Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент архитектура қурилиш институти мухандислик қурилиш инфраструктураси факультети
Kimyoviy va fizikaviy agressiv faktorlarga sement va betonlarning
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash usul bilan portlandtsement ishlab chiqarish
Kimyoviy va fizikaviy agressiv faktorlarga sement va betonlarning
chidamligi. Beton va temir beton konstruksiyalar nafaqat mexanik mustahkamlikka ega bo‗lishlari kerak, balki xilma – xil tashqi kimyoviy va fizikaviy faktorlar ta‘siriga ham qarshilik ko‗rsatishlari kerak. 26
Yemirilish fizikaviy va kimyoviy turlarga bo‗linadi: Kimyoviy yemirilishi – har xil moddalarni, gazlarni, suvlarni suvli eritmalari, suyuk va gaz holatdagi noorganik va organik moddalar ta‘sirida yemirilishi. Fizikaviy yemirilish – ko‗p marotaba qaytaruvchi namlanish, qurish, erish va muzlash jarayonlari ta‘siridagi yemirilishi. Sement va betonlarini g‗ovak va kapillyarda mineral suvlarni kristall holatda yig‗ilishi ham fizikaviy yemirilishi turiga kiradi. Umuman olganda portlandsement asosida tayyorlangan beton buyumlari agressiv muxitlarga ancha chidamli bo‗ladi deb hisoblanadi, ammo nomaqbul muxitda yoki sharoitda ular buzilib ketishlari mumkin. Portlandsementning har xil turlari u yoki bu agressiv faktorlar ta‘siriga har xil bo‗lgan qarshiligi bilan harakterlanadi. Masalan: tarkibida alyuminiy kalsiy kam bo‗lgan sementlar sulfatga chidamli deb hisoblanadi, pussalan portlandsement esa suvga chidamligi bilan harakterlanadi.Sementtoshda gidrat minerallar mahsulotlaridan eng eruvchan mineral bu Ca(OH) 2 u bir litr suvda 1,3 gr eriydi, undan keyingi o‗rinda gidroalyuminatlar, gidrosulfoalyuminatlar va nixoyat gidrosilikatlar turadi. V.M. Moskvin yemirilish jarayonini 3 guruhga bo‗lgan: 1 — guruh: bunda tarkibiy qismlari erib ketishi natijasida sementtosh buziladi.2 —guruh: bu xil yemirilishda suvdagi moddalar bilan sementtoshdagi mineral orasida kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo‗lgan mahsulotlar yoki juda yengil eruvchan, yoki bog‗lovchi xususiyatlarga ega bo‗lmagan bo‗ladilar. 3 — guruhga sement hamiri g‗ovaklarida kam eriydigan tuzlarning cho‗kishi va kristallanish natijasida sementtosh buziladi. Lekin yemirilishning to‗la klassifikasiiyasini Kind V.V. tuzib chiqdi. 1. Ishqorlarning, ya‘ni Ca(OH) 2 ning o‗z —o‗zidan erib betondan ajralib yuvilib chiqilishi. 2. Kislotalar ta‘sirida yemirilish — kislota yemirilishi. 3.Sulfat yemirilishi — sementtoshga ionlarni ta‘siri ostida o‗tadigan yemirilish (250 — 300 1000 mg. bir litrga). 4. Uglekislota CO 3 ta‘sirida o‗tadigan yemirilishi. 27
5. Magneizal yemirilish. Bunda sementtoshni va betonni yemirilishi eruvchan magniy ta‘sirida o‗tadi. MgO dan tashqari kalsiy gidorsilikatlari va gidroalyuminatlar parchalanishi mumkin. Bu esa betonni buzilishiga olib keladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling