Olimpiada 2016 Test doc
Download 385.91 Kb.
|
Olimpiada 2021 Test(1) 37700
Fizika olimpiada uchun test 11-siflar uchun 1-varyant 1. Massasi 0,5 kg bo‘lgan zarra radiusilm bo‘lgan aylana bo‘ylab qonuniyat bo‘yicha harakatlanmoqda. t=4 s . va qt momentidagi zarrachaning impuls momentini ( ) toping. А) 26. В) 24. С) 22. D) 20. 2. Balandligi 0,8 m bo‘lgan qiya tekislikdan ishqalanishsiz va sirpanishsiz dumalab tushayotgan silindr va shaming chiziqli tezliklari nisbatini toping. Jismlarning boshlang‘ich tezlikalri nolga teng. A) 1,12. B) 0,85. C) 0,76. D) 0,97. 3. Qaqnday h balandlikda (km) atmosfera bosimi, Yer sirtidan 3 marta kichik bo‘ladi? Havoning harorati 290 К va u baladlik bilan ogarmaydi deb hisoblansin. Havoning molyar massasi 29 g/mol. A) 5,88. B) 9,32. C) 6,38. D) 8,32. 4. р=90 kPa bosim va Т=297 К temperaturadagi gaz aralashmasining zichligi p nimaga teng? Gazlarning molyar massalari 14 g/mol va 12 g/mol, massalari esa bir xil. A) 0,32. B) 0,25. C) 0,47. D) 0,56. 5 . Yer sirtidan H=2 m balandlikda joylashgan rezina ichakning uchligidan ko‘ndalang kesimining yuzasi S1=4 cm2 bo‘lgan suv gorizontal yo‘nalishda oqib chiqadi va l=8 m masofada yerga tushadi (rasm). Agar rezina ichak ko‘ndalang kesimining yuzasi S2=50 cm2 bo‘lsa, suv harakatiga havo qarshiligini inobatga olmay, suvning rezina ichakkaqo‘shimcha bosimi p (kPa) topilsin. A) 77,9. B) 68,2. C) 85,4. D) 93,3. 6. Ikkita =17,7 nC/m2 va =8,85 nC/m2 sirt zichlikli chеksiz parallеl tеkisliklar tashqarisidagi Elеktr maydon kuchlanganligi vеktori moduli (V/m) nimaga tеng? A) 500. B) 1000. C) 1500. D) 2000. 7. Quyidagi kattaliklarning qaysi birlari: 1) magnit maydon induksiyasi; 2) magnit maydon kuchlanganligi; 3) o‘tkazgichning elektr sig‘imi; 4) konturning induktivligi: a) Vs/A; b) As/v birliklarda o‘lchanadi? A) al, b2. В) a4, bЗ. С) аЗ, b2. D) а2, b1. 8. Chiziqli zichligi τ1=8,85 µC/m bo‘lgan cheksiz uzun ip chiziqli zichliqi τ2=6,28 uC/m bo‘lgan va ipga perpendikulyar bo‘lgan ingichka sterjenga qanday kuch (N) bilan ta'sir etadi? Sterjenning ipga yaqin uchi undan sterjenning uzunligiga teng masofada yotibdi. A) ln4. B) 2ln4. C) ln3. D) ln2. 9. Burchak tezligi 20 s-1, uzunligi ℓ=50 cm bo‘lgan sterjenning o‘rtasidan o‘tuvchi va uzunligiga perpendikulyar bo‘lgan o‘q atrofida aylanishi natijasida hosil bo‘luvchi magnit momenti (nA‧m2) topilsin. Sterjenning zaryadi 0,48 nC. A) 100. B) 120.C) 140. D) 160. 10. 3N va4N kuchlar bir nuqtaga qo’yilgan Kuchlar yo’nalishi orasidagi burchak 90o bo’lsa ,kuchlarning teng ta’sir etuvchisining moduli nimaga teng? A.1N B.5N C7N D3N 11. Rasmda ko‘rsatilgandek egilgan cheksiz uzun o‘tkazgichdan 12,56 A tok oqmoqda. Agar R=22,84 cm bo‘lsa, 0 nuqtadagi magnit maydon kuchlanganligi (A/m) aniqlansin. А) 60. В) 25. С) 40. D) 50. 12. Massasi 2 mg va zaryadi 4 µС bo‘lgan zarracha induksiyasi 3,14 T bo‘lgan magnit maydonda aylana bo‘ylab harakat qila boshladi. Ekvivalent tok kuchi (µA) topilsin. А) 2. В) 3. С) 4. D) 5. 13. Yassi qavariq linza qavariq tomoni bilan shisha plastinka ustida yotibdi. Qaytgan yorug‘likda (λ=0,55 um) uchinchi yorug‘ Nyuton halqasi ko‘ringan joydagi havo qatlamining qalinligi h (urn) aniqlansin. A) 0,42. В) 0,78. С) 0,84. D) 0,69. 14. Elementar zarrachaning xususiy yashash vaqti ∆to=10 ns. Agar uning laboratoriya koordinatalar sistemasidagi yashash vaqti ∆t=25 ns bo‘lsa, zarracha laboratoriya koordinatalar sistemasida qanday S yo‘l (m) o‘tadi? А) 6,87. В) 5,46 С) 7,65. D) 8,46. 15. Zaryadlangan zarracha 3 kV tezlashtiruvchi potensiallar farqini o‘tib, induksiyasi В=0,5 T bo‘lgan bir jinsli magnit maydonga uchib kirdi va aylana bo‘ylab harakat qila boshladi. Aylanma tokning magnit momenti 4,8‧10-15 A‧m2. Zarrachaning zaryadi nechta elementar zarzyadga tengligi topilsin. А) 6. В) 5. С) 8. D) 7. 16. Diametri 50 cm bo‘lgan maxovikning gardishiga ip o‘ralgan. Ipning uchiga malum massali yuk bog‘langan. Maxovikning inersiya momenti 0,6 kg-m2. Yukning og‘irlik kuchi ta'sirida maxovik tekisaylanib, 6 s da 15 rad/s burchak tezlikka ega bo‘ldi. Yukning massasini (kg) aniqlang. 17. Ko‘ndalang kesimining yuzasi S1=25 cm2 bo‘lgan gorizontal ravishda joylashgan quvurdan suyuqlik oqmoqda. Quvurning bir joyida kesimining yuzasi S2=15 cm2 bo‘lgan torayish bor. Quvurning keng vat or qismlaridagi manometrik naychalardagi satxlar farqi AA=10 cm. Suyuqlikning hajmiy sarfi Qv (l/s) aniqlansin.___________________________________________________________ 18. Z=l,57 mH induktivlikka ega bo‘lgan bir qatlamli g‘altak hosil qilish uchun diametri D=5 cm bo‘lgan karton silindrga izolyatsiyasining qalinligi juda kichik bo‘lgan J=0,628 mm diametrli simdan nechta o‘ram o‘rash kerak? O‘ramlar bir-biriga qattiq jipslashib turadi.____________________________________________________________________________________________ 19. Davri l=5 urn bo‘lgan difraksion panjaraga a=30° burchak ostida to‘lqin uzunligi λ=600 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik tushadi. Ikkinchi bosh maksimumga mos keluvchi difraksiya burchagi ȹ aniqlansin.____________________________________________ Download 385.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling