Tilshunoslikka
funksionallik tamoyilini, ya’ni til vositalarini
ularning bajarayotgan vazifasiga qarab baholash tamoyilirri dastlab
I.A.Boduen de Kurtene kiritgan edi.1
Funksiya tushunchasini Praga lingvistlari tilni funksional sistema
sifatida talqin etishda rivojlantirdilar.
B oduen de K urtene tashqi va ichki
lingvistikani bir-biridan
ajratar ekan, tilni tildan tashqaridagi borliqdan ajratib o ‘rganishga
qat'iy qarshi chiqadi. Shuning uchun u adabiy til bilan xalq
shevalari o'rtasidagi m unosabatrri o'rganishga alohida aham iyat
beradi.
Praga lingvistlari Boduenning bu qarashlarini rivojlantirdilar.
Ular hech qanday til b o ‘shliqda yashamasligi,
uning til jamoasi
o ‘rtasida mavjud bo'lishini, jam oaning kommunikativ va ekspressiv
ehtiyojini qondirish uchun yashashini ta'kidlaydilar. Ana shundan
kelib chiqib, Praga tilshunoslari nutqiy faoliyatni ikki asosiy
funksiya bajarishini k o ‘rsatadi: 1)
sotsial fu n ksiya (individlar
o ‘rtasidagi munosabat); 2)
ekspressiv funksiya (hayajon,
ifodalash,
so‘zlovchiga ta'sir etish).
Nutqiy faoliyatning sotsial funksiyasi, o ‘z navbatida,
yana ikki
guruhga ajratiladi: 1
) axborotfunksiyasi. Bunda so'zlovchining butun
e'tibori m a’lum axborotni uzatishga qaratiladi; 2)
poetik funksiya.
Bunda asosiy e'tibor axborotni uzatish shakliga qaratiladi. Ya’ni
nim ani ifodalash bilan birga, qanday ifodalashga asosiy e ’tibor
qaratiladi.
Tildan kommunikativ funksiyada
foydalanish jarayonida unga
tilga yondosh (ekstralingvistik) hodisalar ham yordamga keladi.
Bunday hodisalar qatoriga imo-ishoralar, mimika, nutq vaziyati
singari hodisalar kiradi.
Bunday
tilni Praga tilshunoslari amaliy til dcb hisoblaydilar va
uni m a'lu m nutqiy vaziyatdan holi b o ‘lgan sistem adan iborat
nazariy tilga qarama-qarshi qo ‘yadilar. Nazariy til aniq va to ‘liq,
ko‘pincha grafik belgilar va simvollar orqali ifodalangan b o ‘ladi.
Xususan, ilmiy uslub orqali nam oyon b o ‘lgan
til ana shunday
xususiyatga ega bo'ladi. 1
1
JleutKa O.
Do'stlaringiz bilan baham: