Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 282.6 Kb.

bet1/4
Sana07.11.2017
Hajmi282.6 Kb.
  1   2   3   4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 

QARORI 


OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM HAMDA OLIY MALAKALI ILMIY VA ILMIY-

PEDAGOG KADRLARNI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH 

CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 1-son, 5-modda) 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va 

attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  yanada  takomillashtirish  to‘g‘risida»  2012  yil  24  iyuldagi  PF–4456-

son 


Farmonini

 bajarish  yuzasidan  hamda  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  tizimini  va  Oliy  attestatsiya 

komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 

1. Quyidagilar: 

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari

 1-ilovaga 

muvofiq; 

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizom 

2-ilovaga 

muvofiq; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya  komissiyasi  apparatining 

xodimlarning  cheklangan  umumiy  soni  20  nafar,  shu  jumladan  boshqaruv  xodimlari  soni  16  nafar  bo‘lgan 

tuzilmasi 

3-ilovaga 

muvofiq; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya  komissiyasi  to‘g‘risidagi 

nizom

 4-ilovaga 



muvofiq; 

oliy o‘quv  yurtidan  keyingi ta’lim  to‘g‘risidagi hujjatlarning  —  fan  doktori  diplomining,  shuningdek 

professor, dotsent va katta ilmiy xodim attestatlarining davlat namunalari 

5-ilovaga 

muvofiq tasdiqlansin. 

2. O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya  komissiyasi  tomonidan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Xalq  ta’limi  vazirligi,  Sog‘liqni  saqlash 

vazirligi,  Fanlar  akademiyasi  hamda  boshqa  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan  birgalikda  Fan  doktori 

ilmiy  darajasini  berish  bo‘yicha  ilmiy  kengash  to‘g‘risidagi  nizom,  Fan  doktori  ilmiy  darajasini  berish  tartibi 

to‘g‘risidagi nizom hamda Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilganligi va belgilangan 

tartibda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 

3.  Belgilab  qo‘yilsinki,  ilmiy  darajasi  mavjudligi  uchun  lavozim  maoshlariga  qo‘shimcha  haq  va 

boshqa ustamalar 2013 yil 1 yanvardan boshlab to‘lanmaydi. 

4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 

Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining shaxsiy tarkibini tasdiqlasin. 

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Fan 

va  texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  qo‘mitasi  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan 

birgalikda  bir  oy  muddatda  Vazirlar  Mahkamasiga  ushbu  qarordan  kelib  chiqadigan  o‘zgartirishlar  va 

qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tarkibida oliy 

ta’lim  muassasalari  va  ilmiy-tadqiqot  institutlariga  ega  bo‘lgan  vazirliklar  va  idoralar  bir  oy  muddatda  o‘z 

normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 

6.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  Sh.M. 

Mirziyoev zimmasiga yuklansin. 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV 

Toshkent sh., 

2012 yil 28 dekabr, 

365-son 


Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son 

qaroriga 

1-ILOVA 

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan 

DAVLAT TALABLARI 



I. Umumiy qoidalar 

1. Ushbu Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda Davlat 

talablari  deb  ataladi)  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston 

Respublikasi  qonunlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog 

kadrlar  tayyorlash  va  attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  yanada  takomillashtirish  to‘g‘risida»  2012  yil  24 

iyuldagi  PF–4456-son 

Farmoniga

hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Uzluksiz  ta’lim 



tizimi  uchun  davlat  ta’lim  standartlarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish  to‘g‘risida»  1998  yil  5  yanvardagi  5-

son 


qaroriga

 muvofiq  ishlab  chiqilgan  va  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  tizimiga  majburiy  talablarni 

belgilaydi. 

2. Davlat talablari barcha oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun majburiydir. 

3.  Davlat  talablariga  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  istiqbollaridan,  fan  va 

texnologiyalarni  rivojlantirishning  ustuvor  istiqbolli  yo‘nalishlaridan,  yangi  axborot  va  pedagogika 

texnologiyalarini  joriy  etishdan,  shuningdek  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik  kadrlar  tayyorlash 

sohasidagi  jahon  yutuqlari  va  tendensiyalaridan  kelib  chiqqan  holda  tuzatishlar  kiritilishi  va  qo‘shimchalar 

qo‘shilishi mumkin. 

4. Ushbu Davlat talablarida quyidagi ta’riflar qo‘llaniladi: 



oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim — jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga 

bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi; 



katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti — ishlab chiqarishdan bo‘shagan holda mutaxassislikni 

chuqur  o‘rganish  va  doktorlik  dissertatsiyasini  tayyorlash  va  himoya  qilish  maqsadida  ular  tomonidan  ilmiy 

izlanishlar  olib  borish  bo‘yicha  fan  doktori  darajasi  izlanuvchilari  uchun  oliy  ta’lim  muassasalari  va  ilmiy-

tadqiqot  muassasalarida  tashkil  etiladigan  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  ixtisosliklar  bo‘yicha 

oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli; 

mustaqil  izlanuvchilik —  ishlab  chiqarishdan  bo‘shamagan  holda  doktorlik  dissertatsiyasini 

tayyorlash  va  himoya  qilish  maqsadida  mutaxassislikni  chuqur  o‘rganish  va  ular  tomonidan  ilmiy  izlanishlar 

bo‘yicha  fan  doktori  ilmiy  darajasi  izlanuvchilari  uchun  oliy  ta’lim  muassasalari  va  ilmiy-tadqiqot 

muassasalarida  tashkil  etiladigan  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  bo‘yicha  oliy  o‘quv  yurtidan 

keyingi ta’lim shakli; 

katta  ilmiy  xodim-izlanuvchi —  oliy  ta’lim  muassasasiga  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasiga  katta 

ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs; 



mustaqil  izlanuvchi —  oliy  ta’lim  muassasasiga  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasiga  mustaqil 

izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs. 



II. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qitish shakllari va muddatlari, ularga qabul qilish 

5.  Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  uch  yilgacha  davom  etadigan  o‘qish  quyidagi  shakllarda  amalga 

oshiriladi: 

katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti; 

mustaqil izlanuvchilik. 

6.  Davlat  budjeti  mablag‘lari  hisobiga  moliyalashtiriladigan  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim 

institutlariga  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  lavozimiga  qabul  qilish  oliy  ta’lim  muassasalari  va  ilmiy-

tadqiqot muassasalari tashkil etadigan maxsus komissiyalar tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. 

Oliy  o‘quv  yurtidan keyingi  ta’lim  institutlarida o‘qishga  talabgorlarni tanlab  olish  kirish  imtihonlari 

natijalariga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

7.  Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  institutlariga  xorijiy  fuqarolarni  va  fuqaroligi  bo‘lmagan 

shaxslarni  qabul  qilish  qonun  hujjatlariga  va  (yoki)  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalariga 

muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 

III. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablar 

8.  Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  institutiga  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  sifatida  kiruvchi 

shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

kamida ikki yillik ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish; 

oliy  ta’lim  muassasasi  magistraturasi  diplomiga  yoki  unga  teng  bo‘lgan  O‘zbekiston  Respublikasi 

Qurolli Kuchlari akademiyasi, Ichki ishlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati 

oliy ta’lim muassasalari diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha 

olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish; 

ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lish; 

muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida uchta ilmiy 

maqolaga  va  ilmiy-amaliy  konferensiyalar,  seminarlar  va  davra  suhbatlari  to‘plamlarida,  tegishli  ilmiy 

yo‘nalishlar  bo‘yicha  ilmiy  ishlar  to‘plamlarida  fan  doktori  ilmiy  darajasi  olish  uchun  dissertatsiya  tadqiqoti 

asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ikkita tezisga ega bo‘lish; 

xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish; 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish. 

9.  Mustaqil  izlanuvchilar  sifatida  rasmiylashtiriladigan  shaxslar  quyidagi  talablarga  muvofiq  bo‘lishi 

kerak: 


kamida besh yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lish; 

bakalavr  yoki  magistr  diplomiga  yoxud  O‘zbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirligi,  Ichki  ishlar 

vazirligi,  Davlat  bojxona  qo‘mitasi  yoki  Milliy  xavfsizlik  xizmati  oliy  harbiy  ta’lim  muassasalari  diplomiga 

yoxud  fan  nomzodi  ilmiy  darajasiga  yoki  magistr  darajasi  joriy  etilgungacha  olingan  oliy  ma’lumot 

to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish; 

ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lish; 

muayyan  ilmiy  yutuqlarga,  fan  doktori  darajasini  olish  uchun  dissertatsiya  tadqiqoti  asosini  tashkil 

etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida  uchta ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-

amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy 

ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish, va/yoki tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ixtiroga yoki 

seleksiya  yutug‘iga  bitta  yoki  undan  ko‘p  patentga  muallif  (hammuallif)  bo‘lish  va/yoki  tegishli  ilmiy 

yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-texnologik ishlanmalarda qatnashganlik; 

xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish; 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish. 

10.  Oliy  o‘quv  yurtlaridan  keyingi  ta’lim  institutiga  qabul  qilinadigan  bakalavr,  magistr  va  fan 

nomzodi  ixtisosligi  yo‘nalishi  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  ixtisosligi  mansub  bo‘lgan  fan  sohasiga 

muvofiq  bo‘lishi  kerak.  Ixtisosliklar  muvofiq  bo‘lmaganda  yoki  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’limni  fanning 

turdosh  sohalarida  olish  rejalashtirilgan  hollarda  talabgorlar  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oliy  attestatsiya 

komissiyasi  hamda  Fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  qo‘mitasi  tomonidan 

belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtihonlar topshirishi kerak. 



IV. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qishni tashkil etish 

11.  Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  va  mustaqil  izlanuvchilar  o‘qishning  birinchi  yilida  tanlangan 

mutaxassislik bo‘yicha nazariy va metodologik dasturni o‘zlashtiradilar. 

Mutaxassisliklar  bo‘yicha  nazariy-metodik  dasturlar  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  va  mustaqil 

izlanuvchilarning ilmiy maslahatchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-

tadqiqot  muassasalarining  ilmiy  kengashi  tomonidan  tasdiqlanadi.  Nazariy-metodik  dastur  umumiy 

konsepsiyani  va  metodologiya  masalalarini,  nazariy  asoslarni  hamda  ushbu  fan  bo‘yicha  ilmiy  tadqiqotlar 

usullarini o‘z ichiga olishi shart. 

O‘qishning keyingi yillarida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus 

bilimlarini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy kengashlari 

tomonidan fan sohalariga ko‘ra Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka 

o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 

Malaka  o‘quv  dasturlari  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  va  mustaqil  izlanuvchilar  tomonidan 

mustaqil ravishda o‘zlashtiriladi. 

Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  uchun  nazariy  va  ilmiy-tadqiqot  ishlari  bo‘yicha  yuklama  hajmi 

haftasiga  36  soatni  tashkil  qiladi,  ulardan  12  soatdan  ortiq  bo‘lmagan  yuklama  auditoriya  mashg‘ulotlariga 

ajratiladi. Mustaqil izlanuvchilar uchun o‘quv  yuklamasi hajmi haftasiga 12 soatni tashkil qiladi, ulardan — 4 

soatdan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratiladi. 

12.  Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilarning  va  mustaqil  izlanuvchilarning  sifatli  tayyorlanishini 

ta’minlash, shuningdek ularga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida ular faol ilmiy va ilmiy-

pedagogik faoliyat olib boruvchi, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalarni 

amalga oshirishda qatnashuvchi fan doktorlari jumlasidan konsultantlarga birkitiladi. 

13.  Katta  ilmiy  xodim-izlanuvchilar  va  mustaqil  izlanuvchilar  doktorlik  dissertatsiyasini  himoya 

qilgungacha: 

O‘zbekistonning  yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan sohalariga ko‘ra  Oliy  attestatsiya komissiyasi 

tomonidan aniqlanadigan fanlar bo‘yicha imtihon topshirishi; 

dissertatsiya  natijalarining  xalqaro  va  respublika  ilmiy  va  ilmiy-amaliy  konferensiyalarida, 

seminarlarida  va  davra  suhbatlarida  aprobatsiya  (muhokama)  qilinishini  ta’minlashi,  shuningdek 

dissertatsiyasining  asosiy  natijalarini  aks  ettiradigan,  soni  Oliy  attestatsiya  komissiyasi  talablariga  muvofiq 

bo‘lgan chop etilgan ilmiy maqolalarga ega bo‘lishi kerak. 

katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  dissertatsiyani  himoya  qilgungacha,  shuningdek  o‘qishning  butun 

davri davomida ta’lim muassasalarida kamida 300 soat hajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 

14.  Dissertatsiyani  rasmiylashtirish  va  uni  himoya  qilish  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchi  va  mustaqil 

izlanuvchi tanlovi bo‘yicha o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud Oliy attestatsiya komissiyasi bilan 

kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi. 

V. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari 


15. Quyidagilar  oliy malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  (fan  doktorlari)  tayyorgarligining  zarur 

va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi: 

fan  va  texnika  rivojlanishiga,  muhim  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy,  ijtimoiy-siyosiy  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan  ilmiy  muammoni  hal  etishga  yoxud  fanning  tegishli  tarmog‘ida  istiqbolli  yo‘nalishni  rivojlantirishda 

yangi yirik yutuq, joriy etilishi fan va texnika rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadigan ilmiy asoslangan texnik, 

iqtisodiy  yoki  texnologik  yechimlarga  ulushni  ta’minlaydigan  ixtirolarga  va  seleksiya  yutuqlariga  muallif 

(hammuallif) bo‘lish; 

fanning  tegishli  sohasi  rivojlanishi  konsepsiyasining  mohiyati  va  mazmunini  chuqur  bilish, 

mutaxassislik  bo‘yicha  asosiy  bilimlarni  puxta  egallash,  maqsad  va  vazifalarni,  fan  va  texnikani 

rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini bilish va tushunish; 

tadqiqotlarning  umumilmiy  va  aniq  tarmoq  metodologiyasini  egallash,  muammoni  malakali  aniqlash 

va  asoslash,  ilmiy  ma’lumotlar  va  materiallarni  tahlil  qilish,  tizimlashtirish  va  umumlashtirish,  zaruriyat 

bo‘lganda eksperimental tadqiqotlar olib borish qobiliyatiga ega bo‘lish; 

tadqiqotlar  natijalariga  asoslanib  muammoning  mohiyatini  bilimdonlik  bilan  bayon  qilish,  ilmiy 

xulosalar va tavsiyalarni aniq va lo‘nda shakllantirish; 

ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish; 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida jahon fan va texnikasi rivojlanishining 

zamonaviy  tendensiyalari  to‘g‘risidagi  axborotlarni  maqsadli  izlash  va  ularning  natijalarini  puxta  ishlash 

qobiliyatiga ega bo‘lish; 

tegishli  davlat,  tarmoq  ilmiy-texnika  dasturlari  va  boshqa  tadbirlar  loyihalarini  ishlab  chiqishda, 

ularning monitoringini olib borishda va ularni amalga oshirishda faol qatnashish; 

bakalavrlar  va  magistrlar  tayyorlash  bo‘yicha  pedagogik  faoliyatda  faol  qatnashish,  ilmiy  tadqiqotlar 

natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. 

16.  Fan  doktori  ilmiy  darajasini  olish  uchun  taqdim  etilgan  dissertatsiya  yuqori  malakali  ilmiy  ish 

bo‘lishi,  unda  muallif  tomonidan  o‘tkazilgan  tadqiqotlar  va  yaratilgan  ishlanmalar  asosida  muhim  ijtimoiy-

iqtisodiy  va  dolzarb  ilmiy  yoki  amaliy  muammolar  hal  etilishi  yoki  ilm-fan  tegishli  tarmog‘ining  istiqbolli 

yo‘nalishini rivojlantirish uchun muayyan yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab 

chiqilgan  bo‘lishi  yoki  joriy  etilishi  ilm-fanning,  texnikaning,  ijtimoiy-siyosiy  sohaning  yoki  iqtisodiyot 

tarmog‘ining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan yechimlar ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. 

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son 

qaroriga

  

2-ILOVA 



Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida 

NIZOM 


I. Umumiy qoidalar 

1.  Ushbu  Nizom  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog 

kadrlar  tayyorlash  va  attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  yanada  takomillashtirish  to‘g‘risida»  2012  yil  24 

iyuldagi  PF–4456-son 

Farmoniga

 muvofiq  ishlab  chiqilgan  hamda  oliy  ta’lim  muassasalari  va  ilmiy-tadqiqot 

muassasalarida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish tartibini belgilaydi. 

2.  Oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  ushbu  Nizomga  muvofiq  katta  ilmiy  xodimlar  va  uch  yilgacha 

muddat mobaynida mustaqil izlanuvchilik instituti shaklida amalga oshiriladi. 

3. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlari fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali 

ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlarida fundamental 

tadqiqotlarni  rivojlantirish,  davlat  ilmiy-texnik  dasturlarini  amalga  oshirish  maqsadida  yetakchi  oliy  ta’lim 

muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida ochiladi. 

4. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish davlat budjeti mablag‘lari hisobiga va to‘lov-

kontrakt asosida (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) amalga oshiriladi. 

5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinayotgan bakalavr mutaxassisligi yo‘nalishi, 

magistr  va  fan  nomzodi  mutaxassisligi  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  mutaxassisligi  tegishli  bo‘lgan  fan 

sohasiga  muvofiq  bo‘lishi  kerak.  Mutaxassisliklar  mos  kelmaganda  yoki  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi  ta’limni 

fanning  turdosh  sohalarida  olish  rejalashtirilgan  hollarda  talabgorlar  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oliy 

attestatsiya komissiyasi (OAK)ning ruxsatini olishlari kerak. 

Doktorlik  dissertatsiyasini  rasmiylashtirish  va  uni  himoya  qilish  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchi  yoki 

mustaqil izlanuvchining tanloviga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud OAK bilan kelishgan 

holda boshqa tilda amalga oshiriladi. 

II. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning tashkiliy asoslari 


6. Oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Fanlar 

akademiyasiga  yoki  o‘zlari  tizimiga  kiradigan  tegishli  vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlarga  katta  ilmiy 

xodimlar-izlanuvchilar institutini ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida murojaat qiladi. 

Murojaat  bilan  birgalikda  oliy  ta’lim  muassasasi  kengashining  yoki  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  ilmiy 

kengashining tegishli qarori, shuningdek ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha katta ilmiy xodimlar-

izlanuvchilar  instituti  ochilishi  rejalashtirilgan  mutaxassisliklar  bo‘yicha  tadqiqot  olib  boruvchi  fan  doktorlari 

to‘g‘risidagi kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar taqdim etiladi. 

Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Fanlar  akademiyasi,  oliy  ta’lim  muassasasi  va  ilmiy-tadqiqot 

muassasasi  tasarrufida  bo‘lgan  vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlar  murojaat  tushgan  va  barcha  zarur  hujjatlar 

taqdim  etilgan  sanadan  boshlab  bir  oy  muddatda  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  institutini  ochish  yoki 

ochishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. Qabul qilingan qaror o‘n kun muddatda tegishli oliy ta’lim 

muassasasiga  va  ilmiy-tadqiqot  muassasasiga  yuboriladi.  Katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  institutini  ochish 

to‘g‘risidagi ijobiy qarorning nusxasi axborot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 

Davlat  test  markaziga  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Fan  va  texnologiyalarni 

rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga ham yuboriladi. 

Mustaqil  izlanuvchilik  instituti  katta  ilmiy  xodimlar-izlanuvchilar  instituti  ochilgan  oliy  ta’lim 

muassasasi  va  ilmiy-tadqiqot  muassasasi  huzurida  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  Fanlar  akademiyasi, 

ushbu  oliy  ta’lim  muassasalari  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  tizimiga  kiradigan  vazirliklar,  idoralar  va 

tashkilotlarning  qarori  bilan  tashkil  etiladi.  Mustaqil  izlanuvchilik  institutlarini  tashkil  etish  katta  ilmiy 

xodimlar-izlanuvchilar  institutini  tashkil  etish  tartibi  singari  tartibda  amalga  oshiriladi  (bunda  tegishli 

mutaxassisliklar  bo‘yicha  tadqiqot  olib  borayotgan  fan  doktorlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  takroran  taqdim 

etish talab qilinmaydi). 

7.  Fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  qo‘mitasi  respublika  oliy  ta’lim 

muassasalari  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalarining  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  tayyorlash 

bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling