Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana20.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1039319
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
393 20.06.2017

8-bob. Yakunlovchi qoida 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonunchilik hujjatlariga 
muvofiq hal qilinadi. 
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
31
1
. Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 
qarorlardan norozi bo‘lganlar tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki 
sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
(31
1
-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli 
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-
son) 
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son 
qaroriga
3-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan 
chetlashtirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1. Mazkur Nizom “
Ta’lim to‘g‘risida
”, “
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida
”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va oliy ta’lim sohasidagi boshqa qonunchiligiga muvofiq oliy 
ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini 
belgilaydi. 
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi 
akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga, O‘zbekiston 
Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim 
muassasalariga tatbiq etilmaydi. 
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktabrdagi 655-sonli 
qarori
 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 09/21/655/0989-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2
1
. Xorijiy fuqarolarning o‘qishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish (tiklash) suhbat asosida amalga oshiriladi. 
Ularning to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. 
(2
1
-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 
3. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan 
chetlashtirish tartibi hamda bu boradagi komissiyalar faoliyatining shaffofligini ta’minlash 
maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan 
vazirliklar va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalarning saytlarida alohida ma’lumotlar bazasi 
tashkil etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Ma’lumotlar bazasi mazkur Nizom, hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladigan oliy ta’lim 
muassasalari ro‘yxati va ularga topshiriladigan hujjatlar namunalari, xorijiy oliy ta’lim 
muassasalaridan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar uchun sinovlarni o‘tkazish muddatlari, manzili 
aks ettirilgan jadvaldan tashkil topadi. 
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-
apreldagi 360-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 
09/19/360/3030-son) 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling