Oliy nerv faoliyati tiplari Reja


Miyaning qon bilan ta`minlanishining oliy nerv faoliyatiga ta`siri


Download 0.58 Mb.
bet2/2
Sana12.03.2020
Hajmi0.58 Mb.
1   2

Miyaning qon bilan ta`minlanishining oliy nerv faoliyatiga ta`siri
Bosh miya qon bilan yaxshi ta`minlangan bo`lib, miya tomirlaridan qon oqishini sal o`zgarishi ham oliy nerv faoliyatiga kuchli ta`sir ko`rsatadi. Miya tomirlaridan qon oqimi 6-8 minutga to`xtab qolsa itlarda shartli reflekslar yo`qoladi, po`stloq hujayralarida tormozlanish hosil bo`ladi.

3-4 daqiqalik klinik o`limdan keyin qon quyilib it tiriltarilsa, bir oz vaqt o`tgach oliy nerv faoliyati asli holiga keladi. 2-3 kundan keyin yo`qolgan shartli reflekslar qayta shaklanadi.

5-7 daqiqali klinik o`limdai keyin tirilgan odamlarda ham xotiraning pasayishi, nutqning buzilishi, aqlning zaiflashishi kuzatiladi.

Demak miyaning qon bilan ta`minlanishi davomli buzilganda oliy nerv faoliyatida asli xoliga kelmaydigan o`zgarishlar yuzaga keladi.
Gormonlarining oliy nerv faoliyatiga ta`siri
Organizmning moddalar almashinuvi va turli faoliyatlarni idora etishda ishtirok etadigan ichki sekretsiya bezlari sistemasi miya po`stlog`i hujayralarining mo``tadil xolatini ta`minlashda muhim rol o`ynaydi. Ichki sekretsiya bezlaridan ishlab chiqilgan gormonlar nerv sistemaning qo`zg`olish, tormozlanish, shartli reflekelarni xususiyatlariga ijobiy yoki salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Qalqonsimon bez faoliyati kuchayishi natijasida rivojlanadigan bazedov kasalligida shartli reflekslarning hosil bo`lishi tezlashadi, ularning kuchi ortadi. Ammo ular turg`un bo`lmaydi. Qarama-qarshi holat-meksedema kasallgida po`stloq hujayralari zaif, qo`zgoluvchanligi sust, shartli reflekslar yuzaga kelishi qiyin bo`ladi. Tajribada qalqonsimon bez gormonnini oz miqdorda hayvonlarga yuborilganida shartli reflekslar zurayadi, qo`zg`olish, tormozlanish jarayonlarining kontsentratsiyasi ko`zatiladi. Gormon ko`p mikdorda qo`llanilsa, hayvonlarda shartli reflekslar kuchsizlanib tormozlanish rivojlanadi.

Buyrak usti bezlari gormonlari adrenalin va kortizon miya po`stlog`ida qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi. Hayvon organizmiga oz miqdorda bir martaba kortizon kiritilganda, shartli reflekslar kuchayadi, farqlanishlar aniqroq bo`ladi. Buyrak usti bezlarining po`stloq qismi olib tashlanganda itlar oliy ierv faoliyatida chuqur va davomiy o`zgarishlar paydo bo`ladi: ichki tormozlanish juda kuchsizlanib ketadi, shartli reflekslar yo`qola boshlaydi.

Ko`ppaklarni axta qilish ham qo`zg`olish ham tormozlanish jarayonlarini susaytiradi, po`stloq hujayralari ish qobilyatini keskin kamaytirib yuboradi.
Tashqi muhit omillarining oliy nerv faoliyatiga ta`siri
Tashqi muhit omillari - havo harorati, bosimi, yorug`lik va qorong`ilik hamda boshqalar oliy nerv faoliyatiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Havo haroratining yuqori bo`lishi po`stloqda qo`zg`olish jarayonini juda susaytiradi, uni ayniqsa tormizlanish jarayoni harkatchanligini buzadi. Bu ma`lumotlar odamlarda o`tkazilgan kuzatishlarda va 20-45 daqiqa davomida 40-45 °S darajada issiq xolida saqlangan itlarda o`tkazilgan tajribalarda olingan. Bunday tajribalarda shartli reflekslarning kuchli kamaygan fodiffertsirovka noaniq bo`lgan. Agar harorat juda issiq bo`lmasa uning ta`siri tana harakatini idora qiladigan mexanizmlarini shikastlamasa, issiq - haroratning qayta-qayta ta`siriga moslashuv (adaptatsiya) rivojlanadi.
Moslanish (adaptatsiya) asoslari
Tirik organizmlar faqat ular uchun tabiiy bo`lgan muhitda yashash mumkin. Ammo tashqi muhit o`zgarib turadi. Shuning uchun, organizmlar unga moslanishi shart. Aks holda organzm xalok bo`ladi. Adaptatsiya organizmning faoliyati va xatti-harakatlarida moslanishga qaratilgan o`zgarishlar paydo bo`lishi bilan namoyon bo`ladi.

Molekulyar hujayra, a`zolar va sistemalar darajasida yuzaga chiqadigan o`zgarishlar adaptatsiyaning asosini tashkil qiladi. Bu o`zgarishlar natijasida organizning harkat, havo namligi, atmosfera bosimi va boshqa ko`rsatkichlarning qat`iyatsizliklariga bo`lgan chidamliligi ortadi.

Adaptatsiya natijasida odam va hayvon ornganizmi tashqi muhitning sezilarli va keskin o`zgarishlariga o`z faoliyatini hamda xatti-harkatlarini moslashtiradi. Organizmning moslanishi jarayoni yaxshi rivojlangan bo`lsa, undagi o`zgarishlar ba`zan muhit o`zgarishdan oldin yuzaga chiqadi.

Organizmning umumiy moslanishi ichki muhit barqarorligini saqlashga qaritilgan. O`zi moslasha olmagan sharoitga tushgan organizm zudlik bilan gomeostazni saqlovchi mexanizmlarni ishga soladi. Birinchi navbatda yuqori reaktivlikka ega tizimlar (nafas, qon aylanish) faollashadi. Ayni vaqtda buyrak usti bezlaridan glyukortikoid gormonlar tezda ajrala boshlaydi. Ana shu davrda o`zgarishlar organizmning iztrobga (stressga) qarshi javobiga o`xshaydi.

Agar moslashish zarur bo`lgan sharoit o`zgarishlari juda kuchli bo`lmasa, organizm unga asta-sekin moslasha boshlaydi. endi fiziologik faoliyatlarning boshqarilishi yangi darajaga o`tadi. Bu kerak bo`lgan qo`shimcha ta`sirotlarga tartibli, qonuniy ravishda javob berishdir.

Moslagnish rivojlaigan davrda stressga xos o`zgarishlar kuzatilmaydi. Salbiy ta`sirlovchilar kuchli bo`lib, uzoq davom etganda, gomeostaz ko`rsatkichlari me`yoridan chiqib ketadi, natijada xastalik rivojlanishi mumkin. Moslanishda ba`zi hayvon uyqiga ketadi.

Adaptatsiyaning rivojlanishida simpato-adrenal va gipo-talamo -gipofizlar sistemalaridan tashqari, markaziy nerv sistemasining roli katta.

Organizm moslanish zarur bo`lgan sharoit va omillar xilma-xil. Ammo qaysi sabab moslanish mexanizmlarini ishga solmasin, u organizmning energiya manbalarini engiya bilan ta`minlashga safarbar etadi, plastik jamg`armalarni fermet faollikka ega bo`lgan oqsillar va tuzilma oqsillari sinteziga safarlashni tezlashtiradi, organizmni o`z-o`zini himoya qilish imkoniyatlarini oshiradi. Umumli moslanishning juda muhim jihati shuki, u hujayralarning genetik apparatini faollashtirib, davomli moslanishni yuzaga keltiradi.

Markaziy Osiyo xududida yuqori harortga moslanishning ahamiyati katta. yuqori harorat organizmga muntazam ravishda ta`sir qila boshlaganda shoshilinch ravishda ishga solinadigan reaktsiyalar sodir bo`ladi. '

Yurak tomir, nafas va boshqa sistemalar faoliyati o`zgaradi, ular gomeostazni saqlab qolishga qaratiladi. Organizmdagi turli xil mexanizmlar organizmdan issiqlikning chiqib ketishini jaddallashtirishga, issiqlik hosil bo`lishini kamaytiriipa qaratilgan.

Havo harorati teri haroratidan yuqori bo`lsa, fizikaviy haroratni boshqarishning uchta mexanizmi- nurlanish, o`tkazish va konvektsiya yo`li bilan issiqlikni yo`qotish tuxtaydi. Bu sharoitda terlash va terni bug`latish tufayli issiqlikni yo`qotish mumkin. Shu sababli issiq harorat ta`sirida ajraladigan ter mikdori 3-4 marta ko`payadi va soatiga 3-4 l ga yetadi. Ter miqdoridagi elektrolitlar miqdori kamayadi. Odam ko`p suv ichadi.

Yuqori haroratda odamni kam harakatlanishi, skelet muskullarining tonusani pasaytirish, asosiy almashuvni kamaytirishning tavsiya etiladn.

Alkogolning miyaga ta`siri
Alkogolning markaziy nerv sitemasiga ta`siri natijasida eng avvalo odamning ruxiy xolati o`zgaradi, nerv ho`jayraning funktsiyasi buziladi va parchalanadi.

Alkogol organizmning barcha hujayralariga va eng avvalo bosh miyaning hujayralariga zaharli (toksik) ta`sir etadi. Hozirgi vaqtda juda ko`p yangi eksperimental ma`lumotlar borki, ular ruxiy xolatining va alkogol ta`sirida uning o`zgarishining fiziologik mexanizmini ko`p jihatdan oydinlashtirib boradi.

To`qimalarda to`xtovsiz ravishda juda oz mikdorda etanol ajralib turishiga qaramay, markaziy nerv sistemasi funktsiyasining boshqarilishi fiziologik mexanizimning zanjirida zarur zveno hisoblanadi, lekin organizmga ko`p kirganda keng ta`sir kuchiga ega bo`lgan zaharga aylanadi.

Ichilgan alkogolning 30 foizidan ko`progi miyaning nerv hujayralarida qoladi. Shuni aytish kerakki, etanolning eng ko`p qismi limbik sistemasiga, miyachaga, katta yarimsharlar po`slog`ining ko`rish zonasiga kelar ekan. Xatto kam ichkilik ichilganda ham miyaning har xil qismlari turlicha zararlanar ekan.

Alkogol ta`sirini nerv hujayrasida beradigan moddalar almashinuvi jarayonida umumiy ta`siri, nerv impulslari berilishiga o`ziga xos ta`siri va nerv impulslari modulyasiga ta`siri bilan ifodalash mumkin.

Alkogol birinchi navbatda bosh miya po`stlog`ining oliy markazlari zararlanadi. Ichki tormozlanish susayadi, buning natijasida idrok etish va informatsiyani o`tkazish susayadi. Natijada odam boshqalarning gapini eshitmaydigan bo`ladi, nutqning rovonligi buziladi, o`zini boshqara olmaydi. mast odam o`ziga juda ishonadigan bo`ladi. aqli pasayadi. Unga guyoki qobilyati yaxshilanib, har qanday masalani tez va to`g`ri xal qilaoladigandek tuyuladi.

Barcha gumon, g`am-tashvish va qiyinchiliklar yuqoladi, hamma narsani yengish mumkin bo`ladi. Mast odam beparvo bo`lib qoladi. U xech qanday sababsiz, goh quvnoq, g`amgin bo`lib kolli, xatto yig`laydi harakterining shaxsiy belgilari namoyon bo`ladi.

Quvnoq odam maet bo`lsa yanada ochilib ketadi, gamgin odam yan ada tundlashadi. ta`sirchan va qupol odam yanada qo`pollashadi. Maslik boshlanishida bosh miya po`stlog`ining ostki qismlariga tomozlovchi bo`lib ta`sir etadi.

Alkogol eng avvalo jiyasiy fuktsiyani boshqaruvchi dientsefal va gipotoltamus markazlariga ta`sir etadi.

Bir marta spirtli ichimlik ichganda, etanol ayniqsa atsetaloldegid organizmda 15-20 kungacha saqlanadi. Chunki etanolning asosiy qismi adsorbtsiyalanib, miya hujayralarida ushlanib qoladi.

Nerv sistemaning funktsiyasiga alkogolning ta`sirini o`rganib quyidagi xulosaga kelish mumkin.

  • Etanol, ayniqsa uning oksidlanish maxsuloti bo`lgan atsetalaldegid markaziy nerv sistemasiga o`ziga xos ta`sir etib, kayfiyatni o`zgartiruvchi tabiy modulyator bo`lgan peptid-regulyatorlar (endofinlar va boshqalar)ning sintezlanishini oshiradi. Buning natijasida odam alkogolning dastlabki ijobiy keyinroq salbiy illyuziyasiga tushib qoladi.

  • Moddalar almashinuvi natijasida struktura va fermentativ oqsillarning funktsiyasi buziladi, membranalarning o`tkazuvchanligi ortadi, hujayralarni energiya bilan ta`minlanishi pasayadi, nerv jarayonlarining aktivligi pasayadi, butun nerv sistemaning funktsional holati yomonlashadi.

  • Alkogol ta`sirida miya turli bo`limlarining o`zaro ta`siri o`zgaradi, buning natijasida ruxiy va samatik o`zgarishlar yuz beradi.


Chekish, spirtli ichimliklar ichishning miyaga ta`siri
Kishi salomat bo`lgandagina o`z oldiga quygan barcha maqsadlarini amalga oshira olishi, yaxshi hayot kechirishi, sog`lom va baquvvat bo`lishi mumkin. Inson avvalambor o`z turmush tarzini yaxshi tashkil etishi, zararli odatlardan o`zini ehtiyot qilishi kerak Ba`zi yoshlar ana shu zararli odatlarga o`rganib qolib, o`z salomatliklariga asta-sekin putur yetkaza olmayotganliklarini bilmay qoladilar. Organizm bir butun funktsional sistema bo`lganligi uchun zararli odatlar chekish, spirtli ichimliklarni ichish, narkotik moddalar ist`emol qilish kabilarga o`rganib qolsa organizmdagi funktsional sistema izdan chiqadi, odam salomatligi yomonlashadi.

Tamaki, nos, nasha chekish, spirtli ichilliklarni ichish birinchi navbatda nerv sistema hujayralarini zaharlaydi. Buning natijasida nerv sistemaning boshqaruvchilik faoliyati izdan chiqadi. Adabiyotlarda ko`rsatilishicha bitta nerv hujayra 27500 ta nerv hujayralar bilan bog`lanib funktsiyalanar ekan.

Tamaki tarkibidagi nikotin juda zaharli bo`lib, uning nerv tuqimasining faoliyatiga ta`siri turli tajribalarda isbotlangan. Itlarning bosh miya qutisi ochilib, bosh miyaning turli bo`limlariga nikotin eritmasi tomizib qo`yilganda muskullar harakati tezligining ortganligi kuzatilgan. Ba`zi tajribalarda muskullarda tirishishi kuzatilgan. Nikotin bir necha marta ta`sir ettirilganda muskullar tortilib, tirishmaydigan bo`lib qolgan. Bu tajribadan nerv hujayralari nikotin eritmasiga moslashib qrlishi mumkin, degan xulosaga nerv sistemasida qo`zg`oluvchanlikning ortishi kuchayadi, so`ng bu xolat birmuncha susayadi. Chekuvchilar bu reaktsiyani sezadilar. Bunday xolatni chekuvchilar, nashavandlar hayotida kuzatish mumkin.

Masalan, charchagan odam tetiklashish uchun tamaki chekadi, bunda o`zini bir oz tetik sezadi, lekin tez-tez chekish tufayli battar charchab, ishchanlik qobilyati keskin susayadi.

O`smirlik yoshida nerv sistemaning barcha bo`limlari, nerv hujayralari morfologik jixatdan faol ravishda o`sadi, kattalarinikidek shakillanib boradi. Fiziologik funktsiyalar .ham murakkablashib, miya katta yarimsharlarida yangi nerv bog`lanishlari vujudga keladi. Shuning uchun, o`smirlarning nerv sistemasiga tamaki, giyoxvand moddalar, spirtli ichimliklar kuchli ta`sir etib, turli xastaliklarni keltirib chiqaradi. Chekish, giyohvandlik, spirtli ichimliklar vegitativ nerv sistemaning funktsiyalariga ham zaharli ta`sir etadi.

Nikotin vegitativ nerv sistemasining tugunlariga zaharli ta`sir etib, impulslarning o`tishini susaytirib qo`yadi. Ayrim xollarda nerv tugunlaridan (gangliylardan) impulslar butunlay o`tib qolishi mumkin. Nikotin ta`sirida nerv sistemada, bosh miya qon tomirlari dastlab bir oz kengayadi, so`ng torayadi, natijada miyaning qon bilan ta`minlanishi keskin pasayadi. Shuning uchun, tamaki chekkan, nashavand, giyoxvandlarning xotirasi susayib boradi.

Ichilgan spiritli ichimlikning 30 foizidan ko`prog`i miyaning nerv hujayralarida qoladi. Agar nerv hujayralari odam tanasi og`irligining faqat 2,5 foizini tashkil etilishi hisobga olish, bu jihatda katta me`yordagi (dozadagi) zahardir. Miya to`qimalarining o`zida ham etanol notekis tarqaladi. Tajribalarda shu narsa aniqlanganki, etanolning ko`p qismi ichki organlarning miya deb ataluvchi limbik sistemasiga, harakatlar koordinapiyasining markazi bo`lgan miyachaga, katta yarim sharlarning ko`rish qismiga to`g`ri kelar ekan.

Nerv hujayrasidagi qismlar spirtli ichimlikdan turlicha ta`sirlanishini ham aytib o`tish kerak. Sinaps tuzilmalari nerv sistemasining eng zaif qismi hisoblanadi. Bir hujayradan ikkinchisiga axborot o`tkazilganda dastlab possinaptatik membranalar zararlanadi. Chunki, etanol kationlarining membrana orqali o`tishida faol energetik mexanizmning funktsiyasi o`zgaradi, Shuning uchun, ichkilik asosida axborotning sanapslar bo`ylab berilishiga ta`sir etadi va reflekelarni tormozlaydi. Ichkilik muntazam iste`mol qilinganda reflektor faoliyatning susayish kuzatilgan. Bu ayniqsa ko`rish sistemasida namoyon bo`ladi, ya`ni ko`rish o`tkirligi kamayadi, idrok etish susayadi. Shunga ko`ra, xatto shirakayf holatda ham masalan, avtomobil haydovchisining to`satdan paydo bo`lgan xavfga javob reakpiyasi susayadi va avariyaga sabab bo`ladi.

Spirtli ichimlik oksidlanish jarayonlarining pasayishiga olib keladi. Bunda miyaning kislorod qabul qiladigan bo`limlari ko`proq zaharlanadi. Bosh miya po`stlog`i va uning dientsifal sohasi ana shunday bo`limlarning biridir.

Ichimlik miya funktsiyalariga turlicha ta`sir etadi. Birinchi navbatda ichki tormozlanish zararlanadi. Ichki tormozlanish susaygandan keyin idrok etish va axborotni o`tkazish qobiliyati ham izdan chiqadi. Natijada odam boshqalarning gapini eshitmaydigan bo`lib qoladi, nutqning ravonligi buziladi, o`zini boshqara olmaydi. Mast odam o`ziga juda ishonadigan, aqli esa sust bo`ladi. Hech qanday sababsiz, gox quvnoq, gox g`amgin bo`lib qoladi. U xatto yig`laydi ham. Mastlik boshlanishida bosh miya po`stlog`ining markaziy nerv sistemasida joylashgan po`stloq osti qismida tormozlanish ta`siri susayadi va shu tufayli odamning faolligi ortadi. Bu esa qilinmaydigan xulq-atvorda namoyon bo`ladi. eng avvalo ruxiy funktsiyalar buziladi, etanol hamda atsetilaldegid ta`sirida yuz beradigan fizik-kimyoviy o`zgarishlar odam xolatining brsqichma-bosqich o`zgarishiga sabab bo`ladi. Mast odam dastlab bo`shashadi, so`ng charchog`i ketib tinchlanadi, quvnoq va beparvo bo`lib qoladi. Mast odam sergap, vaysaqi bo`lib qoladi, xatti-harakatini nazorat qilmaydi, hech narsadan qo`rqmaydi. Bosh miya po`stloq osti hosilalariga avvalo, emotsionegen, strukturalariga ta`sir kuchi kamayadi. Buning natijasida qaxr-g`azab, gumon paydo bo`ladi, ba`zan yig`i keladi. Sitoplazmatik membralardagi fosfolipidlar yuvilib ketishi natijasida ularning to`sqinlik qilish funktsiyasi kamayib ketadi. Shuning uchun, faqat o`rtacha molekulyar emas balki oqsillar ham ular orqali o`taverady. Bunday membrani orqali hujayra ichiga, undan tashqariga ham moddalar bemalol o`taveradi. Shunga ko`ra, sitoplazma moddalari- fermentlari va ba`zi bopsha birikmalar qonda ko`p bo`ladi. Boshqa a`zolardan qonga to`shadigan zaharli moddalar osonlik bilan nerv hujayrasiga o`tadi. Oddiy sharoitda ular gemotoentsefalik to`siq orqali qonga o`taolmaydi. Ichaklardagi mikroblar hayotiy faoliyatining chiqindi maxsulotlari, turli kasalliklar vaqtida paydo bo`lgan zaharli moddalar, ximikatlar nerv hujayrasi ichiga osongina kirib, unga yana kuchli ta`sir etadi. Spirtli ichimlik jinsiy funktsiyami boshqaruvchi dientsefal va gipotalamus markazlariga ta`sir etadi, bosh miya strukturalari, gipotalamus, limbik sistema zararlanadi. Natijada qo`zg`oluvchanlik pasayib, jinsiy faoliyat yo`qoladi.

Ichkilik kam iste`mol qilinganda ham bosh miyaning qon-tomirlari sistemasida muhim o`zgarishlar sodir bo’lar ekan. Bular tomirlarning yo`g`onlashuvida, spazmada va qon bilan to`lishida, o`tkazuvchanligining kuchayishida, mayda va yirik qon tomirlarining o`zilishida (qon quyilishida) namoyon bo`ladi.

Qon tomirlarning kengayishi va o`tkazuvchanlik xususiyatining o`zgarishi neyronlar butun-butun qismlari nobud bo`lishining sabablaridan biridir.

Tomirlar devorlarining qalinlashuvi, birinchidan qonning normal oqishiga to`sqinlik qilsa, ikkinchi tomondan qon to`qimalarini qon bilan yetarli ta`minlanmaydi va arterio sklerozning rivojlanishiga sabab bo`ladi.

Asosiy adabiyotlar



  1. Z.T.Rajamurodov, A.L.Rajabov “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. 2010 y.

  2. E.N.Nuriddinov “Odam fiziologiyasi” T.“Aloqachi” 2005 y.

  3. Almatov K.T., Allamuratov.SH.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Universitet. 2004 y.

Qo’shimcha adabiyotlar:

The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium




TARQATMA MATERIAL:



Oliy nerv faoliyatini tipologik tafsiflang


Nerv faoliyati tipi

Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining xususiyatlari

Kuchli

Muvazanatli

Harakatchanligi

Kuchli

Harakatchan










Tinch










Tinchimas










Kuchsiz











Одамда ОАФ типларини (одам темпераментини) психологик тестлаш бўйича бахолаш.
Ишни бажариш тартиби:


Темперамент

Холерик

Сангвиник

Флегматик

Меланхолик













“+”

Сони























  1. Қўйидаги намўна бўйича талаба дафтарда жадвал чизиб олиш керак.

  2. Иш жадвалнинг биринчи устунидан бошланади.

  3. Текширилувчи холерик ҳарактерининг сифатларини диққат билан кетма – кет ўқийди

  4. Агар шу хислат тегишли деб ҳисобласа, шу сўзнинг қаршисига “+” белгисини қўяди.

  5. Агар, аксинча, бу хислат ўнга тегишли бўлмаса хеч қандай белги қўймайди.

  6. Кейин 2,3 ва 4 устундаги баҳоланишга ўтади.

  7. Ҳар бир қатордаги “+” сони ва умумий “+” сони ҳисобланади.

  1. Формула бўйича текширилувчининг темпераменти аниқланади.

  2. Темперамент формуласи:

ФТ = Х _Ах_ : 100% + С _Ас_ . 100% + Ф _Аф_ . 100% + М _Ам_ . 100%

А А А А

Х – холерик;

С – сангвиник;

М – меланхолик;

Ф – флегматик;

А – ҳар бир устундаги сўзлар сони;



Ах, Ас, Аф, Ам – ҳар бир темперамент бўйча тажрибада олинган устундаги плюслар сони.

Aim.uz


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling