Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
Download 55.5 Kb.
|
ИТМ он2 KADIROVA
Variant - 5 Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari. Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Axborot-kompyuter tizimi - zamonaviy ilmiy bilimlar rivojining muhim manbai sifatida. Oliy ta’lim tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya ilovasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga asoslanadi. Quyidagilar oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi: mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish; oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish; sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash. Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi: oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish; ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish; oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish; ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish; yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish; oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash; oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish; korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish; oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash. Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy-ijodiy faoliyatga xos bolgan novatsiyalar nazariy va empirik jihatdan yangicha sifatli holatga о 'tish, eskirib qolgan qoida, vaziyat va aham iyatlarini qayta ко‘rib chiqish bilan bogliq. Novatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyati asosida to‘plangan tajriba va yangiliklammg dinamik birligini saqlagan holda, insoniyat hayotining turli sohalariga oid yangiliklarni maqsadli yo'naltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, u vorisiylik tamoyiliga rioya qilgan holda erkin tarzda yangi nazariyalarni yaratishda ham metodologik ahamiyat kasb etadi1. Demak, nazariy va empink yangiliklar yig‘indisi ilmiy faoliyatdagi innovatsiya va novatsiyalarmng yaxlitligini tashkil etadi Yangilik kiritish ichki mantiq va yo‘nalishlarga ega b o iib , u yangi g'oya (fikrni) paydo boiishidan undan foydalana boshlanishigacha boigan jarayon ham ilmiyljodiy faoliyat m antigini belgilab beradi. Shu tariqa ilmiy-ijodiy faoliyatning dinamikasi yangilik kiritishda takomillashib boradi. Chunki novatsiya jarayoninmg tuzilishi yangiiiknmg bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o'tishida o'zgarib boradi Novatsiya yangi ilmiy g'oyada «eskilik» elementi, ilgari mavjud bo igan biror narsa borligini ham ifodalaydi. Shu tariqa yangilik vorisiylikka tayanadi. Bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni у ana o ‘matilgan yangi haqiqat demakdir. Novatsiyada, shuningdek, avvaigi mavjud boigan g'oya yoki paradigmani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtiriladi Shunday qilib, novatsiya jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang-barangligida anglash oldmdan ko'ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi Innovatsiya yoki novatsiya “biror qiziq voqeaga duch kelsang, uni tadqiq qil, qolganiga q o i silta” degan aqidaga suyanib qolmay, an’anaviy qarashlarning turli variantlanga e ’tibor qaratadi. Zero, msonvyatmng llmiyijodiy faoliyati o'z rnohiyati va metodi bo'yicha ratsional, shuningdek, o'zining eng g'aroyib yutuqlanni faqat miyaning xavfli kutilmagan faoliyati orqali ifodalaydi, ya’ni olim innovatsiya yoki novatsiyalar asosida bilimni evristik seleksiya qiladi va saralaydi. Bu muayyan maqsadga yo'nalgan bo'ladi Keyin bu jarayon qayta takrorlanadi va olimga yangi gorizontlarni (ufqlarni) ko'rishga imkon beradi. Bunmg natijasida, olim miyasida ilg'or innovatsion g'oyalar shakllana boshlaydi va kutilmaganda kristallashuvga o'xshash evristik jarayon ro‘y beradi. Demak, innovatsion fa’sir vositasida olim mivasi muayyan vaqtda o'zining yangi konsepsiyasining asosiy belgilarini aniqlaydi, matematikada bo'lgam kabi bu kutilmagan fikrham maqsadli faoliyat jarayonida emas, balki faoliyatga bog'liq bo'lmagan vaqtda ham ro'y beradi, ya’ni olim miyasi kashfiyot bilan band boim agan paytda sodir boiadi. Bu davrda ijodiy jarayonga histuyg'uiar aralashadi Biroq kutilmagan omadli g'oyaning kashf qilimshi lfodalanishi ijodiy jarayonning oxiri emas, balki boshi hisoblanadi. Chunki olim o'z g'oyalanning to'g'riligini asoslashi, oqibatlarini aniqlashi, ulami eksperiment natijalari bilan solishtirishi, barcha ehtimoliy imkonlarga javob topishi va mhoyat o'z kashfiyoti chegaralarini aniqlashi lozim boiadi. Ilmiy tadqiqotning takomillashuviga ta'sir ko'rsatnvchi nochiziqh tafakhir, ijodning attraktor holati. ijodiy faoliyatdagi bifarkatsion о zgansh hamda fluktuatsion la 'sirlar masalasi ham e ’iibordan chetda qolgan Shu nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqotning mazkur jihatlanga e ’tibor berish uning haligacha ochilmagan qirralarini izlab topishga yordam beradi. Buning uchun awalo ilmiy tadqiqotga daxldor ha' bir tadqiqotlardagi qoilanilgan usul, vosita, texnika va texnologiyalami o'rinli birlashtirish, fanlararo uzviy uyg'un tadqiqotlami to'g'ri y o ig a qo'yish lozim. Har qanday ilmiy tadqiqot uchun zarur bo‘lgan axborot, ma’iumot va bilimning qamrovi, ulardan faoliyatda foydalanish darajasi muhim ahamiyatga ega. Eng umumiy ma’noda axborot narsa va hodisalar haqidagi har qanday ma’lumotni anglatadi, biroq hozirgacha axborotning umum qabul qilingan ta’nfi yo'q. Axborotning eng sodda klassik ta’nfi bu - ma’lumot berishdir. N. Viner fikricha, “Axborot — tashqi olamga ko‘mkish jarayonida undan olingan mazmunm ifodalashdir” Bu yerda axborot tashqi olamni aks ettirish (gnoseologik jihat) va adaptatsiya (unga qo'nikish) deb ifodalanadi. L. Popov “Axborot kommunikatsiya va aloqa jaaryomdagi noaniqlikning bartaraf qilinishi” deb hisoblaydi. Bu ta’rifda asosan axborotning falsafiy - psixologik (kommunikatsiya, aloqa) tomoniga e ’tibor qaratiladi. R. Eshbi “Axborot - strukturalaming m e’yori, yangilik, originallik”, S. Mol esa, “Axborot - tanlash ehtimolligi” deb ta’rif beradi. L. G. Svitich “Axborot tushunchasi ko'p ma’noga ega, lekin umumiy falsafiy, metolingvistik ma’noda potensial, keng yoritilgan real mohiyatlarnmg majmui” deb tushunadi. Axborot — obyektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo 'lib, о ‘zini saqlash. qayta ishlash va ta ’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mo jjallangan moddiy tizimlarda namoyon bo ‘ladi. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi - axborotning muhim xususiyatlari. «Axborotni o'rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy b ogiiq , chunki axborot unda funksionai xossa sifatida mavjuddir» «Axborot», «m aium ot», «bilim» tushunchalari ko'pincha bir-biriga o'xshatiladi. Bu qisman shu bilan izohlanadiki, bir darajada axborot sifatida amal qiluvchi dalillar boshqa darajada malumotlar sifatida amal qilishi mumkin Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling