Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
-rasm. Qizlar uchun ertalabki gimnastika mashqlari
Download 95.29 Kb.
|
Salomatlik majmuasiga kiruvchi gimnastik mashqlar
2-rasm. Qizlar uchun ertalabki gimnastika mashqlari.
Oyoq –qо‘lni chо‘zish (har tomonga 4 martadan). Dastlabki holat: asosiy turish. 1. Qо‘llar boshning orqasiga qо‘yiladi. 2. Oyoq uchlarida turib chap tomonga yarim buriling, 3. Qо‘llar ochiladi (nafas oling), 4. Oyoq kaftlariga turib, qо‘llar boshning orqa qismiga qо‘yiladi. 5. Dastlabki holat. 6-8. Shuning о‘zi boshqa tomonga takrorlanadi. О‘tirib turishlar (4 martadan). Dastlabki holat. 1. Oyoq uchida turib, qо‘llar yuqoriga chо‘ziladi (nafas oling). 2-3. Ikki marta о‘tirib turish (prujinasimon). 4. Dastlabki holat. 5-6. Sekin о‘tiring, qо‘llar belda. 7-8. Dastlabki holat. Egilishlar (oldinga) 4 marta. Dastlabki holat. Asosiy turish. 1. Kaftlarni old tomonga qaratgan xolda qо‘llarni yuqoriga kо‘tarib, yoysimon orqaga egiling. 2-3. Oldinga ikki marta egilib, qо‘llarni (kaftlarni) polga tekkizing. 4. Rostlaning, qо‘llarni yon tomonga yoyiladi. 5-6. Oldinga egiling. 7-8. Dastlabki holat. Yon tomonga egilish (har tomonga 4 martada). Dastlabki holat. 1. Chap oyoqning uchiga turib, yon tomonga egiling, qо‘llar yon tomonga uzatiladi. 2-3. Chap tomonga 2 marta prujinasimon egiling, о‘ng qо‘lni yuqoriga chо‘zing, chap qо‘l belga qо‘yiladi (chap yelka orqali chap oyoq uchiga qarang). 4. Dastlabki holat. 5-8. Shuning о‘zi boshqa tomonga takrorlanadi. Tanani doirasimon harakatlantirish (har tomonga 4 martadan). Dastlabki holat. 1. Chap oyoqning uchi orqa tomonga chо‘ziladi, qо‘llarni yon tomonga uzatib, kaftni yuqoriga qaratiladi. 2. Chap oyoqni oldinga uzatib, oyoq ostiga chapak chalinadi. 3. Chap oyoq uchini orqaga chо‘zib, qо‘llar yon tomonlarga chо‘zilib, kaftlar yuqoriga qaratiladi. 4. Dastlabki holat. 5-8. Shuning о‘zi boshqa oyoq bilan takrorlanadi. Yotgan holda qо‘llarni bukish (4 marta). Dastlabki holat. 1. О‘tiriladi. 2. Yotiladi. 3. Qо‘llrni bukib, chap oyoq orqa tomonga uzatiladi. 4. Yotiladi. 5-6. Qо‘llarni egib, о‘ng oyoq orqa tomonga uzatiladi va yotiladi. 7. О‘tiriladi. 8. Dastlabki holat. 15 daqiqa sekin yurish va yugirish (goh bir, goh ikkinchi oyoqda sakrash, ikkala oyoqda xar xil sakrash). Muskullarni bо‘shashtirish va nafasni rostlash mashqlari. Download 95.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling