Fanning vazifasi - fanni o’qitishning vazifasi talabalarga mazkur fanga oid bilimlar berish, olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llay bilishga o’rgatish va ularning kompyuterdan foydalanish madaniyatini yuksak pog’onalarga ko’tarishdan iboratdir.
Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar
Biologiyada kompyuter texnologiyalari fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- olingan bilim va ko’nikmalar natijaida talabalar kompyuterlarning txnik va dasturiy ta’minotini, ishlash printsiplarini, axborot xavfsizligining dolzarb muammolarini;
-Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi sifatida ishlash, tashqi axborot tashuvchi vositalardan mustaqil faiydalanish, yangi zamonaviy dasturiy t’minotdan samarali foydalana olish, yo’nalish sohasiga oid masalalarni yechish, ma’lumotlarni himoya qilishda antivirus dasturlaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- OSlar, Windowsda ishlash, MS Office paketi dasturlaridan foydalana bilish. Internet muhitidan foydalanish, Windowsning multimediya imkoniyatlaridan xabardor bo’lish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, Web sahifalar yaratish. Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash, olingan natijalarni tahlil qilish, mutaxassislaikka oid hujjatlar yaratish, masofali ta’lim a uning elementlri, kompyuter grafikasi va ma’lumotlarni kompyterga kiritishning avtomatik vositalari tarjimon dasturlardan foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |