Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2022 йил " " даги
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Блокчейн МК услубий кулланма
Ismi-sharifi
• Qaysi mamlakatda yashaydi • Tug’ilgan sanasi • Manzili • Bank rekvizitlari • Shaxisni tasdiqlovchi hujjatlar skanlari Birjadagi hisob raqamidan pullarni chiqarish va pul qo’yish uchun quyidagi usullardan foydalsnish mumkin: 47 ➢ Asosiy valyutalardan (Bitcoin, Ethereum, Dash, Litekoin va boshqalar) ➢ Dollarlardagi SWIFT-to’lovlardan ➢ Evrodagi SEPA-to’lovlardan Ammo evro bilan ishlash birja saytida keltirilgan ruyhatdagi mamlakatlar uchungina ruhsat etiladi. Shaxsiy hisob raqamidagi pul vositalarini almashtirishni boshlash uchun “Exchange” bo’limiga o’tish kerak bo’ladi. HitBTC ko’pgina valyutalar bilan pul operatsiyalari amalga oshirishga imkon beradi. Ularning ichida eng aktuallari Bitcoin, Ethereum, Dash, Litecoinva boshqalardir. Savdo juftliklari ichida esa eng ko’p amalga oshiradiganlari BCH/BTC va BTC/USDT lardir. Bir sutkada amalga oshiriladigan pul operatsiyalari hajmi 150 million dollarga yetadi. Agar operatsiya darhol amalga oshirilsa, birja komissiyasi 0,1% bo’lib, boshqalari uchun 0,01% dir. HitBTC birjasining afzalliklari: o Valyuta juftliklarining ko’pligi o Pullarni fiat valyutalarda chiqarish mumkinligi o Savdoni akkauntni verifikatsiya qilmasdan ham amalga oshirilishi mumkinligi o Yuqori darajadagi havfsizlik ta’minlanganligi HitBTCbirjasiningkamchiliklari: o Rus tilida ishlaydigan foydalanuvchilar uchun biroz noqulayliklar. o Rusizabon mamlakatlar uchun evroda ishlash mumkin emasligi o Boshqa birjalarga nisbatan savdo hajmi biroz kamchilligi Kraken birjasi o’z faoliyatini San Frantsiskoda 2011 yilda boshlagan va unda nafaqat kriptovalyutalar bilan, balki amerika va kanada dollarlari, britaniya funtlari hamda yapon iyenalari bilan ham savdo operatsiyalarini amalga oshirish mumkin. Ushbu birja Bloomberg terminalida kotirovka qilinadigan birinchi kriptovalyutalar bijasi bo’lgan edi. Kraken kriptovalyutalar birjasining bir kunlik oboroti dunyo miqyosida 5-7 chi o’rinda turadi. Ammo unda faqat eng taniqli kriptovalyutalar bilan 68 ta savdo juftligida savdo qilinadi va sutkali oborot 200 million AQSH dollriga yetadi. Komissiya miqdori esa savdo hajmiga bog’liq bo’lib, 1.6% dan 0.26% gacha yetadi. Birjada registratsiya qilinish uchun o’z e- mailingizni, login va parol kiritishingiz kifoya bo’ladi. Shundan so’ng kapchani kiritib, qoidalar bilan tanishib, ularga rozi bo’lish kerak bo’ladi. Keyin esa electron pochtaga kirib, qayd qilishni tasdiqlash qoladi holos. Birjada verifilatsya qilinish uchun “Get Verified” vkladkasiga o’tish talab etiladi. Unda verifikatsiyaning beshta darajasi mavjud. Kredit vositalarga savdo qilish xuddi Forexga o’xshash xolda amalga oshiriladi. Birjaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 48 ✓ Bu yerda marjinal savdo imkoniyati bo’lib, u orqali foydani anchagina miqdorga oshirish mumkin. ✓ Birja ko’p miqdordagi valyuta juftliklariniva ommabop kriptovalyutalarni taklif qiladi ✓ Kuchli himoya vositalari mavjud ✓ Planshet va mobil telefonlar orqali savdo qilish mumkin Birjaning kamchiliklariga esaquyidagilarni kiritish mumkin: ✓ Ingliz tilini bilmaydigan foydalanuvchilar uchun bu birjada ishlash ancha murakkab kechadi ✓ Verifikatsiya jarayonini o’tmasdan turib savdoga kirishish mumkin emas ✓ Komissiya miqdori boshqa birjalarga qaraganda biroz kattaroq ✓ Depozitni rubl bilan to’ldirish mumkin emas ✓ Yandex-mani va Webmani bilan ishlab bo’lmaydi Endi bitkoin va altkoinlar bilan ishlaydigan bir qancha valyuta almashtirish servislari bilan tanishib chiqishga va ularning afzalliklari hamda kamchiliklari bilan tanishishga harakat qilamiz. Bizlar uchun ishlash oson bo’lishini hisobga olib, rubl zonasida ishlaydigan mul’tivalyuta almashtirish punktlariga ko’proq ahamiyat beramiz. Albatta, katta halqaro servislar ham nazardan chetda qolmaydi. XCHANGE.CASHhalqaro valyutalar almashinuv servisida barcha actual kurslar va zahiralar saytda ko’rsatilib turiladi. Unda yordam va maslahatlar berish uchun on-line chat ham bor. Registratsiya esa oddiy va avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin. Ish vaqti dam olish kunlarisiz yiliga 364 kun, almashinuvning minimal miqdori 5$, ikki bosqichli referral to’lovlar amalga oshirilgan. Kriptovalyutalardan BTC, LTC, ETH, DASH, DOGE, ZEC bilan ish olib borilsa, fiat valyutalardan RUR, USD, Payeer, Perfectmoney, Bitcoin, Qiwi, Яндексденьги, AdvCash, Exmo, Livecoin hamda Rossiya banklari bilan ishlash mumkin. Interfeysning tili inglizcha va ruscha bo’lishi ko’zda tutilgan. Forum esa Bits.media da bo’lib, e-mailxchange.cc@gmail.com. Kompaniya bo’yicha ma’lumotlar:XCHANGE.INC, Pochta manzili: Suite 401-66 The Century Tower Bldg,4th floor Ricardo J. Alfaro Ave, Panama City, Rep. of Panama, Тelefon: +507 279-3266, Факс: +507 279-3250 X-PAY.CCxalqaro valyutalar on-line servisi bo’lib, sutka davomida va dam olish kunlarisiz ishlaydi. Unda chegirmalar, bonuslar va mukofotlar tizimi mavjud bo’lib, BTC kriptovalyutalari va fiat valyutalar bilan ishlash mumkin. Komissiyasi almashtiruv kursi tarkibiga qo’shiladi. Interfeysi ruscha va kontakt telefonlari support@x-pay.cc. BANKCOMAT.COM–valyutalr almashinuvi bo’yicha ishonchli servis bo’lib, barcha ommabop yo’nalishlar bo’yicha sifatli va teskor almashinuvni ta’minlab beradi. Barcha valyuta almashinuv operatsiyalari anonym ravishda amalga 49 oshadi. Sutka davomidagi foydali, loyal va competent texnik hizmat ko’rsatuv amalga oshirilgan. PM, Okpay va ADVcash to’lov tizimlarining rasmiy hamkori bo’lib, BTC, LTC, ETH kriptovalyutalar va fiat valyutalar bilan ishlay oladi. Komissiyasi almashinuv kursi tarkibiga qo’shilgan. Interfeys tili esa rus tilida. Kontaktlar E-mail: support.client@bankcomat.com 24PAYBANK.COM – electron va kriptovalyutalarning almashinuv servisi bo’lib, dam olish kunlarisiz va sutka davomida ishlaydi. Interfeysi ruscha bo’lib, saytning mobil versiyasi juda qulay tashkil qilingan. Hisob raqamlari va hamyonlar to’liq identifikatsiya qilingan. Valyuta almashinishining minimal kattaligi 3$ bo’lib, BTC kriptovalyutasi va fiat valyutalar bilan ishlay oladi. Komissiyasi almashinuv kursiga qo’shilgan va kontakti: E- Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling