Portlandsement qotish tezligiga harorat va qo’shimchalar ta’siri.
Portlandsement va uning turlariga harorat katta ta‘sir ko‘rsatatadi. Haroratni 0
dan 5 – 8
o
C gacha ta‘sirida qotish jarayoni 2 – 3 marotaba sekinlashadi. 0 dan past
haroratda bu jarayonlar qisman to‗xtaydi. Qotish davrida yuqori haroratda suvni
yetishmovligi nafaqat gidratlanish jarayonini sekinlashtiradi balki betonglar
mustaxkamligini barqarorligini pasaytiradi. Suv butunlay muzlaganda qotish
jarayonlari butunlay to‗xtatiladi. Shular issiqlik ishlovini 2 ta usulini amalda keng
qo‗llanilishiga asos bo‗ldi. Biri qotayotgan betonga atmosfera bosimida 70 – 95
o
C
harorat ta‘sirida issiqlik ishlovi beriladi (Elektromablag‗, infraqizil nur, bug‗.).
Ikkinchi usulda issiqlik to‘yingan bug‗ (0.9 – 1.6 MPa) va harorat 174.5 - 200
o
C
da olib boriladi. Zamonaviy zavodlarda ushbu usulda buyumlarni mustaxkamligi
yakuniy mustaxkamligidan 70 – 80% ga erishiladi. Issiqlik ishlovi klinker
minerallariga har – hil ta‘sir ko‗rstadi. Masalan normal sharoitda va 80
o
C
haroratda
C
3
S , C
4
AF intensiv ravishda qotadi, C
2
S ning mustaxkamligiga issiqlik
ishlovi kam ta‘sir etadi. Tarkibida 50 – 60 % C
3
S, 6 – 9 % C
3
A bo‗lgan sementlar
80-95
o
C haroratda nixoyatda tez mustahkamlikka ega bo‗ladilar. Yuqori alitli
sementlarni 80
o
C da bug‗latish tavsiya etiladi, chunki yuqori haroratda (90 -95
o
C) boshlang‗ich muddatlarda qotish tezlatilsa ham qolgan qotish muddatlarida
mustahkamlikka erishmaydi. Shlak va pussolon portlandsementlarni 90 – 95
o
C
haroratda bug‗latilishi betonlani mustaxkamligi o‗sishiga ta‘sir etadi. Kimyoviy
qo‗shimchalar semntlarni qotish tezligini tezlashtirish uchun qo‗llaniladi. Eng ko‗p
ishlatiladigan CaCl
2
( 1 – 1.5 % sement massasidan), CaCl
2
+ NaCl (3 % + 7 %)
gidratlangan sementlar (1 – 3%gacha ) va boshqalar. Zamonaviy tadqiqot
izlanishlar natijasida shu narsa tatbiq etildi: issiqlik ishlovida har xil sementlarni
xulqi kupgina omillarga bog‗liq (Mineralogik tarkibi, klinker mikrotuzilishi,
24
maydalik darajasi, suv sement nisbati va boshqalar). Shuning uchun issiqlik
ishlovining rejimi tajriba orqali o‗rnatiladi (harorat va davomiyligi).
Do'stlaringiz bilan baham: |