Oliy ta’lim muassasasida hammasi isloh bo‘ladi, bizga atigi 3 oy kerak


Download 26.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi26.5 Kb.
#256652
Bog'liq
Abduqodir Toshqulov


“Oliy ta’lim muassasasida hammasi isloh bo‘ladi, bizga atigi 3 oy kerak” — Abduqodir Toshqulov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning aytishicha, tizimni isloh qilish uchun uch oy muddat kifoya qiladi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bu haqda vazir yopiq tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tgan bo‘lib, uning fikrlari aks etgan audio yozuv YouTube’ga joylandi.

“Birinchi yig‘ilishda men qog‘ozni kamaytirishni aytdim. Hali erishganimiz yo‘q bunga, endi erishamiz. 3 oydan keyin rektor iloji boricha qo‘liga qog‘oz ushlamaydi, elektron bo‘ladi. Elektron imzo bilan ketadi. Umuman oliy ta’lim muassasasida nima yoqmagan bo‘lsa, nimadan qiynalgan va nima erish tuyulgan bo‘lsa hammasi isloh bo‘ladi. Bizga atigi uch oy kerak bo‘ladi”, — deb ta’kidlagan Toshqulov.

“Vazirlik bilan integratsiya juda past va sust. OTM rektori yordamchisi vazir yordamchisi bilan qariyb gaplashmaydi. Bugun men vazirlikda xonalarni aylandim, xalqaro bo‘limga kirdim. ‘Nechta oliy ta’lim muassasangizda bu bo‘limda vakansiya bor’ desam bilmaydi. Nimani biladi? Nima ish bilan shug‘ullanadi? Umuman shunday tizim bo‘ladi — vazirlik OTMlar ahvolini so‘rab turadi. Kerak bo‘lsa, har kuni axborot berasizlar. Vaziyat qanday, COVID bilan kasallanganlar yo‘qmi, qurilish bo‘layotgan bo‘lsa, u qanday ketyapti, dars sifati qanaqa — bugundan boshlab monitoring qilamiz”, — degan u.



Abduqodir Toshqulov, shuningdek, OTM rahbarlari mahalliy hokimlikdagi yig‘ilishlarga jalb qilinishi masalasiga ham to‘xtalgan.

“Qaysi viloyatda qaysi OTMlarimiz bir hafta mobaynida necha marta necha soat yig‘ilishga boryapti, buni ham qonuniy hal qilib beramiz. Tizimni sal qaddini ko‘tarib olish kerak”, — degan OTM vaziri.
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling