Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби фанидан сиртқи бўлим талабалари назорат иш бажариш
IV. Ta’lim berish usullari Ma‘ruzalar va seminarlar Virtual o‘quv muhiti ma‘ruza slaydlari va seminar materiallari doskada taqdim yetiladi. Belgilangan ko‘nikmalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aniq mavzuga asoslangan mavzular, guruhda ishlash va guruhda ishlash: taqsimlash; muvofiqlashtirish; ariza va taqdimot; Amaliyot boshlash bo‘yicha individual tadqiqotlar; Sohadagi yangi ishlanmalarni tan olish va baholash; Boshlang‘ich resurslarni qo‘lda qo‘llash; Amaliy vaziyatni tahlil qilish. V.Fan bo’yicha nazorat ishlarini tashkil etishning shakli va mazmuni Nazorat ishi talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, fanning biror bir yoki bir necha mavzusini to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Nazorat ishini bajarishdan maqsad – talabaning mustaqil holda hamda o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va 5 umumlashtirishdan iborat. Nazorat ishini tashkil etishning mazmuni: talabalar nazorat ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Nazorat ishlarini tayyorlash hamda o‗zlashtirilishi uchun talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‗shimcha adabiyotlardan, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma‘lumotlar, elektron kutubxona materiallari kabilardan foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‗yicha imkon darajasida to‗liq, keng ma‘lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‗qituvchidan maslahat va ko‗rsatmalar oladi. Mavzuni yoritish jarayonida mavzuga taaluqli va ularni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni o'rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, ularning mavzuga oid qismlaridan ko'chirmalar, tarqatma material sifatida o'rganilishi tavsiya etiladi. Nazorat ishi tayyorlashni shakli bo'lib quyidagilar hisoblanadi: taqdimot tayyorlash; ilmiy loyiha yozish; tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash. Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma'lumotlarini yangilab borish maqsadida: axborot resurslaridan foydalanishni yo'lga qo'yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma'lumotlarini tarjima qilish; fanni chuqurroq o'rganish; fanni mukammal o'zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo'llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling