Olib boruvchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar! Xush kelibsizlar. Men sizlarni axborot-resurs markazimizda ko‘rib turganimdan juda mamnunman. Bilasizlarki


Download 96.39 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2020
Hajmi96.39 Kb.
#104318
  1   2
Bog'liq
kitobim oftobim


«Kitob – yaqin do’st yo’q» mavzusidagi badiiy-musiqiy kecha senariysi

Tadbir quyidagi sharoitda o‘tkaziladi:



xona yoki zal shior- lar, o‘qish va ilmga chorlovchi plakatlar bilan bezatiladi. Kitob ko‘rgazmasi tashkil etiladi.



Olib boruvchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar! Xush kelibsizlar. Men sizlarni axborot-resurs markazimizda ko‘rib turganimdan juda mamnunman. Bilasizlarki,YUNЕSKO tomonidan 23 aprel “Xalqaro kitob va mualliflik huquqlari- ni qimoya qilish” kuni deb belgilangan. Ushbu kun 1995 yildan beri nishonlanadi. Bizning axborot-resurs (axborot-kutub- xona) markazi (ARM, AKM) ham bugun “Kitob – mo‘’jizaga chorlaydi” nomli tadbirni tayyorlagan. 1: Kitob – oftob. Zaminni, ona tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, nafaqat ilitadi, balki yoritadi, nurlantiradi. Kitobga eng qisqa ta’rif berish joiz bo‘lsa, uni ma’naviyat quyoshi deb ta’riflash o‘rinlidir. Ya’ni, quyosh bo‘lmasa olamning, tabiatning, hattoki hayotning bo‘lishi shubha ostida qoladi, kitob bo‘lmasa, ma’naviyatning rivoj- lanishi ham mavhum bir fikr bo‘lib qolaveradi.

Kengroq mushohada yuritadigan bo‘lsak, millat barkamol- ligi, Vatan taraqqiyoti elning kitobxonlik darajasiga, ya’ni o‘qimishliligiga bog‘liq. Istiqloldan so‘ng mustaqil mamlaka-timizda Prezidentimiz tashabbusi va bevosita e’tibori tufayli sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Mehnat jamoalarida sport-sog‘lomlashti- rish inshootlari, tennis maydonchalari barpo etildi. Biroq sog‘lom avlod deganda faqatgina jismonan baquvvat inson- nigina tushunish masalaga biryoqlama yondoshish bo‘lur edi. Avlod barkamolligi uning ma’naviy kamolotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Ana shuni nazarda tutsak, o‘shanday binolar yonida kitob do‘konlari, kutubxonalar qad rostlasa nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.





Download 96.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling