Sement toshining shishishi va cho’kishi.
Agar oldindan suv bilan to‘yintirilgan sement, beton namunalar (prizma, kub,
silindr) havoli muxitda saqlansa namuna quriy boshlaydi. Suv yirik bo‗shliqlardan
va g‗ovaklardan keyin mayda kichik diametrli kapillyarlardan bug‗lana boshlaydi.
Suv namunadagi va atrof muxitdagi namlik bir xil bo‗lguncha bug‗lanadi.
Namunaning qurishi bilan bir vaqtda bosim kuchlari rivojlanadi (siqilish) va hajmi
kamayadi, cho‗kadi. Agar kam namlikka ega bo‗lgan sement toshi yoki beton
namunasini namligi baland muxitga joylashtirilsa namunaning hajmi ko‗payadi va
shishadi.
Sement toshinicho‗kishiga ko‗p omillar ta‘sir etadi. Masalan sement tarkibi
va xossalari. Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki alitli va kam alyuminatli sementlar
cho‗kishga kam moyilligi bilan ajraladi. Sement toshni maydalik darajasi qancha
baland bo‗lsa cho‗kish ko‗rsatkichi shuncha baland bo‗ladi. Sement toshining
sement xossaiga va suv sement nisbatiga bog‗liq holda cho‗kish ko‗rsatkichi 3 –5
mm/m atrofida bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |