Tema: Tuproqda uchraydigan organizmlarning asosiy tarkibini o’rganish - Tuproqning biotik omillari Tuproqda o‘simliklar va hayvonlarning parchalanishidan qolgan qoldiqlaridan tashqari yana yuqori o‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan har xil mikro va makroorganizmlar ko‘plab uchraydi. Ana shu xildagi organizmlarni YU.Odum (1975) quyidagi guruhlarga ajratadi: Mikrobiota - bakteriyalar, zamburuѓlar, tuproq suvo‘tlari va sodda hayvonlar; Mezobiota - nematodlar, kanalar, kichik hasharot va boshqa organizmlarning lichinkalari; Makrobiota - o‘simliklarning ildizlari, yirik hasharotlar, yomѓir chuvalchanglari. SHular orasida eng muhim ekologik ahamiyatga ega bo‘lganlari tuproqdagi xlorofilsiz organizmlar (bakteriyalar, zamburuѓlar, aktinomitsetlar, infuzoriyalar, amyobalar, qorinoyoqlilar va boshqalar) hisoblanadi.Tirik organizmlarning soni,sifati, tuproqning tarkibi, uning xislatlari , shu yerning joylanishi, balnd yoki pastligi, qiyaliklar kabi orografik omillar ta’siriga bog’liq bo’ladi.
- Yerning baland pastligining o’zgarib turishiga qarab relefning tubandagitiplari farqlanadi: makrorelef,mezorelef va mikrorelef.
Mikrorganizmlar kul moddasi va azot ko‘p bo‘lgan bog‘-rog‘lar va shunga o‘xshash madaniy tuproqlarda juda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Ildiz va uning atrofidagi tuproqlar mikroorganizmlarga, ayniqsa, boydir (rizosfera). Mikroorganizmlar miqdori faqatgina tuproq strukturasigagina emas balki o‘simlik turiga ham bog‘liq. Lyupin, beda, sebarga, no‘xat va shu kabi dukkakli o‘simliklar rizosferasi, ayniqsa, mikroorganizmlarga boy hisoblanadi. Masalan, beda etishtiriladigan 1 g tuproqda 50-100 mlrd gacha bakteriyalar bo‘ladi (M.A.Krasilnikov, 1958). O‘sha muallifning aytishicha g‘o‘za ildizida azotobakteriyalar beda ildizidagiga qaraganda ancha kam bo‘ladi. Lekin uning ildizida vilt kasalligini ko‘zѓatuvchi zamburug‘lar (Verticillium dahliae, Fusarium fasinfectum) ko‘p uchraydi. Timofeevka, javdar kabi o‘simliklar ildizlarida esa diatom suvo‘tlari, lyupin, sebarga rizosferalarida yashil suvo‘tlari, kartoshka rizosferasida esa ko‘k yashil suvo‘tlari yashaydi. - Mikrorganizmlar kul moddasi va azot ko‘p bo‘lgan bog‘-rog‘lar va shunga o‘xshash madaniy tuproqlarda juda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Ildiz va uning atrofidagi tuproqlar mikroorganizmlarga, ayniqsa, boydir (rizosfera). Mikroorganizmlar miqdori faqatgina tuproq strukturasigagina emas balki o‘simlik turiga ham bog‘liq. Lyupin, beda, sebarga, no‘xat va shu kabi dukkakli o‘simliklar rizosferasi, ayniqsa, mikroorganizmlarga boy hisoblanadi. Masalan, beda etishtiriladigan 1 g tuproqda 50-100 mlrd gacha bakteriyalar bo‘ladi (M.A.Krasilnikov, 1958). O‘sha muallifning aytishicha g‘o‘za ildizida azotobakteriyalar beda ildizidagiga qaraganda ancha kam bo‘ladi. Lekin uning ildizida vilt kasalligini ko‘zѓatuvchi zamburug‘lar (Verticillium dahliae, Fusarium fasinfectum) ko‘p uchraydi. Timofeevka, javdar kabi o‘simliklar ildizlarida esa diatom suvo‘tlari, lyupin, sebarga rizosferalarida yashil suvo‘tlari, kartoshka rizosferasida esa ko‘k yashil suvo‘tlari yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |