Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari


K  B o n p o c y o CTpyKTypajiM 3M C. —  Bfl, 1963, N® 5, c. 89


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/90
Sana06.09.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1673631
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Bog'liq
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari


B o n p o c y o CTpyKTypajiM 3M C. — 
Bfl, 1963, N® 5, c. 89.
62
www.ziyouz.com kutubxonasi


Praga tilshunoslari funksiyaga alohida e 'tib o r berganliklari 
holda, nutqiy faoliyatning turli funksiyalari mavjud ekanligi
ularning har biriga turli funksional tillar to ‘g‘ri kelishi lozimligini 
ta ’kidlaydilar.
Ular adabiy til va funksional til o ‘rtasida quyidagicha munosabat 
mavjud ekanligini ko‘rsatdilar:
Adabiy til funksiyalari
Funksional tillar
1.
Kommunikativ
So'zlashuv
2.
Amaliy ixtisoslashgan
Ish yuritish
3.
Nazariy ixtisoslashgan
Ilmiy
4.
Estetik
Poctik
Til funksiyalari nazariyasi va u bilan bog‘liq adahiy tilning 
fiinksional farqlanishi masalasi Praga lingvistik maktabi vakillarining 
ilmiy va amaliy faoliyatida m uhim o ‘rin egallaydi.
Praga tilshunoslari tilning barcha sath birliklarini funksional 
o'rganishga alohida aham iyat berdilar.
«Praga lingvistik m aktabi tezislari»da bayon q ilinishicha, 
tovushlarni bir tom ondan, obyektiv m oddiy dalil sifatida, ikkinchi 
tom ondan esa fimksional sistemaning a ’zosi sifatida bir-biridan 
farqlash zarur.
Tovushlarning akustik-artikulatsion xususiyatlarini m a'lum
asboblar yordam ida aniqlash katta aham iyatga ega. Lekin bu 
obyektiv dalil lingvistika uchun nisbiy munosabatga egadir. Ularni 
lingvistik qiymatga tenglashtirish m um kin emas.
Shu bilan birga, subyektiv akustik-artikulatsion belgilar m a’no 
farqlash funksiyasini ham bajaradi. A na shu m a’no farqlash 
funksiyasi lingvistik sistema uchun katta ahamiyatga ega. Fonologik 
sistemaning struktur tamoyiliga ko‘ra fonologik elem entlarning 
moddiy tom oni emas, balki sistema ichidagi a'zolarning o ‘zaro 
munosabati muhim sanaladi.
«Tezis»da sinxron fonologiyaning asosiy vazifalari sifatida 
quyidagilar e ’tirof etiladi:
63
www.ziyouz.com kutubxonasi


1. M a’lurn bir tilda fonem alar miqdori (ro‘yxati)ni belgilash. 
Buning uchun fonologik korrelatsiyalarni belgilash zarur b o iad i. 
Fonologik korrelatsiyalar esa fonologik zidlanishlar qatori bilan 
aniqlanadi;
2. M aiu m bir tilda uchraydigan fonemalar birikuvini aniqlash;
3. Fonem alar va ularning birikuvining qo ilan ish darajasi, ya’ni 
fonemalar birikuvining funksional yukini aniqlash;
4. Lingvistikaning m uhim vazifalaridan biri fonologik farq- 
lanishiarning morfologik q o ilan ilish in i, ya’ni morfofonologiya 
(morfonologiya) muammolarini o'rgarrishdir. Morfonologiya birligi 
b o ig a n morfonemalarni belgilash ham ana shu muammo tarkibiga 
kirishi belgilanadi.
Praga lingvistlari so‘zni o ‘rganishga alohida ahamiyat berdilar. 
So‘zga funksional yondashgan holda, uni nom inativ lingvistik 
faoliyat natijasi sifatida qaraydi va uni sintagmatik faoliyat bilan 
uzviy bog‘liq ekanligini ta'kidlaydi.1
Nutqiy faoliyatni mexanik xarakterdagi obyektiv dalil sifatida 
tahlil etuvchi tilshunoslik ko'pm cha so‘zning mavjud ekanligini 
rad qiladi. Lekin Funksional nuqtayi nazardan s o ‘zning mustaqil 
ravishda mavjudligi aniq b o ‘Iib qoladi. U turli tillarda turlicha 
namoyon bo ‘ladi. Nom inativ faoliyat vositasidan nutqiy faoliyat 
borliqni lingvistik aniqlash mumkin bo‘lgan qismlarga bo‘ladi.2
Tezisda ta ’kidlanishicha, har bir til o ‘ziga xos nom inatsiya 
sistemasiga ega. Ular har xil nominativ shakllardan (so‘z yasash, 
so‘z qo ‘shish va boshq.) foydalanadilar.
N om inatsiya nazariyasi ko‘pincha an'anaviy so‘z yasalishi 
ta'lim oti, so‘z turkumlari va so‘z shakllari haqidagi ta'hm otni ham 
o ‘z ichiga oladi.
Praga tilshunoslari sintagmatik usul nazariyasiga ham alohida 
ahamiyat berdilar.
Nutqiy faoliyat jarayonida so‘zlarning erkin birikishi sintagmatik 
faoiiyat natijasida yuzaga chiqadi. Asosiy sintagm atik faoliyat

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling