O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING
BUYRUG‘I
OLIY TA’LIM MUASSASALARI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
TALABALARI TOMONIDAN STAJIROVKANI O‘TASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOMNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-noyabrda 2734-son bilan
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “
Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida
”gi va 2015-yil 2-martdagi 36-son “
Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
”gi
qarorlariga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 22-2021-
sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2734-1, 16.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
16.07.2021-y., 10/21/2734-1/0682-son)
1. Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash
tartibi to‘g‘risidagi
nizom
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-oktabr,
9-2015-son
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 30-oktabrdagi 9-2015-son
buyrug‘iga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani
o‘tash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Oldingi
tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “
Oliy ta’limning davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida
”gi va 2015-yil 2-martdagi 36-son “
Magistratura to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
”gi qarorlariga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda OTM
deb yuritiladi) magistratura mutaxassisliklari talabalari (bundan buyon matnda magistratura talabasi deb
yuritiladi) tomonidan stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 22-2021-
sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2734-1, 16.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
16.07.2021-y., 10/21/2734-1/0682-son)