Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 54.64 Kb.
|
1-maruza uzb tili
TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.Matnni o‘qing. Matn bo‘yicha savollar tuzing. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering. Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab, fors, koreys va boshqa tillar.Tillarning barchasi insonlar o‘rtasidagi aloqa-aralashuvni ta’minlash vazifasini bajaradi. Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi. Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o‘zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o‘lik tildir. Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o‘zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi Til millatning qalbi, uning o‘tmishi, buguni va kelajagi sanaladi. Shu ma’noda har bir millatning ona tilisida uning bebaho xazinasi, minglab so‘zlar saqlanadi. Bu so‘zlarni asrlar davomida xalq yaratadi, unga sayqal beradi, asrab-avaylaydi. Har bir davrda yashagan xalq vakillari bu so‘zlarni e’zozlab, ularga ishlov berib, so‘zlar xazinasini boyitib, keyingi avlodlarga yetkazishga mas’uldirlar. Internet ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 6000 dan ortiq til bo‘lib, ularning so‘z boyligi, leksik-grammatik qurilishi, uslubiy imkoniyatlari darajasi bir xilda emas. Bu borada o‘zbek tili dunyodagi eng boy, shirali tillardan biri sanaladi. Bu tilda Mahmud Koshg‘ariy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodira, Ogahiy singari buyuk zotlar barakali ijod qilgan bo‘lishsa, Muqimiy, Furqat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylar uni yangi pog‘onalarga olib chiqishdi. O‘zbek tilining XX asr boshlaridan bugungi kungachatarixiy ildizlarga ega. Ozarbayjon, usmonli turk, qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq, uyg‘ur, chuvash, tatar, boshqird, xakas, yoqut singari 30 dan ortiq turkiy tillardan biri sifatida u qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek tili singari uzoq taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan.
Download 54.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling