Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети тарих факультети 1 курс 101 гуруҳ
Download 302.26 Kb. Pdf ko'rish
|
qoraxonijlar davlati
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ” ФАНИДАН “ҚОРАХОНИЙЛАР ДАВЛАТИ” МАВЗУСИДАГИ Р Е Ф Е Р А Т И
- Mavzu: Qoraxoniylar davlati Reja
- Qoraxoniylar davlati
- Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi
- Qoraxoniylar davlatining ikkiga ajralishi
- Davlat boshqaruvi
- Ilmfan va madaniyat
- Foydalanilgan adabiyotlar
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ НАМАНГАН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ ТАРИХ ФАКУЛЬТЕТИ 1 КУРС 101 ГУРУҲ ТАЛАБАСИ CАТТОРИЙ ШОХРУХНИНГ “ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ” ФАНИДАН “ҚОРАХОНИЙЛАР ДАВЛАТИ” МАВЗУСИДАГИ Р Е Ф Е Р А Т И НАМАНГАН-2011 Mavzu: Qoraxoniylar davlati Reja: 1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi 2. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi 3. Qoraxoniylar davlatini ikkiga ajralishi 4. Qoraxoniylar davlatida boshqaruv tizimi 5. Qoraxoniylar davlatida ilm – fan va madaniyat Qoraxoniylar davlati X asr o'rtalarida Issiqko'lning janubi va Koshg'arda yashagan yag'mo qabilasi kuchayib, avval o'zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilasi bilan yagona ittifoqqa birlashadi. So'ngra Yettisuvga xuruj qilib, qarluqlarni bo'ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.
"Qoraxoniylar" atamasi Xoqon Qoraxonning Islom dinini qabul qilganidan so'ng paydo bo'lgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan. 940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi. Birinchi hukmdorlardan biri Satuq Bo'g'raxon Abdulkarim Islom dinini qabul qiladi va < uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi. X-asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yag`ma" yoki "elikxon" boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy qabilalar - qorluqlar, chigillar, arg`ular, yag`malar va boshqa xalqlar kirgan bo`lib, ular 960 yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bug`ra boshchiligidagi Qoraxoniylar qo`shini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar g`alabasiga Bug`raxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abu Ali Simjur o`rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bo`lgan. Natijada Qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg`ol etadilar, amir Nuh esa Chorjo`yga qochishga majbur bo`ladi. Ammo Bug`raxon kasallanib, o`z vatani Koshg`arga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o`lja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yo`lboshchisi bo`lgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan Qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999 yili Qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg`ol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat Qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bo`lishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshg`ardan Amudaryogacha cho`zilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg`ona va qadimgi So`g`d yerlarini o`z ichiga olgan. 1005 yilgacha Somoniylarning so`nggi vakili al-Muntasir Qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning ko`psonli qo`shini pirovard g`alabani ta'minlagan. Bog`dod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda o`z hukmronligini o`rnatdi. Movarounnahrni zabt etgach Qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun g`aznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe bo`lib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, so`ngra Samarqandga ko`chirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe bo`lgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda ko`plab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qo`shishgan.
992-yilda Hasan Bug'roxon boshliq Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Marida Shosh, Farg'ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turk qabilalari ham qatnashadilar. Chunki bu yurtlar Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan qarluqlar davlatining mulki edi. Bu davrda Somoniylar ma'muriyati va harbiy qo'shinlari boshqaruvini o'z qo`liga olgan turk noiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk noiblari mamlakatni mudofaa qilish o'rniga xoinlik yo'lini tutib, Qoraxoniylarga yon bosadilar. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Ko'p o'tmay Bug'roxon hojib Foyiqni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug'roxon Buxoroda uzoq turolmaydi. Kasallik uni Koshg'arga qaytishga majbur etadi. Yo'lda u vafot etadi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib o'z taxtini egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk noiblari Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. O'z kuchiga ishonmagan Nuh ibn
Mansur - G'azna hukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo'shin bilan u Movarounnahrga yetib keladi va Nuh bilan birlashib, qo'zg'olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan so'ng Foyiq va Abuali qo'shinlari tor-mor qilinadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abuali Simjuriy o'rniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtakin va o'g'li Mahmudning siyosiy xukmronligi mustahkamlanib, G’aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bo'lgan yerlarni egallaydi. 996-yilda Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon yana hujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuhga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag'oniyon, Juzg'on va Xuttalon hokimlari ning birlashgan qo'shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib keladi. Nuhning ham o'z qo'shini bilan unga qo'shilishini talab qiladi. Bu Somoniylar amirining xukmdorlik huquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi Bunga javoban Sobuqtakin qo'shin yuborib Buxoroni egallaydi. So'ngra u Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi Qoraxoniylar qo'liga o'tadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonga hukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq, ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar Buxoroni bosib oladilar. Garchi Somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga uringan bo'lsalarda ammo 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan Somoniylar hukmronligi barham topgan edi. Shunday qilib x asr oxirida Somoniylar davlati o'rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri Koshg'ardan Amudaryogacha cho'zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg'ona va qadimgi Sug'dni o'z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati bo'lsa, ikkinchisi Shimoliy Hindistondan Kaspiy dengizining janubiy qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlarni qamrab olgan G’aznaviylar davlati edi. Qoraxoniylar davlatining ikkiga ajralishi Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o'rtasidagi chegara deb belgilangan bo'lsa- da, ammo Qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi xisoblab, uni o'z davlatiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar va G’aznaviylar o'rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006-va 1008-yillarda Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Balx, Tus va Nishopur shaharlari zabt etiladi. Ularning harbiy yurishini Sulton Mahmudga qarshi bo'lgan Xurosonning mulkdor feodallari qo'llab-quwatlaydilar. Lekin Mahmud G'aznaviy Qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi. 1017-yilda Mahmud Xorazm ustiga qo'shin tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barham topadi. Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi o'g'uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan Xurosonga borib o'rnashgan turkman qabilalari kuchayib, o'z vaqtida ularga yer berib homiylik qilgan G’aznaviylarga qarshi tazyiq ko'rsatadilar. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bunday vaziyatdan foydalangan Qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritakin 1038-yilda Amudaryo bo'yi. viloyatlari Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni G’aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt o'tmay u Movarounnahrni va Farg'onani o'ziga bo'ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada Qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolosog'unda bo'lgan Sharqiy Qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo'lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g'alabalarda so'ng Ibrohim Tamg'ach "Bug'roxon" unvoniga sazovor bo'ladi, Saljuqiylar bilan Qoraxoniylar o'rtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bo'lsa-da, ammo keyinchalik keskinlashib ketadi. Bu ikki turk davlatlari o'rtasida shiddatli janglar bo'lib o'tadi. Hatto, 1130-yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnahrga qo'shin tortib, Qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishg'ol etadi. Natijada Qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar.
Davlat boshqaruvi Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Ettisuv v.b.). Eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy xokimiyat hukmdori - Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar. Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Viloyat hokimlari faqat Qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan a'zolaridan saylanar edi. Eloqxonlar o'z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro'ga ega edi. U, odatda, Samarqandda taxtiga o'tiradi. Viloyat boshqaruv ma'muriyatida Somoniylar davridagidek vazirlar, sohib baridlar, mustavfiylar xizmat qilardi. Shaharlar esa shahar hokimi, raisi va muxtasiblari tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukmronligi mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do'stona munosabatlar o'rnatadilar. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchayib, ularning obro'yi har qachon-gidan ham balandga ko'tariladi. Qoraxoniy hukmdorlar garchi bu davrda hali o'troq hayotga ko'chmagan bo'lsalar ham, dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahami-yatini yaxshi anglar edilar.
O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat- shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy tavallud topganiga ming yil to‘ldi.
Favqulodda iqtidor sohibi Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida ko‘plab asarlar va maqolalar yozilgan. Mutafakkir yubileyi esa uning ajoyib tarjimai holi hamda jahon madaniyati rivojidagi rolini qayta ko‘rib chiqishga da'vat qiladi.Mahmud Qoshg‘ariy XI asrda turkiy Qoraxoniylar davrida yashab, ijod qildi. Taxminan 400 yilga yaqin hukm surgan Qoraxoniylar davri Markaziy Osiyo va yon-atrofdagi xalqlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qoraxoniylar davlatida X asrda xalqning milliy ongi rivojlanishi va o‘sishi asnosida ilm-fan va adabiyot ham ravnaq topdi. Hududda shu davrning mashhur olimlari - Xorazmiy, Xo‘jandiy, Yusuf Xos Hojib, Al Farobiy, Ibn Sino, Beruniy yashab, ijod qildi. Bu kabi donishmand, iqtidorli va yuksak ma'naviyatli olimlar paydo bo‘lishi shundan dalolat beradiki, Markaziy Osiyoda Uyg‘onish davri Yevropa Uyg‘onish davriga nisbatan bir necha asr avval boshlangan. Xususan, Qoshg‘ar, Xotan, Bolasog‘un, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz, Marv nihoyatda go‘zal shaharlarga aylanib, tobora kengaya boshlagani ham fikrimiz dalilidir. U butun dunyoga o‘quv yurtlari, betakror me'moriy majmualari, karvonsaroylari bilan tanilgan edi. Xalqaro savdo yo‘llari (Buyuk Ipak yo‘li)ning asosiy chorrahasi Qoraxoniylar hududida joylashgan edi. Sharqdan G‘arbga va G‘arbdan Sharqqa yo‘l olgan karvonlar va elchilar Qashg‘ar, Xotan, Bolasog‘un, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz shaharlari orqali o‘tgan, yangi xalqaro savdo yo‘li qadim zamondan buyon turkiy xalqlar nazorati ostida edi. O‘zaro savdo munosabatlari hunarmandchilikni rivojlantirish bilan bir qatorda, madaniy almashinuvlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Qoraxoniylar davlati hukm surgan to‘rt asr mobaynida Markaziy Osiyo xalqlari nisbatan tinch-osuda va farovon yashadi. Buning oqibatida barqaror vaziyat hukm surib, ilm-fan va madaniyatning ravnaq topishi uchun imkoniyatlar vujudga keldi. Natijada ulug‘ ajdodlarimiz - faylasuflar, tarixchilar, astronomlar, shoirlar samarali ijod qilishdi. Turkiy olimlar arab va fors tillarini, binobarin, G‘arb ijodkorlarining yunon tilidan arabchaga o‘girilgan asarlarini mukammal bilishgan va turkiy islom madaniyatini yaratishda ulardan foydalanishgan. Qoraxoniylar davri yuqori darajali madaniyatdan buyuk Firdavsiyning "Shohnoma" dostoni bilan qiyoslanishi mumkin bo‘lgan Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u biligda (“»Saodatga eltuvchi bilim») - falsafiy-didaktik dostoni va Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘atit turk" asari chinakamiga guvohlik beradi. Buyuk tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘atit turk" asari Qorahoniylar davrining noyob durdonasi hisoblanadi. U o‘””lmas obida sirasiga kiradi va o‘zida davr tili, adabiyoti, tibbiyoti, tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, hunarmandchiligi va astronomiyasi xaqidagi bilimlarni qamrab olgan. "Devoni lug‘atit turk"dagi geografiyaga oid ma'lumotlar g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Sababiki, asarida turkiy xalqlar joylashgan hududlar ta'rifini keltirgan va u muallif dunyodagi eng qadimiy turkiy xarita muallifi hisoblanadi. Ushbu xarita XI asrdagi Osiyoning eng qadimiy va ahamiyatli xaritasi bo‘lib, unda geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim shaharlar va qabilalar qayd etilgan. Qoraxoniylar davrida turkiy tildagi adabiyot jadal taraqqiy etdi. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tillar shevalarini tadqiq qiluvchi asari orqali mumtoz turkiy adabiyot va she'riyat, xalq og‘zaki ijodi ravnaqi uchun zamin hozirladi, turkiy xalqlar adabiy tilini ishlab chiqdi, unga sayqal berdi. Natijada turkiy she'ri-yatning asosiy janrlari shakllandi, rivojlangan she'riy leksikaga ega istioralar tizimi va nutq vositalari tug‘ildi. Mahmud Qoshg‘ariy jahonda turkiy tilning ijtimoiy lingvistikasi asoschisi, deb tan olinishi bejiz emas. Yanada muhimi shundaki, "Devoni lug‘atit turk" asarida o‘sha davrning ilg‘or kishilarini o‘ylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini aks ettirgan fikrlar va g‘oyalar jamlangan, shaxs va jamiyatning yanada ijtimoiylashuvi yo‘llari belgilab berilgan. Ko‘p bosqichli falsafiy-axloqiy muammolar, binobarin, boylik va bilimning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi fikrlar chuqur ifodalangan. Boshqacha aytganda, ilk o‘rta asrlar olimi va ijtimoiy faylasufining qarashlari olam, xalq taqdiri, inson, madaniyat, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi mushohadalarga yo‘g‘rilgan edi. Mahmud Qoshg‘ariy shunday yozadi: "Men Falak turkiylar zaminida davlat yaratganini ko‘rdim. Falak bu xalqlarni turkiy» deya atadi va ularni davlat boshqaruviga qo‘ydi. Hukmdorlar turkiylar edi va hokimiyat ularning qo‘lida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar o‘z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo‘llab- quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylardan saqlanish uchun har bir oqil kishi ularga ergashmoqqa intilardi. Turkiylar qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida so‘zlamoq kerak". Ushbu fikrlar XI asrda tashkil topgan Qoraxoniylar davlati to‘g‘risida aytilgan edi. Chindan ham "Devoni lug‘atit turk" qomusiy asardir. U turkiy islomiy madaniyatni yanada boyitib, yuksak pog‘onaga ko‘tardi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz xotirasiz kelajak yo’q. T.: SHarq, 1998. 2. Hasanov H. Sayyoh olimlar. – T.: O’zbekiston,1981. 3. Jabborov I. O’zbek xalq etnografiyasi. – T.: O’qituvchi, 1994. 4. Rustamov M. O’zbek etnografiyasi - T., 1990. 5. Kabirov A., Sagdullayev A. S. O’rta osiyo arxeologiyasi. - T., 1990. 6. Karimov Sh., Shamsiddinov R. Vatan tarixi - T., 1997. 7. Axmedov B. Tarixdan saboqlar.- T., 1994. 8. Murtazayev R. H. Ozbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining nomutaxassis talabalari uchuun darslik). –T.: Yangi asr avlodi, 2003. Download 302.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling