O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslar bo’yicha samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. - “elektron ishtirok” indeksi bo'yicha respublikamiz o'zining ko'rsatkichini 0,80 punktgacha oshirib, umumiy reytingdagi o'rnini 13 pog'onaga ko'tardi va 46-o'rinni egallab, elektron ishtirok indeksining juda yuqori rivojlanish darajasiga ega mamlakatlar ro'yxatiga kirdi. Vaholanki, 2018 yilda ushbu indeks bo'yicha mamlakatimiz 59-o'rinda edi.
- Bundan tashqari, O'zbekistonga ochiq ma'lumotlar bo'yicha eng yuqori ball berildi. Albatta, “elektron hukumatni rivojlantirish” reytingidagi o'rnimiz pasayishiga ayrim omillar ta'sir qildi. eng avvalo, ta'kidlash joizki, 2018 yildan joriy yilning aprel` oyiga qadar respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va “elektron hukumat” tizimini joriy etishda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud bo'lmagan.
- SHuningdek, milliy elektron xizmatlar portali hamda ta'lim, mehnat, ijtimoiy xizmatlar, sog'liqni saqlash, moliya va atrof-muhit sohalaridagi tegishli vazirlik va idoralarning veb-saytlari ham talabga to'liq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Ushbu saytlar reytingning “elektron xizmatlar” komponentida 148 ta jihat bo'yicha baholab boriladi. Milliy onlayn xizmatlar portali va rasmiy veb-saytlarning mobil` qurilmalardan foydalanish uchun moslashgan shakllari etarli darajada joriy etilmagan.
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingi jahon mamlakatlarida axborot jamiyati qanchalik taraqqiy etayotganini belgilab beruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi.
- BMTning elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index)da mamlakatlarning mavqei ularning umumiy indeksi asosida belgilanadi. Bu indeks uch omildan shakllantiriladi:
- davlat hokimiyati organlarining veb-hozirligi (onlayn xizmatlar);
- telekommunikatsiyalar infratuzilmasi;
- inson kapitali.
- O‘zbekiston Jahon bankining LPI indeksi — logistika samaradorligi bo‘yicha reytingida 117-o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon banki rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotda qayd qilingan.
- LPI indeksi mahsulotlarni yetkazib berish osonligi va milliy hamda xalqaro darajadagi savdo logistikasining holatini aks ettiradi. U 6 omilga asosan tuzib chiqiladi: bojxona samaradorligi, infratuzilma sifati, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishning soddaligi, logistika qamrovi, yuklarni kuzatish va yetkazib berish muddatiga rioya etish shular jumlasidan.
- Reytingdan jami 168 ta mamlakat joy olgan bo‘lib, eng yuqori o‘rinlarini Germaniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Belgiya, Singapur, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstriya, Gonkong va AQSH mamlakatlari egalladi.
- O‘zbekiston 117-o‘rinda Armaniston (116) va Zambiya (118)ning o‘rtasida joylashgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonga tegishli bo‘ldi — 77-o‘rin. Eng yomoni esa — Tojikistonda (147).
Do'stlaringiz bilan baham: |