Oliy ta’limda fizika kursini mutaxassisligi fizika bo‘lmagan yo‘nalishlarda o‘qitishning ba’zi jihatlari


Download 19.32 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi19.32 Kb.
#1366111
Bog'liq
Oliy ta


Oliy ta’limda fizika kursini mutaxassisligi fizika bo‘lmagan yo‘nalishlarda o‘qitishning ba’zi jihatlari.
N.Z.Mamadaliyeva , M.O.Tohirova Qo’qon DPI.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun XXI asrda O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish istiqbolini belgilab berdi. Bu muhim hujjatlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Shunday ekan jamiyat taraqqiyoti, fan rivoji samarali o‘qitish texnologiyasiga bog‘liq. Samarali o‘qitish texnologiyasida ma’ruza muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy o‘quv yurtlarida ma’ruza chuqur ilmiyligi, mukammalligi, fikrlash uchun oddiyligi bilan sifatlanadi. Materialni bayon qiluvchi ma’ruzachi qanday maqsadda nimani o‘rgatishni xohlaydi? Bilimi va vaqtini nima uchun sarflayapti?. Mavzudagi muammoni jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘lay olyaptimi? Auditoriyani umumiy fikrlash jarayoniga jalb qila olyaptimi? Talabalar tomonidan savollar qiziqish bilan ko‘tarilyaptimi? degan savollarga javob bera olishi lozim. Materialni ilmiy bayon qilish fanning hozirgi holatini, uning tadqiqot usullarini va rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi.
Fizika fani fundamental va tabiatda asosiy eng ko‘p qonunlarni ifodalovchi fan sifatida, inson faoliyatining deyarli hamma sohalarida kerak bo‘ladi. Oliy ta’limda fizika kursini ishchi dasturini shakllantirishda, fizika yagona va uzluksiz kurs sifatida o‘qitilishi kerak, lekin bunda ushbu mutaxassislik uchun asosiy ta’lim dasturi talablari e’tiborga olinishi kerak. Bu dasturni amalga oshirish metodikasini va ishchi dasturini ishlab chiqish masalasining qiyinligi shundaki, umummuhandis va umumtexnika fanlari bilan fizikaning fanlararo aloqalaridan foydalanilgan holda, fizikaning fundamental kursini bayon qilishda, talabalarning fanga tabiiy qiziqishini ushbu fan masalalariga so‘ndirilmasligi kerak. Texnika yo‘nalishlari uchun, mutaxassislikka bogliq bo‘lmagan holda, tabiatning asosiy eng kup qonuniyatlarini ifodalovchi, tabiiy-ilmiy fanlarning uzluksiz va yagona kurs sifatida karalishi kerak. Bunda fizika kursi buyicha ishchi dasturni yaratish uchun, maxsus fanlar va kasbiy sikl fanlarida davomi bo‘lmaydigan, fizika buyicha fundamental mavzularni alohida ajratish kerak. Bunday mavzularga umumiy va maxsus nisbiylik nazariyalari, kvant va to‘lkin optikaning ba’zi masalalari yoki kvant mexanika elementlari bo‘limlari kabi, yuqori kurslarda talabalarning keyingi ta’limida davomiyligi bo‘lmay, lekin bu bo‘limlar bo‘lajak mutaxassislar(masalan, injener va h.k.)lar fundamental ta’limida zaruriy element bo‘lib qoladi.
Bu fundamental mavzular, fizika kursida tugallangan ko‘rinishda qaralishi kerak. Ya’ni talabalar, umumiy fizika buyicha ta’lim olishda, fizik hodisalar, asosiy qonunlar va ularning qo‘llanilish chegarasining fizikaviy ma’nosi buyicha chuqur bilim olishlari kerak. Ta’kidlash kerakki, nazariy mexanika kursida mexanik harakatning dinamik va kinematik xarakteristikalari, termodinamikaning maxsus kursida suyuqlik oqimining qonunlari yoki gazlarda siklik jarayonlar kabi mavzular o‘qilgani uchun, fizika kursida ularni qisqartirilgan tartibda berish mumkin. Shuning uchun bu tadbir, fizika kursi ishchi dasturini tuzishda, fanlararo aloqalarni optimallashtirish hisoblanadi. Fizika kursi mazmunini ifodalashning chegarasi - talabalarning doimiy faol qiziqishini ta’minlashga intilishdir. Oliy ta’limda fizika kursini mutaxassisligi fizika bo‘lmagan yo‘nalishlarda fizika kursini o‘qitishda e’tibor berish kerak bo‘lgan ba’zi jihatlarni misol keltirish mumkin.
1. «Molekulyar fizika va termodinamika asoslari» bo‘limini o‘qitishda, issiqlik fizikasi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishga e’tibor berish kerak.
2. «Elektrostatika» bo‘limini o‘qitishda, turli texnologik jarayonlarda, elektr maydonning zaryadlangan ob’ektlarga ta’sirini turlicha qo‘llash masalalarni o‘rganishga e’tibor berish kerak.
3. «Tebranishlar va to‘lkinlar» bo‘limini o‘qitishda, akustikanng turli masalalarni o‘rganishga e’tibor berish kerak.
4. «Kvant optika elementlari» mavzusini o‘qitishda, lyuminessensiya hodisasini svetotexnikada qo‘llash masalalarini o‘rganishga e’tibor berish kerak.
Zamonaviy talabalar uchun, fizika kursi materialini bayon qilishning mumkin bo‘lgan variantlarini qidirish kerak. Internet yoki boshka manbalarga raqobatchi, bunda ma’ruza materialiga qiziqishni ta’minlash kerak. Lekin bu holat, fizika kursini mazmunini yengillashtirishga olib kelmaydi, chunki zamonaviy fizika tushunchalarini o‘zlashtirish, nazariy fizika elementlari va mos matematik apparatlardan foydalanishni talab qiladi.
Fizika va matematikaning bog‘liqligi, bu ikkala fanning umumiy rivoji bilan bog‘liqdir. Fizika ta’limi jarayonida hisobga olish kerakki, matematika kursi materialini bayon qilishning ketma-ketligiga egadir. Matematika kursi mazmuni, uning kismlarining qat’iy mantiqiy ketma-ketligi sharoitida bayon kilinishi kerak. Fizika kursi uchun juda muhim bo‘lgan matematika bo‘limlaridan masalan, differensial va integral tushunchalari, chegara nazariyasi va funksiyaning uzluksizligi tushunchalari bayonidan keyin urganiladi[1]. Fizika kursida differensial va integral apparatlaran foydalanish ko‘nikmasiga ma’lum tayyorgarlik matematika kursida amalga oshiriladi. Lekin fizika kursida, fizikada matematik metodlarni qo‘llashni talabalarga o‘rgatish masalalariga e’tibor berish, talabalarga fizik hodisalarning matematik modelini yaratishga imkon beradi.
Talabalar tomonidan algebraik xosila tushunchasi, harakatning kinematik xarakteristikalarini aniqlashda yaxshiroq tushuniladi. Aniq integral tushunchasi, ko‘pgina fizikaviy masalalar( tezlanishli xarakatda zarra xarakat tezligi o‘zgarishini yoki bosib o‘tilgan yo‘lni aniqlash, o‘zgarurchan kuch bajargan ishni aniqlash va h.k.)da qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Fizikaning asosiy qonunlari formulirovkasi, eksperimental faktlar taxlili bilan tasdiqlanishi, bu qonunlarning mazmunini va ularning qo‘llanilish chegarasini to‘liq ifoda etishi kerak. Lekin bunda nazariy fizika elementlarining kiritilishi, fizika kursini tushuntirishni osonlashtirishi kerak. Shuning uchun, o‘rganiladigan fizikaviy qonunlarning mazmunini ifodalovchi murakkab matematik apparatdan foydalanish kerak emas. Fizika kursini o‘rganish dasturini bunday tarkibiy ko‘rib chiqish, talabalar tomonidan bu fanni o‘rganishni osonlashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Rumbeshta Ye. A. Teoriya i metodika obucheniya fizike. Tomsk: TGPU, 2008.

  2. Omonov X.T., Ho‘jayev N.X. va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: “Iqtisod–Moliya”, 2009.

3. Nazirov E.N., Xudayberganova z.a., Safiullina N.X. Mexanika va molekulyar fizikadan praktikum. - T.: ” O‘zbekiston”, 2001.
Download 19.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling