Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar
Download 15.05 Kb.
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitalarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha koʻrib chiqildi. Qoʻshma yigʻilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Jahongir Shirinov maʼruza qilib, yangilanayotgan Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonlari xususida maʼlumot berdi: – Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz loyihasini ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etdi. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgan boʻlsa, ularning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy oldi, desak toʻgʻri boʻladi. Jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda. Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga koʻpaymoqda. Yaʼni, amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda. Shu bois, kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning siyosiy-huquqiy ahamiyati, koʻlami va hajmidan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi nomi «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida» deb oʻzgartirildi. Aholidan kelib tushgan takliflarning qariyb 20 foizi, yaʼni 18 mingtasi aynan parlamentni isloh qilish bilan bogʻliqdir. Shundan kelib chiqib, xalq hokimiyatchiligini kuchaytirish, xalq vakillik organi boʻlmish parlamentning rolini va oʻrnini, masʼuliyatini oshirish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, umuman mamlakatimizda parlamentarizm, xalq hokimiyatchiligini yanada kuchaytirishga qaratilgan bir qator normalar loyihaga kiritilgan. Parlament faoliyati bilan bogʻliq konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari ham qayta koʻrib chiqildi. Bunda Qonunchilik palatasi bilan Senatning birgalikdagi vakolatlari hamda har bir palataning alohida-alohida vakolatlari va masʼuliyat sohalari aniq belgilab berilmoqda. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 tadan 12 taga, Senatniki esa 14 tadan 18 taga koʻpaytirilmoqda, – dedi J.Shirinov. Yigʻilishda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining matni kuni kecha Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Oliy sud rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida ham atroflicha muhokama etilib, qoʻllab-quvvatlangani alohida taʼkidlandi. Qayd etilganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan normalar barcha sohalarni taraqqiy ettirishga, shu jumladan, davlat hokimiyatining yanada samarali tashkil qilinishiga yordam beradi. Yigʻilishda soʻz olgan deputatlar, Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari yangilanayotgan Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati haqida toʻxtalib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻlaqonli taʼminlanishiga xizmat qilishini alohida eʼtirof etdi. Qizgʻin fikr-mulohaza va takliflarga boy tarzda oʻtgan yigʻilish yakunida «Oʻzbekiston Respublikasi referendumi toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq masʼul qoʻmitalarning xulosasi qabul qilindi. Download 15.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling