadi. 5.7- rasm. СМЖ-227B qoliplash mashinasi. 1 –stanina, 2- karetka, 3 – vibrovkladish, 4 – tayanch, 5 – rolik. Panellarning yuqori sifati nafaqat beton qorishmasining to‗g‗ri joylangani va zichlangani, balki qoliplarning yaxshi tozalanganligi, moylanganligi va armaturani to‗g‗ri o‗rnatilganiga xam bog‗liq. Ko‗p kovakli orayopma panellarni tayyorlash uchun uskunalar uskunalar tizimi - qoliplash mashinasi, beton yotkizgich, vibroyuk yoki shit va joylagich qolipini o‗z ichiga oladi. Dumaloq ko‗p kovakli temir-beton orayopma panellarini qoliplash СМЖ- 117 mashinasi (5.7 - rasm) karetka (2), yo‗naltiruvchi va vibro vkladishlar (3) (vibro kovak hosil qiluvchilar) dan iborat. Vibro vkladishlar mahkamlangan karetka yo‗naltiruvchilarida mashinaning bo‗yicha harakatlanadi. Kanal xosil qiluvchilar diametri 159 mm bo‗lgan po‗lat trubalardan iborat. Ularning ichida quvurni titrash harakatiga keltiradigan bir valda muvozanatga keltirilgan vibratorlar o‗rnatilgan. 70 Bu mashinaning unumdorligi soatiga 69,7 m 2 , qoliplash sikli – 9 minut, tayyorlanadigan panellarning o‗lchami 6280x1590x220 mm ga teng. Download 6.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling