Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 329.45 Kb.
|
Tayyor kurs ishi 2
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Sport faoliyati va san’at fakulteti Jismoni madaniyat yo’nalishi 303-guruh talabasi Suyunova Pokiza Olimjon qizining “Kurashchining jismoniy tayyorgarligi. Chidamlilik va uni rivojlantirish uslubiyati, Chaqqonlik va uni rivojlantirish uslubiyati” mavzusida bajargan KURS ISHI Kurs ishi raxbari: A.E. Toshmuradov. SAMARQAND 2023 YIL Mavzu: Kurashchining jismoniy tayyorgarligi. Chidamlilik va uni rivojlantirish uslubiyati, Chaqqonlik va uni rivojlantirish uslubiyati Kirish Asosiy qism Kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik omillari. Chaqqоnlik va uni rivоjlantirish uslubiyati Egiluvchanlik va uni rivоjlantirish uslublari O’smir yoshdagi kurashchining jismоniy tayyorgarligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
kurashchilarni o‘zbek xalqi polvonlar deb atashgan. Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida kurash insonni ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashning muhim vositasidir deya e’tirof etilgan. She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarida esa kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbeklarda usullar tizimi yetarlicha rivojlangan milliy kurash sporti mavjud bo‘lgan. Kurash sohasidagi yetakchi mutaxassislar A.Atoyev, F.A. Kerimov, K.Yusupov, N.X.Azizov, J.Toshpo‘latov, U.Ibrohimov, Z.Jumayevlarning ilmiy-uslubiy manbalarida tasdiqlanishicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Bu esa kurash, xalqimizning etnik madaniy turmush tarzi, jismoniy madaniyati bilan uyg‘unlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga kurashning tarixiy taraqqiyotini, turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, ma’rifat, tarixiy voqealar hamda an’analardan alohida ajratib o‘rganib bo‘lmaydi. Mustaqillik sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz sa’y-harakatlari natijasida kurash jahonda yangi sport turi sifatida taraqqiy topdi. Ayniqsa, 1992-yilning 14-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zbek kurashining jonkuyarlaridan biri Komil Yusupovni suhbatga chorlagani va 1999-yilning 1-fevralida “Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida”gi farmonini imzolagani, urashimiz istiqbolini belgilab bergan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 2-oktabrdagi “Kurashni rivojlantirish chora-tadbirlari” qaroriga asosan 6-sentabr kurash kuni deb e’lon qilinishi o‘zbek kurashini olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun dasturi amal bo‘lmoqda. Download 329.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling