Oliy ta’lim talabalarining o‘zlashtirish darajasining samaradorligini aniqlash usullari. Rustamov Mirodiljon Muxammadjonovich Andijon davlat tibiyot instituti
Download 62.18 Kb.
|
tezis lotin tayyor
OLIY TA’LIM TALABALARINING O‘ZLASHTIRISH DARAJASINING SAMARADORLIGINI ANIQLASH USULLARI. Rustamov Mirodiljon Muxammadjonovich Andijon davlat tibiyot instituti. Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta’lim muasssasida taxsil olayotgan talabalarning bilimini baholash usullari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: baholash, mezon asosida baholash, reprezentativ, paralell, spesefik shakl. So‘nggi yillarda pedagogika sohasida jarayonlarni tadqiq etishda tizimli yondashuv muhim rol o‘ynamoqda. CHunki tizimli yondashuv ilmiy bilishning darajasini etarli darajada kengaytirish, ilmiy bilimlarni keng miqyosda sintezlashga erishish hamda o‘rganilayotgan hodisa va ob’ektlar haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Ta’limda samaradorlikka erishganlik ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari o‘quv rejalarning bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi. Baholash - bu ta’lim jarayonining belgilangan bosqichida o‘quv maqsadlariga erishganlikni mezonlar asosida o‘lchash, erishilgan natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat voqeilikdir. Baholash jarayonida mezon asosida va me’yor asosida baholash shakllari mavjud bo‘lib, oliy ta’limda axborot texnologiyalari mashg‘ulotlarini olib borishda mezonga asoslangan baholash shaklidan foydalaniladi. Mezon asosida baholash - talabalarning ta’lim jarayonida erishgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini avvaldan belgilangan o‘quv maqsadlarini hisobga olib ishlab chiqilgan, barcha uchun bir xil mezonlarga ko‘ra o‘lchash hamda taqqoslash usulidir. Bunda olingan ko‘rsatgichlar adolatli va xolisona baholanadi. Bu jarayon kuchli guruhlardan kuchsiz guruhlarni yaxshiroq ajratish va farqlash imkoniyatini beradi. Baholash davomida faqatgina ta’lim oluvchining emas, balki, ta’lim beruvchi o‘qituvchining ham kuchli va kuchsiz tomonlari, o‘quv jarayonidagi yutuqlar va kamchiliklar aniqlanadi. Bu jarayonda ta’lim tizimida qatnashayotgan me’riy hujjatlar, ta’lim vositalari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ta’lim jarayonini tashkil etish sifati ham baholanadi. 1. Olingan natijalar bo‘yicha tajriba va nazorat guruhlarining o‘zlashtirishini taqqoslash uchun guruhlardagi o‘zlashtirishning o‘rta arifmetik qiymati dan. (3.2.1) Bunda: - baho qiymati bo‘lib, u 2,3,4,5 qiymatlarni olishi mumkin; mj - mos baholarning qaytarilishlar soni; N – tajribada ishtirok etayotgan umumiy talabalar soni. 2. Fanning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan elektron axborot-ta’lim resursining samaradorligini baholovchi tajriba va nazorat guruhlari baholarining o‘rta arifmetik qiymatlari nisbati - samaradorligi koeffitsienti bo‘lib, bunda u dan iborat. (3.2.2) Bu erda, – ajratib olingan tajriba guruhida o‘zlashtirish baholarining o‘rta arifmetik qiymatini ifodalaydi, - nazorat guruhida o‘zlashtirish baholarining o‘rta arifmetik qiymatidir. Oliy ta’lim iqtisodiyot yo‘nalishlari talabalarining baholanishi, o‘zlashtirish ko‘rsatgichi, ularda shakllantirilgan bilim, ko‘nikmalar darajasiga mos maxsus test savollari hamda, mutaxassislikka oid topshiriqlar orqali aniqlandi. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishi davomida olingan natijalarning ishonchliligini baholashda pedagogik tajribadagi tasodifiy miqdor matematik kutilmasining nazariy qiymati, ishonchlilik oralig‘i ham aniqlandi. Bizning olib borgan tajribamizda bu oraliq miqdoriy o‘zlashtirish baholarining o‘rta arifmetik qiymatini ifodalovchi x* dir. ishonchlilik ehtimolligi quyidagi formuladan foydalanib aniqlanadi: (3.2.3) bunda, - erkinlik darajasi (M=N-1) qiymatini hamda, qiymati “X” parametrining ishonchlilik oralig‘iga tegishli bo‘lmasligi rost qiymatining ehtimollik foizi va jadval bilan aniqlanuvchi miqdoriga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient; - o‘rtacha kvadratik chetlanish bo‘lib, va - dispersiyaning emperik qiymatini; N – tajribada qatnashuvchi talabalarning umumiy sonini ifodalaydi. Fanni o‘qitish tajribasi jarayonida har bir moduldagi bittadan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari kuzatildi. Unda talabalarning berilgan topshiriqlarni bajarishini o‘zlashtirish darajasi, hamda shu topshiriqlarni bajarishga sarflagan vaqti belgilab olindi. SHuningdek talabalarni bilimini baxolashda test tizimidan ham foydalanishimiz mumkin. Quyida biz test toashiriqlarini regretsion taxlilini ko‘rib chiqamiz. Download 62.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling