Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
VI. To‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish
Download 282.6 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risida
- II. OAKning asosiy vazifalari va funksiyalari
- III. OAKning huquqlari va vazifalari
- IV. OAK faoliyatini tashkil etish
VI. To‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tashkil etish 51. Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish qonun hujjatlariga va/yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qabul kvotalaridan ortiqcha to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 52. To‘lov-kontrakt asosida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshirishda shu jumladan ilmiy konsultantlar mehnatiga haq to‘lash, tadqiqotlar va eksperimentlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga oluvchi o‘qish uchun haq to‘lash miqdori, shuningdek uni to‘lash tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi. Shartnomada, shuningdek katta ilmiy xodimlar-izlanuvchining lavozim maoshini va o‘qish uchun haq to‘lash miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan ular bilan bog‘liq ijtimoiy ajratmalar bilan birgalikda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilishi mumkin. VII. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat 53. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim talablarini bajargan va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda davlat namunasidagi fan doktori diplomi beriladi. 54. Fan doktorlarining ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etgan holda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashdagi ishtiroki ularning ilmiy-pedagogik va jamoat faoliyatining muhim jihati sifatida qaraladi va hisobga olinadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish rejalashtirilayotgan__ ______________________________________________________ da ishlovchi (oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining nomi) _______________________ mutaxassisligi bo‘yicha fan doktorlari to‘g‘risida (mutaxassislik shifri va nomi
MA’LUMOTLAR
F.I.O. Tug‘ilgan
Mutaxassislik shifri va nomi, doktorlik dissertatsiyasi
Ilmiy darajasi,
Ish joyi va lavozimi Oxirgi 5 yilda mutaxassislik bo‘yicha asosiy ilmiy ishlari (monografiyalar, maqolalar)
____________ (imzo
____________________ (F.I.O.)
Sana «_____» yil «___» __________________ Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son qaroriga
3-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining TUZILMASI Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son qaroriga
4-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risida NIZOM
I. Umumiy qoidalar 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda OAK deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 31 martdagi PF–371- son
Farmoni bilan tashkil etilgan va oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi. OAK o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 2. OAK o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi. 3. OAK o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 4. Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar OAK faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 5. OAK yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. II. OAKning asosiy vazifalari va funksiyalari 6. Quyidagilar OAKning asosiy vazifalari hisoblanadi: oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini ta’minlash; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu faoliyatni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish; doktorlik dissertatsiyasi ishlariga hamda fan doktori ilmiy darajasi va ilmiy unvonlar talabgorlariga talablarning yagonaligini ta’minlash; ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga, jamiyat va davlat ehtiyojlarini, fan, ta’lim, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlardan foydalanish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; ortiqcha byurokratik jarayonlarni yo‘qotishga yo‘naltirilgan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning barcha bosqichlarida OAK faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning barcha bosqichlarida xolislikni ta’minlash; fan doktori ilmiy darajasi va ilmiy unvonlarga qo‘yiladigan malaka talablarining xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash. 7. OAK o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishida xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida respublika Fanlar akademiyasi, vazirliklari, idoralari, ilmiy tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarni olib borishga layoqatini aniqlash bo‘yicha test sinovlari natijalari asosida fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini muvofiqlashtiradi, monitoringini olib boradi, shuningdek ularni ro‘yxatdan o‘tkazadi; katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchi institutlari tomonidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sifatining tizimli monitoringini olib boradi; fan doktori ilmiy unvonini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar va ekspert kengashlar ishini shakllantirish va tashkil etish tartibi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, fan doktori ilmiy darajasi va ilmiy unvonlar to‘g‘risidagi nizomni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi; vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasining iltimosnomalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlarni tashkil etadi, ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi, ilmiy kengashlarga dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilish huquqini beruvchi ilmiy mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilaydi; fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va ular ishi monitoringini olib boradi, ekspert kengashlarning takliflari asosida ularning faoliyatini to‘xtatib turadi yoki to‘xtatadi; doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan yetakchi ilmiy jurnallar va nashrlar, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallar ro‘yxatini belgilaydi; manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda fan, texnika, ta’lim va madaniyatni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari turlarini takomillashtirish ishlarini olib boradi; fan doktori ilmiy darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiyalarning davlat ekspertizasini o‘tkazadi; tegishli ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlaydi, oliy ta’lim muassasalari kengashlari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy kengashlari taqdimnomasi bo‘yicha professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini beradi; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va ishlaydigan xorijiy mamlakatlar fuqarolariga xorijiy mamlakatlar attestatsiya organlari tomonidan berilgan fan doktori ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya (ekvivalentlikni aniqlash) qiladi; davlat namunasidagi fan doktori diplomlarini, professor, dotsent va katta ilmiy xodim attestatlarini rasmiylashtiradi; OAKga tushadigan apellyatsiyalar, takliflar, arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq rejalashtiriladigan doktorlik dissertatsiyasi tadqiqotlari mavzularini muvofiqlashtirish va doktorlik dissertatsiyasi tadqiqotlarini muhokama qilish uchun fan tarmoqlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar tashkil etadi; himoya qilingan dissertatsiya ishlarini tahlil qiladi va respublika vazirliklariga, idoralariga natijalari dissertatsiya ishlarida bayon qilingan ilmiy tadqiqotlar bajarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning dissertatsiya ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish mumkinligi to‘g‘risidagi tegishli tavsiyalar bilan birgalikda yuborilishini ta’minlaydi; OAK vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi; o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy mamlakatlarning attestatsiya organlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatadi va uni amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda axborot ayirboshlashni tashkil etadi. III. OAKning huquqlari va vazifalari 8. OAK o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda olish; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha davlatlararo muzokaralarda ishtirok etish; ekspert kengashlarning qarorlari asosida fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha bir martalik ilmiy kengashlar tashkil etish va ularning ishini nazorat qilish; OAK Rayosati majlislarida ish tajribasini o‘rganish va umumlashtirish maqsadida fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar va ekspert kengashlar raislarining hisobotlarini eshitish; dissertatsiya ishlarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar faoliyatini tekshirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish. Fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar faoliyatini tekshirishda qatnashish, opponent va taqrizchi funksiyalarini bajarish davrida jalb etiladigan olimlar va mutaxassislar doimiy ish joylaridagi ish haqi saqlangan holda o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etiladi; malaka imtihonlari ro‘yxatini belgilash va ularning tashkil etilishi va saviyasini nazorat qilish; fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar ishlab turgan tashkilotlardan belgilangan tartibda har yilgi hisobotlarni hamda respublikada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish uchun vazirliklar va idoralardan zarur axborotni olish; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun idoralararo kengashlarni belgilangan tartibda chaqirish; o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, kengashlar, konferensiyalar ishida qatnashish; dissertatsiyalarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq fan va iqtisodiyot tarmoqlari uchun ahamiyati yuzasidan qo‘shimcha xulosa olish maqsadida dissertatsiya ishlarini zarur hollarda fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlarga yuborish; oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va tegishli kengashlarining tavsiyalariga binoan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni ilmiy darajalar va ilmiy unvonlardan belgilangan tartibda mahrum qilish yoki ularni tiklash. 9. OAK o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega. 10. OAK zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. 11. OAK o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni ushbu Nizomga muvofiq bajarishga majbur, respublikada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimining holati va uni takomillashtirish yuzasidan javob beradi. IV. OAK faoliyatini tashkil etish 12. OAKga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi. OAKning Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh ilmiy kotibi bo‘ladi. Bosh ilmiy kotibning vazifalari OAK raisi tomonidan belgilanadi. 13. OAKning apparati uning ijro etuvchi organi hisoblanadi, OAK apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 14. OAK raisi: OAK vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda OAKga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi; OAKning ekspert kengashlari, bo‘limlari va boshqa bo‘linmalari faoliyatini yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida OAK qarorlarini, ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi diplomlarni va ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi attestatlarni imzolaydi; OAK apparatining xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; OAK apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi; OAK apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; zaruriyat bo‘lganda xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida apparat tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, OAK apparatining shtat jadvalini, shuningdek OAK apparati xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 15. OAK raisi, bosh ilmiy kotib hamda fanning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat bo‘lgan Rayosat OAKning rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi organi hisoblanadi. Rayosatning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Rayosat ishiga OAK raisi rahbarlik qiladi. Zaruriyat bo‘lganda OAK raisi Rayosat a’zolari tarkibini qisman o‘zgartirish bo‘yicha taklifni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. OAK Rayosati rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi organ sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi: fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar tashkil etish tartibini ishlab chiqadi, ilmiy kengashlar tuzishga ruxsatnomalar beradi, ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi, ularga tegishi mutaxassisliklar bo‘yicha dissertatsiya ishlarini ko‘rib chiqish huquqini beradi; ekspert kengashlar tashkil etish to‘g‘risida qarorlar chiqaradi; ilmiy kengashlarning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlaydi hamda ilmiy unvon berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; fan doktori ilmiy darajasi berish bo‘yicha ilmiy kengashlar raislarining va ilmiy unvonlar berish bo‘yicha kengashlar raislarining ishlari to‘g‘risida hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi; ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha bosh inspektorlarning ilmiy daraja berish, shu jumladan himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha attestatsiya yig‘majildlarining, shuningdek ilmiy unvonlar berish bo‘yicha attestatsiya yig‘majildlarining OAK talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi; o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi; oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi. 16. Bosh ilmiy kotib himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalarining OAK talablariga muvofiqligi yuzasidan javob beradi va quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tarkibiga 6 nafar bosh inspektorlar kiradigan Kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi: fizika-matematika fanlari; kimyo, biologiya va geologiya-minerologiya fanlari; texnika fanlari; qishloq xo‘jaligi fanlari; ijtimoiy fanlar (tarix, iqtisodiyot, falsafa, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika fanlari); tibbiyot va psixologiya fanlari (tibbiyot, farmasevtika, veterinariya, psixologiya fanlari). Har bir bosh inspektor tegishli ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalarining OAK talablariga muvofiqligi yuzasidan javob beradi va OAK Rayosati majlisida belgilangan tartibda hisobot beradi. 17. OAK Rayosati a’zolari, shuningdek apparat xodimlari OAK ekspert kengashlari va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar a’zolari bo‘lishi mumkin emas. 18. OAK Rayosatining majlisi uning faoliyatining tashkiliy shakli hisoblanadi. OAK Rayosati majlisi, agar unda uning a’zolarining oddiy ko‘pchiligi qatnashsa, huquqiy vakolatli hisoblanadi. 19. OAK Rayosati qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va, agar uning uchun majlisda qatnashuvchi OAK Rayosati a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovoz bersa qabul qilingan hisoblanadi. 20. OAK Rayosati qarorlari qarorlar shaklida rasmiylashtiriladi hamda OAK raisi, bosh ilmiy kotib va OAK apparatining mas’ul xodimlari tomonidan imzolanadi. 21. OAK Rayosati majlislari bayonnomalari rasmiylashtiriladi hamda OAK raisi va bosh ilmiy kotib tomonidan imzolanadi. 22. OAK Rayosati a’zolari majlis boshlangunga qadar kun tartibi va majlisda ko‘rib chiqiladigan barcha materiallar bilan tanishishlari kerak. OAK Rayosatida ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalar ekspert kengash fikri hisobga olingan holda har tomonlama va mohiyatiga ko‘ra muhokama qilinishi kerak. 23. OAK Rayosati va ekspert kengashi fikri farq qilgan hollarda ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha materiallar takroran ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashga qaytariladi. OAK Rayosati va ekspert kengashi fikri ikkinchi marta farq qilgan taqdirda masala OAK Rayosati tomonidan tashkil etiladigan kamida besh kishidan iborat kelishuv komissiyasida ko‘rib chiqiladi. Kelishuv komissiyasi tarkibiga OAK Rayosati, ekspert kengashi a’zolari va ushbu masalani ko‘rib chiqishning barcha bosqichlarida ilgari qatnashmagan mutaxassis olimlar kiradi. Kelishuv komissiyasining xulosasi OAK Rayosati tomonidan ko‘rib chiqiladi va uzil-kesil qaror qabul qilinadi. 24. OAK Rayosati majlisi bir oyda bir marta o‘tkaziladi. Zarur hollarda OAK Rayosatining navbatdan tashqari majlislari o‘tkazilishi mumkin. 25. Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishga taalluqli attestatsiya yig‘majildlari va boshqa hujjatlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida , shuningdek OAK faoliyatining kollegial qarorni va uning bajarilishi yuzasidan nazoratni talab etadigan joriy masalalarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun OAK raisi, bosh ilmiy kotib, ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha bosh inspektorlar, shuningdek OAK bo‘limlari boshliqlaridan iborat tarkibda OAKning Tartib-qoida komissiyasi tashkil etiladi. 26. Taqdim etilgan doktorlik dissertatsiyalarini, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashlar ishini va attestatsiya o‘tkazishda talablarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish, ilmiy daraja berish va ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish, shuningdek OAK Rayosatiga tavsiyalar tayyorlash uchun fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan fan yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert kengashlar tashkil etiladi. Ekspert kengashlar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, boshqa tashkilotlar, manfaatdor vazirliklar va idoralarning tavsiyalari hisobga olingan holda shakllantiriladi hamda keyinchalik tarkibining kamida uchdan bir qismi yangilangan holda OAK Rayosati tomonidan uch yil muddatga tasdiqlanadi. 27. Olimlar va mutaxassislarning ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi ishida qatnashishi ularning ijtimoiy-ilmiy faoliyatining muhim jihati sifatida qaraladi va hisobga olinadi. Ekspert kengashlar a’zolari, opponentlar va taqrizchilar, shuningdek jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 28. OAK oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha «OAK Byulleteni» jurnalini nashr etadi. «OAK ma’lumotnomasi» jurnalida izlanuvchilarning dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari, dissertatsiya annotatsiyasi bilan birgalikda doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinishi, talabgorlarga fan doktori ilmiy darajasi berilishi hamda ilmiy unvonlar berilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa ma’lumotlar ham beriladi. «OAK Byulleteni» jurnali o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida nashr etiladi. 29. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida OAK faoliyati masalalari OAK veb-saytida va «OAK Byulleteni» jurnalida yoritiladi. Bundan tashqari, OAK veb-saytida fan doktori ilmiy darajasi va ilmiy unvonlar talabgorlarining attestatsiya yig‘majildlarining o‘tishi, shu jumladan ularning normativ-huquqiy ekspertizadan o‘tishi natijalari, keyinchalik ularning ilmiy ekspertizaga berilishi va uning tugallanishi, shuningdek OAK Rayosatida yakuniy qarorlar qabul qilish uchun attestatsiya yig‘majildlarini ko‘rib chiqish muddatlari to‘g‘risidagi axborotlar joylashtiriladi. Ushbu qaror shuningdek OAK veb-saytida Rayosat majlisidan keyin 7 kun mobaynida joylashtiriladi. OAK veb-sayti zaruriyatga qarab, lekin haftada kamida bir marta yangilanadi. 30. Bo‘lajak doktorlik dissertatsiyalari himoyalari, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, OAK veb-sayti va «OAK ma’lumotnomasi» jurnali orqali, shuningdek avtoreferatning to‘liq matnini Fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashning veb-saytida va Internet tarmog‘ining boshqa axborot-resurs portallarida joylashtirish yo‘li bilan xabar beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son qaroriga
5-ILOVA Download 282.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling