Oliy Majlis Senati
Download 0.73 Mb.
|
O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sеnat va uning organlari majlislarini otkazish tartibi
SENAT FAOLIYATISenat faoliyatining tashkiliy shakli uning majlisidir. Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o'tkaziladi.Senat va Qonunchilik palatasining qo'shma majlislari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining muhim masalalari yuzasidan nutq so'zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so'zlaganda o'tkaziladi. Palatalarning kelishuviga muvofiq qo'shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o'tkazilishi mumkin.Senat Raisi Senat tarkib topganidan keyingi birinchi majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Senat a'zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.Senat Raisi Senat tarkib topganidan keyingi birinchi majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Senat a'zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.Senat raisi E. Sobirov Senat Raisining o'rinbosarlari Senat a'zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi. Senat Raisining o'rinbosarligiga nomzodlar ko'rsatish va saylash tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.Senat Raisining o'rinbosarlari Senat a'zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi. Senat Raisining o'rinbosarligiga nomzodlar ko'rsatish va saylash tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.Sеnat va uning organlari majlislarini o'tkazish tartibiSеnat faoliyatining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab, lеkin yiliga kamida uch marta o'tkaziladigan majlislaridir. Sеnat majlislari, agar ularning ishida sеnatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo'lsa, vakolatli hisoblanadi. O'zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni ma'qullash, ularga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqishda sеnatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo'lishi shart.Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling