Maydalagichlarga (shekali, valikli, konusli, bo’lgali)
qo’yiladigan xavfsizlik talablari
Maydalagich mashinalarining boshqarish pultlari kuzatish va masofadan
boshkarish kabinalarida joylanishi lozim. Kuzatish va masofadan boshqarish
kabinalaridagi ish joylari GOST 12.2.032-78 talablariga muvofik bo‘lishi kerak.
Maydalagich mashinalar, qabul qilish va transportirovka qurilmalarini
boshkarish maydonlarining pultlari ikki tomonlama ovozli yoki chiroqli
signalizatsiya tizimi (elektr kunrirok, miltillovchi elektrlampa) bilan jihozlangan
bo‘lishi lozim.Maydalagich mashinalari qabul qilish teshiklari va to‘ldirish
mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi maydonlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Maydalagich mashinalarining to‘ldirish va bo‘shatish joylari havo tozalovchi
aspiratsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.Maydalagich mashinalarni to‘ldirish
teshiklaridan material bo‘laklari otilib ketmasligi uchun temir to‘siklarga ega
bulishi kerak.
Shekali maydalagichlarning to‘ldirish teshiklari balandligi 1 m dan kam
bo‘lmagan yaxlit temir to‘siklarga ega bo‘lishi lozim.
Valikli maydalagich mashinalarni valigi tikilib qolganda yurgizuvchi
avtomatik ravishda o‘chishi lozim.Ta‘mirlash ishlarini bajarish uchun maydalagich
mashinasining xonasi yuk ko‘tarish mashinalari bilan ta‘minlangan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |