Shunday qilib, strukturlik va funksionallik
Praga lingvistik
maktabining ikki muhim xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun
ham Praga lingvistik maktabi funksional lingvistika nomi bilan
yuritiladi.
«Praga lingvistik to ‘garagi tczislari»
da bayon qilinishicha, til
inson faoliyatining hosilasi bo‘lishi bilan birga, m a'lum maqsadga
yo'naltirilganlik xususiyatiga ega bo'ladi.
Shuning uchun lingvistik
tahlilga funksional nuqtayi nazardan yondashmoq lozim. Ana shu
jihatdan til muayyan maqsadga xizmat qiluvchi ifoda vositalari
sistemasi hisoblanadi.1
Tezisda tildagi hech bir hodisa shu til mansub bo'lgan sistemani
hisobga olm asdan turib to ‘g‘ri
tushunilishi m um kin emasligi,
shuning uchun tilga funksional sistema sifatida yondashish lozimligi
ta ’kidlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, Praga lingvistik maktabi tilni struktur
tushunishga va shunga muvofiq ravishda lingvistik tadqiqotning
struktur metodlariga tayanadi. Lekin strukturalizm tushunchasining
o ‘zi xilma-xil bo'Iganidek, tilni struktur o ‘rganish metodlari ham
bir-biridan farq qiladi.
Xususan, Kopengagen strukturalizmi
bilan Praga funksional
maktabi o'rtasidagi farq Vladimir Skalichka tom onidan ko'rsatib
berildi.
Uning ta ’kidlashicha, barcha struktur yo'nalishlarning tayanch
nuqtasi F.de Sossyurning «Umumiy lingvistika kursi» hisoblanadi.
F.de Sossyurning yuqorida ko‘rsatilgan asarida uchraydigan
ziddiyat keyingi stru k tu r y o ‘nalishlarning
ana shu ziddiyatli
fikrlarning qaysi biriga tayanishiga bog‘liq holda, ular o ‘rtasidagi
qarashlarrring farqlanishiga olib keldi.
L. Yelmslev o ‘z qarashlarida Ferdinand de Sossyurning tilshu-
noslikka kiritgan, to ‘g‘rirog‘i, tilshunoslikka qaytargan ikkita zidla-
nishga doimo murojaat etadi. Bu zidlanishlarning birinchisi
Langue
va parole (til va nutq) o ‘rtasidagi zidlanish bo ‘lsa, ikkinchisi signi-
fican t va signifie (ifo d alo v ch i va ifo d alan m ish ) o ‘rtasidagi
zidlanishdir.
1 T c 3 H C b i
Do'stlaringiz bilan baham: