Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.
Komissiya a’zosi imtihon boshlanishini e’lon qilgunga qadar imtihon varag‘ini ochish ta’qiqlanadi.
Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni o‘chirib, komissiya a’zosi ko‘rsatmasiga binoan o‘zidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa ko‘maklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.
Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini ko‘rsatishi, ko‘chirtirishi, boshqalarni chalg‘itishi ma’n etiladi.
|
|
Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.
Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish ta’qiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qo‘yilmaydi.
Komissiya a’zosi imtihon tugashini e’lon qilganidan so‘ng, talaba yozishni to‘xtatadi va imtihon varaqlari yig‘ilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.
|