5-bob. Abituriyentni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish va o‘qish uchun to‘lov tartibi
28. Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari
asosida kirish sinovlarining ballar reytingi bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etish to‘g‘risida Davlat
komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin oliy ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy
shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylashtiriladi.
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi
tomonidan sinov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar
va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada
rasmiylashtiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar
uchun to‘lov har yili kontrakt shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y.,
09/22/153/0266-son)
6-bob. O‘qishga qabul qilish tartibi
29. Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish
to‘g‘risidagi qarori 20-avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 25-
avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy
ta’lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi
qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar
tomonidan o‘qish uchun belgilangan mablag‘ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan
tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
(7-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-
son)
Do'stlaringiz bilan baham: |