Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi nizomi
Download 145.6 Kb. Pdf ko'rish
|
42eb79677f876aff6725ad660bdc0d0c
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi NIZOMI I. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori bilan tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazining (keyingi o‘rinlarda – tarmoq markazi deb ataladi) faoliyatini belgilaydi. 2. Tarmoq markazining maqsadi – oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari sifatini takomillashtirish, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha iqtisodiyot sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, tarmoqdagi innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, tegishli sohalar bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat. 3. Tarmoq markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshirish hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-resurs bazasini yaratish; xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida, shuningdek mahalliy konstruktorlik-texnologik muassasalar va respublikadagi yirik korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda, eng avvalo, yuqori va innovatsiya texnologiyalari sohasida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim dasturlarini amalga oshirish; ta’limning ishlab chiqarish bilan samarali o‘zaro hamkorligini, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga ko‘chma mashg‘ulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini ta’minlash; tarmoq markazlarida, shu jumladan ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv va moddiy-texnikaviy bazani yaratish; oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.
4. Oliy ta’lim muassasalarining pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Tarmoq markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tarmoq vazirliklari hamda ushbu Nizomga asosan amalga oshiradi. 5. Tarmoq markazi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga ega bo‘ladi. Download 145.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling