Olimpiada topshiriqlari (I bosqichi) O‘zbek tili 11 1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi
Download 18.73 Kb.
|
Olimpiada testlari 2023 11-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- -qism: Har bir topshiriq 1,7 balldan baholanadi.
- 3-qism: Har bir topshiriq 2,4 balldan baholanadi
Olimpiada topshiriqlari (I bosqichi) O‘ZBEK TILI 11 1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi 1.O`zbekiston qancha davlat elchixona va vakolatxonasini ochgan? A. 44 B.33 C.30 D.45 2.O`zbek tilida hokim so`z qayerda keladi? A.tobe so`zdan oldin B.tobe so`zdan keyin C. hokim so`z so`z birikmasi tarkibida kelmaydi D.qayerda kelishining farqi yo`q 3.Moslashuv usuli bilan hosil bo`lgan so`z birikmalarini toping? A.vatanni sevmoq,mustaqil davlat B.mening vatanim,maktab bog`i C.kuchli davlat ,uydan chiqmoq D.ota-onalar majlisi,tilla zanjir 4.Boshqaruvli birikmani toping? A.mening kitobim,aqlli bola B.bog` atrofiga ekmoq,uyda o`tirmoq C.maktabdan kelmoq,maktab hovlisi D.shiddatli to`lqin,katta ariq 5.Quyidagi berilgan so`z birikmalaridan qaysi biri bitishuv usuli bilan hosil bo`lgan? A. o’sha ko`cha, kitobni o`qimoq B.shahar aholisi,daraxtni o`tqazmoq C.vatanni sevmoq,mustaqil davlat D. aqlli qariya,oqqan daryo 6.Ruboiy necha misradan iborat? A.2 B.4 C.3 D.6 7.O’zbekiston necha mamlakat bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan? A.130 B.132 C.133 D.135 8. Ruboiy so’zi qanday ma’noni anglatadi? A. ikki qator she’r B. to’rtlik C.zavq bilan kuylamoq D.hikmatlar zanjiri 9.Alisher Navoiy necha yoshida she’r yoza boshlagan? A.3-4 B.7-8 C.10-12 D.5-6 10.Javob talab qilmaydigan so’roq gaplar qanday ataladi? A.Darak gap B.buyruq gap C.istak gap D.ritorik so’roq gap 2-qism: Har bir topshiriq 1,7 balldan baholanadi. 11.Alisher Navoiyning “Chor devon” asari necha misradan iborat? A. 51230 B. 45000 C. 46000 D. 47000 12.Olim bo’lsang, …… davom ettiring A. butun olam seniki B. olim bo’lsan C.olam seniki D. jahon seniki 13. «Devonu lug‘otit turk» asarida turkiy xalqlarning o‘sha davrdagi lug‘ati jamlangan.Bu buyuk asar muallifi kim? A.Yusuf Xos Hojib B.M.Qoshg’ariy C.A. Navoiy D.Z.M.Bobur 14. Go’zalliging yurtim, kamoling, Daryolaring, irmoqlaringmi? Yoki parloq ,yorug’ jamoling, Yulduzlaring, chiroqlaringmi -she’rning nomi va muallifini toping? A. “Kashmir qo‘shig‘i” Sh.Rashidov B.Mamarasul Boboyev “ O’zbekiston” C..Z.Diyor “Vatan D.Zavqiy” Hindiston” 15. “Chor devon” , “Xamsa” dostonlari muallifi kim? A. Navoiy B. Bobur C. Oydin Hojiyeva D. Sh Rasulova 16.Rasmiy ish uslubiga mos emas so’z qaysi?. A. Ariza B. Tabriknoma C. Tushuntirish xati D. roman 17. “Ikki do’st haqida hikoyat” qaysi dostondan olingan? A. “Majnuntol” H.Xudoyberdiyev B.Z.M.Bobur “ Olam” C. Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” D.Zavqiy” Hindiston” 18.S. Hakim “Davr farzandi” she’rini kimga atab yozgan? A. Zulfiya B. H.Xudoyberdiyeva c. Oydin Hojiyeva D. Sh.Rashidov 19. Umumlashtiruvchi so’zlar qanday so’zlar bilan ifodalanadi? A. jamlovchi olmoshlar B. jamlovchi sonlar C. jamlovchi olmoshlar va sonlar D. to’g’ri javob yo’q 20. 10-sinf o`zbek tili darsligi mualliflari kim? A. X.Muxitdinova,Y.Avlakulov B. X.Muxitdinova,G.Muhamedjanova,F.Talipova,R.Eshbayeva C. F.Talipova,D.Nuriddinova D. Y.Avlakulov,X.Muxitdinova,R.Eshbayeva 3-qism: Har bir topshiriq 2,4 balldan baholanadi 21.Davom ettiring Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda …. 22. “Boburnoma” asari muallifi kim? 23.”Tojmahal” maqbaralarini kim bunyod etgan? 24. Qora kuchlar gulistondan quvilsin, Gullar bargi shabnam bilan yuvilsin. Qaysi she’rdan olingan parcha? 25. Darslikdagi “O’zbekiston” she’rini kim yozgan? 26.Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,…. davom ettiring. 27. “durroj” so’zining tarjimasini yozing 28. “Xamsa”ning ikkinchi dostonining nomini yozing 29. “Muhokamat-ul lug’atayn” asari muallifi kim? 30. “Xamsa” ning birinchi dostoni qanday ataladi? Download 18.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling