Oldingi tahrirga qarang
Download 33.5 Kb.
|
Litsenziya
Litsenziat tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya doirasida dorixona filiali ochilgan taqdirda litsenziat litsenziyalovchi organga mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda tegishli ariza bilan murojaat qiladi. 33. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya doirasida dorixona filiali ochilgan taqdirda dorixona maydoni, filiali mavjud bo‘lgan dorixonalarga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik me’yorlarga mos bo‘lishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. 34. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziatdan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi. (34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) Oldingi tahrirga qarang. Litsenziyat Yagona portal orqali murojaat etganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi; (34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son) Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi ochiladigan filiallar soni barobaridagi miqdorda undiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Litsenziat tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining: 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi. (34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son) Oldingi tahrirga qarang. Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. (34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son) 35. Arizani ko‘rib chiqish mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 36. Dorixona filiali uchun litsenziya quyidagi qo‘shimcha talablarni nazarda tutgan holda, mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi: Oldingi tahrirga qarang. litsenziatga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya ro‘yxat raqamidan so‘ng “tire” belgisi orqali ochilayotgan filial tartib raqamini ko‘rsatish; (36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish amalga oshiriladigan filial manzilini ko‘rsatish. 37. Dorixona filiali uchun litsenziya berishda davlat boji undirish talab etilmaydi. 6-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish Oldingi tahrirga qarang. 38. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. (38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son) Yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini (uning qismini) amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar bo‘lmish litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan litsenziya litsenziat tomonidan markazga bevosita taqdim etiladi. Markaz xodimi litsenziyani olgan kundan e’tiboran uch kun muddatda uni litsenziyalovchi organga taqdim etadi. (38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son) Oldingi tahrirga qarang. Litsenziyalovchi organ ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali oladi. (38-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) 39. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. 40. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining: 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi; qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi. Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. (40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son) Oldingi tahrirga qarang. 41. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza markaz olgan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan yoki Yagona portal orqali litsenziyalovchi organ tomonidan olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi. (41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son) 42. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqib, litsenziyani mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish jarayonida litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlarni elektron tarzda kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish muddati o‘zgarmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 43. Litsenziya yo‘qotib qo‘yilgan yoki u yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda dublikat beriladi. Dublikat olish uchun litsenziat ariza bilan markazga o‘zi kelib yoki Yagona portal orqali litsenziyalovchi organga ariza va litsenziya yo‘qotib qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qiladi. (43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son) Litsenziya dublikati berishda litsenziya berganlik uchun nazarda tutilgan yig‘im summasining yarmi miqdorida to‘lov undiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Litsenziya dublikatini olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. (43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son) 44. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 2, 3 va 4-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza organga mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmasdan berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling