Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintagm atik m unosabat
- Qismlarrring
Lingvistik m unosabatlar
F. de Sossyuming lingvistik birliklar o ‘rtasidagi munosabatgajiddiy e'tibor berganligi qiymat tushunchasini belgilashda ham, tilning sistemaviy tabiatini belgilashda ham aniq ko'rinib turadi. U ning fikricha, tilning m uayyan bir davrida har bir narsa munosabatlarga asoslanadi. Barqaror (uzual) m unosabatlaryig‘indisi tilni tashkil etadi va uning funksiyalanishini belgilaydi. Shuning uchun sistemaning har bir a ’zosi boshqa a'zolar bilan sintagmatik va assotsiativ m unosabati orqali aniqlanadi. M unosabatlarning xarakteriga ko‘ra ikki gum hga ajratadi: a) sintagmatik munosabat; b) assotsiativ munosabat. Bu ikki m unosabat aqliy faoliyatimizning ikki shakliga muvofiq keladi. S in tag m atik m u n o sab at ikki va u n d a n o rtiq m u n o sab at a ’zolarining aktual ketma-ketligiga asoslansa va in praesentia b o ‘lsa, 47 www.ziyouz.com kutubxonasi assotsiativ m unosabat bunday m unosabat a 'z o la rin i v irtu al, mnemonik qatorga birlashtiradi, ulaming a ’zolari doimo in avbsentia bo'ladi.1 Sintagm atik m unosabat S o ‘z nu tq ja ra y o n id a o ‘zaro b o g 'la n ib , k e tm a -k e tlik k a asoslangan munosabatga kirishadi. K etm a-ketlik xususiyati ikki elementning bir vaqtda talaffuz qilinishiga imkon bermaydi. Bu elem entlar nutq oqimida biri ikkinchisi orqasidan teriladi. Ana shunday ch o ‘ziqlikka ega bo'lgan bog‘larrish F.de Sossyur fikriga ko‘ra, sintagma sanaladi. Sintagma doimo eng kamida ikkita ketma-ketlik birliklarining o ‘zaro munosabatidan tashkil topadi. Sintagm a a'zo lari o ‘zidan oldin yo o ‘zidan keyrn kelgan birliklarga yoki har ikkisiga zidlanishiga ko‘ra m a'lum qiymatga ega bo ‘ladi. Sintagma ikki va undan ortiq birliklarning erkin bog‘lanishi natijasida hosil bo'lganligi uchun sintagmatik munosabatni ayrim mualliflar nutqqa xosligmi ta'kidlaydilar. Lekin F.de Sossyur uning ham tilga, ham nutqqa dahldor ekanligini ko‘rsatadi. Uning fikricha, sintagmaning tipik ko‘rinishi gap bo‘lsa ham, lekin bunday gap nutqqa xos bo'Iganligidan kelib chiqib, sintagma faqat nutqqa dahldor bo ‘ladi, degan xulosaga kelmaslik kerak. Nutqning xarakterli belgisi elementlarning erkin almashinishidir. Ana shundan kelib chiqib, sintagmaga yondashadigan b o ‘lsak, sintagmaga dahldor bo‘lgan bir qator sintaktik qurilmalar barqarorlik xususiyatiga ega ek an lig in i k o ‘rsatad i. M asalan , m aq o llar, frazeologizmlar va boshqalar. Bunday ifodalar nutq jarayonida hosil qilinmaydi, balki an'anaga ko‘ra tayyor holda nutqqa olib kiriladi. B undan tashqari, m a'lum qoidalar asosida qurilgan barcha sintagmalarni ham nutqqa emas, balki tilga kiritish lozim, deydi. Chunki bunday qurilmalarning tilda tayyor nam unalari mavjud 1 SossyurF.de. 0 ‘sha asar, 156-bet. 48 www.ziyouz.com kutubxonasi b o ‘ladi. Shuningdek, muayyan shablonlar asosida shakllangan birikma va gaplar haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Bunday shablonlar so‘zlovchi xotirasida oldindan mavjud bo ‘ladi. Sintagm atik butunlik F.de Sossyur sintagm atik butunlik tushunchasiga ham e ’tibor beradi. Uning ta ’kidlashicha, barcha til birliklari yo nutq oqimidagi qurshovga yoki o ‘zini tashkil etgan elem entlarga bog'liq b o ‘ladi. Bunga so ‘z yasalishining yaqqol m isol b o 'lish in i k o ‘rsatadi. M asalan, ishla so‘zi ikkita quyi birliklarga bo'linadi: ish-la. Lekin ular o ‘zaro oddiy bog'langan ikkita alohida-alohida qismlar emas, balki o ‘zaro bog‘iiq bo'lgan elem entlarning butunlik tarkibida o 'z a r o h a m k o rlig i tu fay li m u ay y an q iy m atg a ega b o ‘lgan qism lardir:-la o'zich a mavjud b o ‘lmaydi. Tilda u tuz-la, yod-la kabi bir qator asos qism larning mavjudligi hisobiga o ‘z o'rniga ega bo'ladi. Shu bilan birga asos qism ham unga ergashib keluvchi sufikssiz m a'lum qiymatga ega boMmaydi. Butunlik qiymati uning qismlari asosida arriqlanadi. Qismlarrring qiymati esa butunlik tarkibidagi o ‘rni bilan belgilanadi. B undan esa qismning butunga bo ‘lgan munosabati butunning qismlari o ‘rtasidagi munosabat kabi katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Shuni ta'kidlash kerakki, Sossyur butun va bo ‘lak o'rtasidagi munosabatni ham sintagmatik m unosabat hisoblaydi.1 Ikki va u n d a n o rtiq e le m e n tla rn in g o ‘zaro b o g ‘liq m u - nosabatidan tashkil topgan butunlikn: sintagmatik butunlik deb hisoblaydi va u tilning barcha qatlam larga m ansub ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, tilda o'zining qismlari bilan ham, o ‘ziga o ‘xshash boshqa birliklar bilan ham sintagmatik munosabatga kirishmaydigan ayrim birliklar mavjudligini ta'kidlaydi. Bunday birliklarga gap ekvivalenti bo ‘lib keladigan ha, yo‘q, albatta, rahm at singari birliklar kirishi, lekin ularning mavjud 1 Sossyur F.de. 0 ‘sha asar, 100-bct. 4 — A. Nurmonov 49 www.ziyouz.com kutubxonasi bo'lishi, tilning um um iy smtagmatik m unosabat tamoyilini rad etmasligini ko‘rsatadi. Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling