YOZMA ISHNI YOZISH TAMOYILLARI VA MEZONLARI
Tarix fani olimpiadasining baholash mezonlari
Yozma ish topshiriqlarini tayyorlovchi tarixchi mutaxassislar nimalarga
e’tibor berishi kerak? Hozirgi kunda ishtirokchi o‗quvchilarga qo‗yilayotgan talab
yoqori va uni to‗laqonli bajarish uchun tarixiy asarlar va manbalarda saqlangan
ma‘lumotlar kamlik qiladi. Shu nuqtai nazardan, ishtirokchining iqtidori bilan bir
qatorda uning yosh xususiyati ham e‘tiborga olinmog‗i lozim. 15-18 yoshdagi
o‗quvchi (iqtidorli o‗quvchi) darslikdan tashqari qo‗shimcha adabiyotlardan
foydalanishi joizligi to‗g‗ri, lekin unga tarixchi olimga qo‗yilagan talabni qo‗yib
bo‗lmaydi.
Shu nuqtai nazardan, quyida keltirilgan olimpiadaning baholash mezonlari
topshiriq tayyorlovchi uchun dastur bo‗lib xizmat qilishi kerak. Chunki, O‗zbekiston
hududida bunyod etilgan ayrim me‘moriy inshootlarning tarixini talab etilgan 15 ta
mezon asosida yoritish mumkin emas (ayrimlarining qurilgan yili, qurdirgan shaxsi,
qurilgan davri ma‘lum emas yoki ayrimlari hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan,
bundan tashqari, ―Me‘moriy obidaga O‗zbekiston hukumati yoki xalqaro tashkilotlar
tomonidan qaratilayotgan e‘tiborni yoritish‖ talabi barcha inshootga ham to‗g‗ri
kelavermaydi. Chunki O‗zbekiston tarixidagi ayrim inshootlar mamlakatimiz
hududida joylashmagan. Masalan, To‗rabekxonim, Ahmad Yassaviy maqbaralari va
h.k.). Qolgan ikkita topshiriq (davlat tarixi va Prezident asari) ham shu asosda tuzilishi
maqsadga muvofiq deb o‗ylaymiz.
Yozma ish uchta savoldan iborat bo‗ladi va maksimal 50 ball bilan baholanadi.
1-savol: O‗zbekistonning tarixiy-me‘moriy obidalari haqida beriladi.
Masalan: Bibixonim masjidi.
Ushbu topshiriq bo‘yicha ishtirokchining javobi quyidagi tartib asosida
baholanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |