Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
birinchi o‘rinbosari K.Karimovga
Termiz davlat universiteti, Sizning 2023-yil 20-fevraldagi 02/35-15/02-23 sonli “Oliy ta’lim tizimida zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va nashr еtish tizimini takomillashtirish bo‘yicha dastur” to‘g‘risidagi xatingizga muvofiq quyidagi takliflarni ma’lum qilamiz.
1. “Oliy ta’lim tizimida zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va nashr еtish tizimini takomillashtirish bo‘yicha dastur” yaxshi ishlab chiqilgan maqullaymiz.
2. Darslik, o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash yoki chet el o‘quv adabiyotlarini tarjima qilish bo‘yicha mualliflar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish tartiblarini ham ko‘rish zarurdir.
3. O‘quv adabiyotlarini tashqi ekspertizadan o‘tkazishda ekspertlarga haq to‘lash tartiblari va ularning mas’ulyatlarini ham aniqlash kerak, yoki Qozog‘istondagiga o‘xshatgan holda markaz yoxud mintaqaviy ilmiy-amaliy markazlar tuzish kerakmi.
4. Ushbu dasturning amaliy samaradorligini va muvofiqlashtiruvchi Kengash faoliyatini kengaytirish maqsadida, Kengash yig‘ilishlarini, seminarlarini minikonferensiya tartibida onlayn tashkil etilsa, mas’ullar va mualliflar zoom orqali tanishib borsa maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Hurmat bilan,
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor: R.To‘rayev
Ijrochi:A.Ibragimov
Tel: (93) 794-25-25
Do'stlaringiz bilan baham: |