Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi nii samarqand filiali Fan: Bolalarning ijtimoiy moslashuvi Fan o’qituvchisi: Gulnoza Allayorova


Download 173.13 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi173.13 Kb.
#1504809
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz ber- gan kamchilik (bolalarning qarta, qimor o'ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga o'rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin. 4. Tarbiya — istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs kamolotini ta'minlashda ilg'or rol o'ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bola shaxsining o'ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta'sirini hisobga olishga bog'liqdir.

Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat — o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.

Tug'ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yig’laydi. Ammo ular katta bo'lganlarida, turli mavqega ega bo’ladi. Nima uchun? Bola o'z onasidan tug'ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tarbiyalash boshlanadi, chunki, odatda, u ichki muhit asosida ona qornida tarbiya oladi. Tarbiya insonning o'z oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kirn o'z onasidan «yomon» boiib tug'ilmaydi. Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga rnuvofiq kelishi muhim sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatJarini bilishi, ma'lum yoshdagi o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat tashkil etishi lozim.

Go'daklik davri. Yangi tug'ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo'ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo'lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo'lib, bu faollik, avvalo, qo'l va oyoqlarning refleks yoii bilan harakatlanib turishida ko'rinadi. Xuddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo'ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5-6 haftalarda yaqqol namoyon boia boshlaydi. Masalan, u onasining ovozini taniydi, uni eshitsa, tinchlanadi.


Download 173.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling