Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi) O‘zbek tili 11 Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti
Download 34,24 Kb. Pdf ko'rish
|
11-sinf O‘zbek tili test
Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi) O‘ZBEK TILI 11 Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti 1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi 1. O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga qo‘shilganda, qanday fonetik hodisa ro‘y beradi? A. Tovush ortishi B. Tovush almashishi C. Tovush tushishi D. Tovush o‘zgarishi 2. Boshqa harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo‘lgan harakatni ifodalashda qanday qo‘shimcha qo‘llaniladi? A. –ma bo‘lishsizlik shakli qo‘shimchasi B. –sa shart mayli qo‘shimchasi C. –ay buyruq-istak mayli qo‘shimchasi D. hech qanday qo‘shimcha qo‘yilmaydi. 3. Faqat, ham, -gina(-kina, -qina) yuklamalari qanday ma’nolarni bildiradi? A. Kuchaytirish, ta’kidlash, taajjub B. So‘roq, taajjub, kuchaytirish C. Ta’kidlash, ayirish, chegaralash D. Ayirish, ajratib ko‘rsatish, chegaralash 4. 1.chunki 2.agar 3.-ki(-kim) 4.agarda 5.zero 6.ya’ni 7.shuning uchun 8.garchi Shart ma’nosini iifodalaydigan ergashtiruvchi bog‘lovchilar berilgan qatorda toping. A. 2,4,8 B. 1,3,5 C. 2,4,6 D. 2,4,5 5. Berilgan hukmlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A. Agar to‘ldiruvchi tushum kelishigi qo‘shimchasi –ni bilan ifodalansa, vositali to‘ldiruvchi deyiladi. B. Gapning biror bo‘lagini (ko‘pincha kesimni) to‘ldirib kelgan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi. C. Agar to‘ldiruvchi tushum kelishigi qo‘shimchasi –ni bilan ifodalansa, vositasiz to‘ldiruvchi deyiladi D. Vositali to‘ldiruvchi uchun, orqali, to‘g‘risida kabi ko‘makchilar bilan birga kelgan so‘zlar orqali ham ifodalanadi. 6. 7-sinfda o‘qib yurganida “Mushtum” jurnalida birinchi she’ri bosilgan, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni va “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan ijodkor kim? A. Abdulla Oripov B. Said Ahmad C. Ozod Sharaffidinov D. Erkin Vohidov 7. Abdulhamid Cho‘lponning “Yorqinoy”, “Mushtumzo‘r”, “O‘rtoq Qarshiboyev” kabi asarlarining janrini toping. A. Roman B. Hikoya C. Pyesa D. She’r Download 34,24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling