Oliy ta’lim tizimida o‘qitishning xorijiy tajribalari


Download 24.68 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi24.68 Kb.
#1101841
Bog'liq
“OLIY TA’LIM TIZIMIDA O‘QITISHNING XORIJIY TAJRIBALARI” MAVZUSIDAGI AMALIY SEMINAR HAQIDA


“OLIY TA’LIM TIZIMIDA O‘QITISHNING XORIJIY TAJRIBALARI” MAVZUSIDAGI AMALIY SEMINAR HAQIDA

  • Asosiy


  • Qabul natijalari


  • Yangiliklar


  • Tadbirlar



26-27 aprel kunlari Samarqand tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda "Oliy ta’lim tizimida o‘qitishning xorijiy tajribalari” mavzusidagi amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish, xalqaro standartlarga mos yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini tuzishdaxorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘quv tizimidagi tajribalaridan foydalanish haqida fikr yuritildi.
Mazkur seminarda TATU rektori O‘.R. Xamdamov "Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligi” mavzusida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi prorektori Li Sul Chu (Chil Soo Lee) "Janubiy Koreya ta’lim tizimi” mavzusida ma’ruza qildi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2016 yil 23 fevraldagi "2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini bajarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining mas’uliyati to‘g‘risida”gi 17-son bayoni hamdaOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 9 martdagi 99-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda Samarqand viloyatidagi barcha Oliy o‘quv yurtlari rektorlari, prorektorlari vao‘quv-uslubiy bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.
2 kun davom etgan ushbu amaliy seminarda TATU va uning xududiy filiallarida Janubiy Koreyaning nufuzli Oliy o‘quv yurtlari tajribalariga tayangan holda yangi tashkil etilgan bakalavriat yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari haqida ham ma’lumotlar almashinilib, fikrlar bildirildi. Shu bilan birga, oliy ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayoni va ta’lim sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash maqsadida MOODLE tizimidan foydalanish, talabalar bilimini reyting asosida baholashning afzallik tomonlari ham seminarda muhokama etildi



Download 24.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling