Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning malakasini oshirish


Download 15.98 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi15.98 Kb.
#1004745
Bog'liq
Oliy ta


Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning malakasini oshirish;
Ta’limning turli yo`nalishlari uchun yangi o`quv dasturlari, zamonaviy o`quv-metodik adabiyotlar yaratilishi;
Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar, konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;
Professor o`qituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi;
Xorijiy o`qituvchi va professorlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish;
Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va …aro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim Vazirligi o`rtasida 1999 yil 8 noyabrdan belgilangan “Ta’lim sohasida hamkorlik” to`g`risidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida O`zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari, va yosh mutaxassislar amaliyot o`tamoqdalar.
Xitoy oliy ta’lim muassasalarida amaliyot xitoy tili va adabiyoti shuningdek, turli texnik va tabiiy fanlar yo`nalishi bo`yicha bilimlarni takomillashtirish maqsadida olib boriladi.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR, Malayziya, Hindiston, RF va boshqalar bilan to`g`ridan-to`g`ri muassasalararo shartnomalar asosida hamkorlik olib borishmoqda.
Ushbu shartnomalar parofessor o`qituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qo`shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni ko`rib chiqadi.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Britaniya Kengashi, Gyote nomidagi institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentliklari, Hindiston va Malayziya texnik hamkorlik dasturi, BMTningg rivojlanish dasturi, JB, ATB, ITB va boshqalar bilan yaqindan aloqa o`rnatgan.
Ushbu barcha dastur va loyihalar davlatda oliy ta’limni rivojlantirish, ilg`or xorijiy tajribani qo`llagan holda o`quv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor o`qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yo`naltirilgan.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining Tempus va Erazmus Mundus nomli ta’lim dasturlarida faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz.
Ayni paytda respublikada Evropa Ittifoqining Tempus o`quv dasturining 20ta loyihasi tadbiq etilib, ularda O`zbekistonning 40 atrofida oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi.
Tempus loyihasi asosan texnik fanlar va nazariy texnologiyalar sohasidagi magistratura va bakalavriat uchun o`quv dasturlarini ishlab chiqarishga bag`ishlangan. Respublika oliy ta’lim muassasalari evropa universitetlari bilan hamkorlikda turli fanlar bo`yicha yangi o`quv dasturlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish bo`yicha hamkorlikda ishlar olib boradi. Bundan tashqari, Tempus loyihasi ishtirokchi oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuter uskuna va texnikasi bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
Tempus loyihasi shuningdek, oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan. Loyihalar doirasida evropa oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli seminarlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, malaka oshirish kurslari olib borilishini alohida ta’kidlash kerak.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining talabalar, o`qituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erazmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va o`qituvchilar evropa oliy ta’lim muassasalarida ilmiy amaliyot o`tash imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Hozirgi kunda xorijiy o`qituvchi va mutaxassislarni o`quv jarayoniga jalb qilish bo`yicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo`nalishdagi eng faol ish Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentliklari JICA va KOICA bilan olib borilmoqda.
Download 15.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling