Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
- rasm. Plitalarga issiq-nam ishlov berish sxemasi
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
5.10- rasm. Plitalarga issiq-nam ishlov berish sxemasi.
1 – birinchi qavat qolipi; 2 – ikkinchi qavat qolipi; 3 – qolip tagiga bug‘ berish patrubogi; 4 – yon qobiqlarga bug‘ berish patrubogi; 5 – kovaklarga bug‘ berish patrubogi; 6 – yuqori metall shit. Bug‘ yuboriladigan bo‘shliqlar shtrixlangan. 74 Plitalarga issiq bug‗ yordamida ishlov berish quyidagi sikllarni o‗z ichiga oladi: - yangi qoliplangan mahsulotni avval ushlab turish; - beton mahsulotini qabul qilingan eng yuqori haroratgacha qizdirish; - qabul qilingan eng yuqori haroratda ushlab turish (izotermik davr); - tashqi muhit va mahsulot haroratini pasaytirish. Izotermik issiqlik ishlov berishning davri sement turi, suv-sement nisbati, bug‗-havo muhitining eng yuqori harorati, issiqlikning bir xilda tarqalishi va betonning talab etiladigan mustahkamligiga bog‗liq. Issiq bug‗ ishlovi 80-85 0 С haroratda beton loyihaviy mustahkamligining 80% ga etkunga qadar amalga oshiriladi. Beton mustahkamligi markasining 80% etganda qolipning yon devorlari ochiladi va taranglashtirilgan armaturalarni bo‗shatiladi. Bu amal gidravlik domkratlar yoki navbati bilan gazli keskichlar yordamida kesib amalga oshiriladi. Armaturalarni domkratlar yordamida bo‗shatilganda bu amal ikki bosqichda bajariladi. Avval barcha sterjenlardagi kuchlanish navbati bilan 5% ga pasaytiriladi so‗ngra esa qaytadan 0 ga tushiriladi. Kesish vaqtida kesiladigan joy qizil tusga kirguniga qadar qizdiriladi. Kesish plita kesim yuzasi o‗qiga simmetrik ravishda amalga oshiriladi va xar bir sterjen bir vaqtning o‗zida ikkala tomonidan bir vaqtda kesiladi. Avval chekkadagi sterjenlar, so‗ngra ichki sterjenlar kesiladi. Plitalarda darzlarning hosil bo‗lishi va ankerlashning yomonlashuvini oldini olish maqsadida beton issiq xoldaligida armatura sterjenlarini kesish tavsiya etiladi. Armatura sterjenlari kesilgandan so‗ng plitalar issiq xolda qolipdan olinadi, armaturalarning chiqib turgan qismlari kesiladi va plitalarning shu qismlari sement qorishmasi bilan suvaladi. Tayyor plitalar tayyor mahsulot omboriga yoki istemolchiga jo‗natiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling